Asosiy mavzular
9 fevral 2024

Navoiydagi sharmanda taxtasi – RTdan va'z

G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish,

El anga shafiqu mehribon bo‘lmas emish…

MS: Og‘o shu g‘oripni g‘urbatdan chiqorib, boshqa bir she'r oytsongiza oxir indi. Bugun utikni diqsomom g‘urbatda g‘orip dap o‘tiribdi.

RT: Matchonboy, bugun ulug‘ shoir Alisher Navooy bobomiz tug‘ilgan ulug‘ kun.

Ko‘p jaxongir ko‘rgan bu dunyo,

barchasiga guvoh yer osti.

Ammo do‘stlar she'r ahli aro

jahongiri kam bo‘lar rosti.

Besh asrkim vazmin saroyni

titratadi zanjirband bir sher.

Temur tig‘i yetmagan joyni

qalam bilan oldi Alisher.

MS: Issop. Og‘o juk dadik. Nichiksizla mo‘chchi oybika xo‘jik brrila. Yegan bilan, ep ichgan bilan ichib, ko‘pina qo‘shib hazzatip yuribmisizla yolg‘onchida.

Chilimxonadagi bo‘mba

Jovanni Bokkacho tarafidan 1353 yilda yozilgan «Dekameron» kitobida pop va roxiblarning ikkiyuzlamchiligi hamda ma'naviy buzuqligi fosh qilinadi. Kitobdagi achchiq antiklerikal novellalar bois cherkov bu kitobni taqiqlagan.

O‘sha paytda blogerlar bo‘lmagan. Agar bo‘lganida kitob muallifini xristianofoblikda ayblashar edi. Agar Alisher Navoiy bugun yashaganida va o‘zining «Soda shayx»  radifli g‘azalini feysbukka qo‘ysa, darxol virtual kesakbo‘ron qilinib,  bir narsafob deb yorliq qistirishar edi.

Bundan 100 yil oldin jadidlar jamiyatdagi yuzlab muammolar ichidan joxillik va o‘qimaganlikni asosiy deb hisoblashgan. Bugun tuzukroq savodi bo‘lmagan to‘da to‘rtta klerikal safsataga to‘rtta o‘rischa so‘kishni qo‘shib o‘tkan ketkanga tosh otib o‘tiribdi.

Osmoni falakda Tesla raketalari uchib yurgan bir paytda bular tuyaning siydigi haqida soatlab bahs qilishadi. Ëki kimnidir virtual sazoyi qilishadi. Bularning chilimxonasida bomba po‘rtillatib o‘takasini yorishga shum bola ham yo‘q.

Eng mashxur blogerlar ham bu din tujjorlari va xalq miyasini atala qilayotgan zombi mullalar  haqida  tanqid yozishdan o‘zini tiyadi. Nega? Kim u pistafurush? O‘zbekistonda tanqiddan holiman, daxlsizlik immunitetim bor deydigan biror qatlam bo‘lmasligi kerak. Umrachilarni sarson kilgan xususiy aviakompaniya xojakalariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Chao Kurva Kokain.

MS: Og‘o so‘kindingizmi, yo qoqitdingizmi. Mongo bir gapni oyting, navchun yozg‘onlaringizni tiyina o‘zingiz klass bososiz, o‘zingiz layq qo‘yasiz. Asirakmisiz yo?

RT: Men doimo, 8  yildan beri har bir yozganimga o‘zim layk bosaman. Navoiy aytgan buni. «El netib topgay senikim, sen o‘zingni topmasang»

Sovet sarqiti

MS: Og‘o kim novvi dasam shu Mirziyoepni voqxtinda g‘or bilan moshennik ko‘paldi. Lyuboy xojaka aprist. Shu monloyi qorolani sharmanda toxtosino rasmini qistirib qo‘yish garak. El yurt bilsin.

RT: Navoiy viloyati mahallalarida ishyoqmas, dangasa, parazit, tilanchi, bezori, cho‘ntakesar, alimentchi va xuligan grajdanlar  rasmi ilinadigan sharmanda taxtasi o‘rnatishi qonunga zid deb topildi.

Miyasi sovet sarqiti bilan to‘lgan mulozimlarning sharmanda bo‘lgani qoldi xolos..

Sharmanda taxtasi Sovet davri merosi. Sovet maktabining boshlang‘ich sinfida o‘qiganimda sinf burchagida ikkichi bollarning toshbaqaga minib turgan surati qo‘yilardi. Bu bola uchun katta ruxiy zarba edi.

Sovet davrida park va hiyobonlarda sharmanda taxtasidan alkash, g‘ar va xuliganlar rasmi sizga qarab turardi.

1967 yilda suratga olingan «Brillinat qo‘l» filmida Nikulinni sharmanda taxtasiga yozib sazoyi qilishadi.

Sovet davrida odamlar ursa eti, so‘ksa beti qotadigan bez bo‘lib qolishgandi.

O‘zbekistondagi ishyoqmas, bezori, cho‘ntakesar, alimentchi va xuligan grajdanlar, alkash, moshennik xojaka va g‘arlar! Hech havotir olmang O‘zbekiston konstittsiyasi sizning kishilik sha'ningizni himoya qiladi. Inson nomi ulug‘ jarang sochadigan mamlakat bu O‘zbekiston!!!!

Gdlyan tavqi la'nati

Atrof o‘g‘rilar bilan to‘la. «Palonchi o‘g‘irlabdi»deb yozsam «uni o‘rnida bo‘lsam, menam o‘g‘irlardim» deb izoh yozishadi.

Bolam o‘g‘ri poraxo‘r bo‘lsin, deb niyat qilishadi.

 80-yillarda o‘zbeklarni o‘g‘ri poraxo‘r deb qiyratgan Telman Gdlyan, O‘zbekistondagi bugungi poraxo‘rlik va o‘g‘irlik ko‘lamidan hayratdaligini Eltuz muxbiriga aytdi.

Nima bo‘sa o‘marishadi. Masjiddagi exson qutisi, o‘risning go‘ridagi temir panjara.

Olginu oldirmagin, deya duo qiladi tishi yo‘q kampirlar.

MS: Og‘o bugun yo‘qchilik bo‘g‘oni uchun o‘g‘ri ko‘p. Ertang probchilik bo‘lsa,  odomloni go‘zzi do‘yib o‘g‘illiq atmiydi.

RT: Rus yozuvchisi Saltыkov-Щedrin «Xozir men uxlasam va 100 yildan keyin uyg‘onsam. Mendan Rossiyada nima bo‘lyapti deb so‘rashsa javobim tayyor.

«O‘g‘irlashmoqda va yolg‘on so‘zlashmoqda» deyman»

Men esa aynan shu gapni aksar xalq va barcha o‘zbek mulozimlariga nisbatan aytaman. Bugun men uxlasam va yuz yildan keyin uyg‘onsam. «O‘zbek mulozimi nima qilyapti?» deb mendan so‘rashsa albatta «u o‘g‘irlayapti va pora olyapti» derdim.

Mana bugun «Mahalla» fondi Termiz bo‘limi glavbuxi qamaldi. Yarim milliard so‘mni o‘maribdi.

MS: Yo‘qay.

A teper zapomni! Tы teper patsan, tы teper s ulitsы. Krugom vragi…

Mana senga o‘zbeklarga muhabbat piyolasi.

Noiloj qullik qissasi

Alisher Xo‘jaev 20 yil televidenieni egallab olib hukm surdi. U ketdi, ko‘pchilik uni yomon dedi, kamchilik yaxshi dedi. Bugun “Musappo ocmon TV”ning korruptsiya sxemalarini Rassom og‘angiz “kankret” ochib beradi. Masalan, “Sport” kanalini olaylik, kanalning direktori Zohid Karimov. Sport TVni shaxsiy biznesiga aylantirib olgan bu direktorga “byurokratik korruptsiya qahramoni” degan orden berish kerak.

Kanalda translyatsiya bo‘limi asosiy pul aylanadigan joy. Translyatsiya anavi chalajon o‘zbek futboli va qolgan sport musobaqalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatadi. Bir rejisyorning oyligi 120 dollar atrofida, rejisyor biror musobaqani suratga olib efirga uzatsa 500 ming so‘m gonorar ishlaydi. Shu gonorarlar yig‘ilib anavi 120 dollar sadaqa oylikka qo‘shiladi. “Har kuni bir musobaqadan 500 ming kelsa mazza-ku” deb shoshilmang, qiziq joyi endi boshlanadi.

Translyatsiya bo‘limining “fakticheskiy” boshlig‘i, direktorning tutingan ukaxoni Xurshid Mirzaxmedov bor – TaTUni bitirgan “bosh rejissyor”. Xurshid musobaqalarni rejisyorlarga taqsimlaydi. Turqi sovuq bu ukaxon o‘ziga faqat Toshkent ichidagi musobaqalarni oladi, avval o‘zining jadvalini to‘ldiradi. Ortgan viloyat musobaqalarini boshqa rejisyorlarga beradi. Boshqalar viloyatga chiqib tushlik va kechgi ovqatiga yonidan pul sarflaydi, shahar ichida yo‘lkira ham yondan ketadi, chunki xizmat safari harajatiga deb yoziladigan pul bir kunga 30.000 so‘m sariq chaqa xolos. Oy oxirida maosh va gonorar chiqadi, Xurshid ukaxon esa rejisyorlardan ulush pul so‘raydi. Bir xodim 6 million daromadidan 1 millionini unga ataydi. Shu ulushni bermasa keyingi oy unga yaxshi ish taqsimlanmaydi. Kuni 120 dollar sadaqa oylikka qoladi. Ukaxon shu o‘lpon haqqini hammadan yig‘ib terib, o‘zidanam qo‘shib kanal direktoriga olib kirib beradi, Ish taqsimotdagi adolatsizlik bilinib qolmasligi uchun TV arxiv videolarni saqlamaydi. Kanaldagi sharhlovchi va muharrirlardan ham boshqa ukaxonlar o‘lpon yig‘ib oladi. Translyatsiya bo‘limidagi diplomsiz rejissyorlar xatosi majlislarda aytilmaydi.

Xodimlar bosh ko‘tarmaydi, indamaydi. Tepadan tekshiruv kelib oyligingdan rozimisan, taqsimot adolatsiz-ku desayam xodimlar jim turadi. Gapirsa haydaladi, boshqa bo‘limga o‘tkaziladi, majlisda izza qilinadi. Qo‘lidagi diplom bilan qaerga borsin? Boshqa teleradiokompaniya yo‘q, Musappo osmon TV bitta. Shuning uchun Sport TV direktori majlislarda “ketsang, ketaver – kimga yoqmasa yo‘qolsin” qabilida gapirib ham qo‘yadi. O‘lpon to‘lab ishlashga rozi bo‘lmagan eski gvardiya xodimlari bor. Ular studiyalar bo‘limida o‘tiradi – ko‘rsatuv tayyorlashadi. Ko‘rsatuv vaqti 20 daqiqadan oshmasin deydi Zohid. 20 daqiqadan oshsa gonorar ko‘payib ketadi-da. Tayyorlagan ko‘rsatuvi uchun studiya mutaxassislariga arzimas haq to‘lanadi, texnika yetishmaydi, yangi g‘oyalarni amalga oshirishga, sportchilar bilan intervyular qilishga pul ajratilmaydi. Studiya ijodkorlari ko‘p tanqid qilinadi, sho‘rtumshuqlarning har bitta xatosi yuziga solinib hayfsan beriladi.

MS: Og‘a navchun indi faqat tlizordayi Sport kanalini misol atdingiz, boshqalari oymi?

RT: Chunki mamlakatning yuzi – uning sporti. Sport katta siyosat, sport yumshoq kuch ekanini Prezident ham, bosh vazir ham, Rassom og‘a ham, magazinchi G‘aybulla ham biladi. Sport rivojida esa professional TV targ‘ibot muhim. Lekin magazinchi G‘aybulla bu chirkin korruptsiya tizimdan bexabar, u televizor ko‘rganda hayron bo‘lib o‘tiradi. Do‘ppisini yechib. “eh, o‘zbek TV dabdala, hech kimda talant yo‘q, bilim yo‘q” deb hafsalasi pir bo‘ladi.

Musappo TVda talantlar bir chetga surilib, qolgan xodimlar feodal direktorga o‘lpon to‘lab yurganini  magazinchi G‘aybulla qaydan bilsin? Ko‘plab ijodkorlar bu qaroqchi tizimdan qochib bo‘shab ketgan, qolganlar esa noiloj qullikka mahkum.

Bu ketishda Mirziyoev aytgan kuchli milliy axborot tizimi bir asrdayam shakllanmaydi.

MS: Tlizo‘rni yoshullilolari o‘z hazini o‘yliydi quri. Sport TVni hamma chet el safarlarina direktor boradi. Lekin Qozog‘istonda sal boshqocho og‘o. Qozoq TV bizadan aldinda.

Pedofillarni bichish

Qozog‘istonda “pedofillarni kimyoviy kastratsiya (bichish) qilish” to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi.

MS: Og‘o, bu pedofil bachchabozlani yena nichik jazolash  garak deb o‘yliysiz. Mongo qarasa bolto bilan chukkini kassinla.

Demak mana shu uch variant bor Matchonboy:

1. Tagidan qaychi bilan kesish.

3. Dori berib turmaydigan qilib qo‘yish.

4. Ko‘cha supurish ishlariga jalb qilish

MS: Qoychi bilan kassinla. Chunki ximicheskiy kastratsiya qimmat. 6 oydan keyin dorini guchi qochodi.

RT: Qonunga ko‘ra, qonuniy nikoh yoshiga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa yoki seksual tegajoqlik qilgan shaxs pedofil deyiladi. Masalan, de yure madvazir Ozodbekning kuyovi Ërqinxo‘ja pedofil. Balki, raxm qilarsizlar. Ko‘cha supurgani ma'qul xozirgi qonundagi kabi.

MS:  Odi o‘chsin bu bachchabozlani.  Indi siza savol.  «xotinini o‘kchasini teyinda yurado‘n, podkabluchnik» xotinqullar nishatip paydo bo‘ladi og‘o?

Xotin nega kerak?

Mana javob. Sal uzun bo‘ldi javobim. Arqonni uzun tashlaganda xayr bor.

Jamiyat xotin qizlarning o‘sib unib siyosat bilan shug‘ullanishini ta'minlashi kerak. Xotin poshsho, xotin xokim va xotinbeklar ko‘p bo‘lsa, xotinqulllar shuncha oz bo‘ladi.

O‘zi davlatni boshqara olmagani uchun erining soyasida gizli hukmini o‘tkazgan ne-ne yalmog‘izlarga tarix guvoh. Eng yaqin tariximizda ham Karimovning xotini Tatyana Farg‘onadagi o‘g‘irliklarning onavoshisi bo‘luvdi. Bugun bu alvastini oyog‘idan osib tagidan o‘t qo‘yilsa o‘tin xayf.

Davlat rahbari xotin yo erkak bo‘lishidan qat'iy nazar o‘z yaqinlari, to‘shakdoshlari va qarindoshlari ta'siriga tushmasligi kerak. G‘arbda bu narsani oldini olish uchun qudratlar bir biridan mustaqil xolda taqsimlanadi. Mabodo bitta xotinqul rahbar kechasi to‘shakda yotib xotini ko‘magida lavozim sotsa buni parlament, sud va eng muhimi gazetalar urib chiqadi.

Amerikada «Gazeta urganidan ko‘ra, xudo urgani yaxshi» degan maqol bor. Ammo lyuboy ketmon dastasini ham yoshulli qilib qo‘ysangiz, elashtirmay sig‘inadigan aholi poda xolida yashaydigan istonlar va Yaqin sharq davlatlarida samimiy bir odamning ham lavozimga kelgach xotinquligia aylanib qolganini guvoh bo‘lamiz. Ya'ni xalq bitta odamga rahbar bo‘lish uchun ovoz beradi. Natijada rahbarning to‘rtta xotini, beshta o‘ynashi, sanoqsiz kuyov va tog‘alari tinimsiz o‘g‘irlaydigan boshqaruvga ega bo‘ladi. Bu adolatdan emas. Ammo shunaqa. Bu sho‘rlik xalqlar  keyingi beshming yil mobaynida faqat hukmdorga sig‘inib, to‘nqayib, patinka yalab genlari buzilib musorga aylanib ketgan. G‘arb va AQShga lop loyiq yarashgan demokratiya bularga sholpillab qoladi. Hullas qizlaringizni o‘qiting. Zora ulardan kelgusida yaxshi rahbar yetishib chiqsa.

Darvoqe Tuvalu mamlakatida xar oyning birinchi jumasi   xotiniga sodiq, xotin chizig‘idan chiqmaydigan erkaklar bayrami deya to‘ylanadi. Bayram qutlug‘ bo‘lsin.

MS: Sho‘rda tormozo bosing og‘o. Uring potyani.

RT: Assalom O‘zbekiston, Juma muborak!

Tag‘in o‘qing
21 fevral 2022
Bir guruh faollar 21 fevral kuni O‘zbekistonning sobiq prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimova korruptsion yo‘llar bilan o‘margan pullarning ...
21 dekabr 2021
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov 10 kilogrammgacha ozgan amaldorlarga 5 mln. so‘m mukofot puli berishini e'lon qilibdi. Xalq rizqidan ...
4 aprel 2021
Muhtaram o‘quvchi, siz bilan O‘zbekiston g‘arbining olis Drujba shahridagi qozonxona go‘laxi bo‘lgan Qo‘ylining Pokistondagi Peshavor shahrigacha bo‘lgan sargardonligini kuzatdik. Mana, ...
21 avgust 2017
Markazi Berlinda joylashgan O‘zbekiston-Germaniya Forumi (UGF) 21 avgust kuni O‘zbekistondagi majburiy mehnatga qarshi yangi animatsion rolikni taqdim etdi. Animatsiya ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...