Mirziyoev poraxo‘rga qopqon qo‘ymoqchi
7 fevral kuni o‘tgan selektor majlisida prezident Shavkat Mirziyoev, tug‘uruqxonalarda poraxo‘rlik ochiqdan-ochiq tus olgani haqida gapirdi.
«Tug‘ilganga pul berish kerak degan gap qaerda bor!?», dedi jahl bilan Mirziyoev.
Shuningdek, u bir oydan keyin butun tibbiyot tizimi bo‘yicha poraxo‘rlikka qarshi katta sistema ishlashini bildirdi.
«Mening fojiam shundaki, men sizlar haqingizdagi hamma narsani bilaman» dedi tibbiyot tizimi raxbarlariga.
Sog‘liqni saqlash vaziri Adxam Ilxomovichdan, tibbiyot muassasalaridagi bu kabi ochiqdan-ochiq o‘lponlarga barxam berilishini talab qildi.
«Nima uchun bemor hamma narsa uchun, dori uchun, xushmuomala uchun, koyka uchun pul to‘lashi kerak?» dedi, tibbiyot tizimidan xalqning shikoyati ko‘payganiga sha'ma qilib, davlat raxbari.
Eltuz.com