Catira
15 aprel 2017

Bepushtlarga dam solish meditsinaga alternativami?

Yunusobod imomining professional ginekologiya bilan erkaklarning shug‘ullanishini tanqid qilgani barobarida O‘zbekistondagi yuzlab “tabib va azayimxonlar” ayol hastaliklarini dam solib yoki boshqa “uslubda” o‘zlaricha davolashni taklif qilishmoqda.

O‘zbekiston xalq tabobati akademiyasi raisi Muhammadjon Hamroevga ko‘ra, birgina Toshkent shahrida 800 nafardan ziyod firibgar folbin va soxta tabib bor.

Tug‘mas ayollarga «dam soluvchi» mutaxassislar

O‘tgan yili Shahrisabzda folbinlik hamda norasmiy tabiblik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan Sanaev Miraziz Ahad o‘g‘li va uning sheriklarini firibgarlikda ayblanib javobgarlikka tortilgan edi.

Eltuz muxbiriga ma'lum bo‘lishicha, Toshkentning Dendropark dahasidagi “mozorchi folbin” ginekologiya va ayollar bepushtligi bilan bog‘liq kasalliklarni ham “davolashi” bilan nom chiqargan.

Aksariyati erkak bo‘lgan bu “mutahassislar” o‘z huzuriga kelgan ayollarga jinsiy tajovuz qilgani haqida ham gap so‘zlar bor.

Toshkentdagi Oltinxon to‘ra masjidining sobiq qorovuli iddaosiga ko‘ra, ayni masjid imomi Alimardon Ernazarov o‘z huzuriga najot istab kelgan bepusht ayollarga “dam solish” bahonasida tegajog‘liq qilgan.

Shu yilning boshida, masjiddagi seks janjali ortidan Oltinxonto‘ra masjidi imom xatibi Alimardon Ernazarov ishdan bo‘shatilgani haqida Eltuz yozgan edi.

Folbinlik, dam solish kabi «diniy xizmat» evaziga kun ko‘rish, professional tibbiyot tanazzuli fonida gurkirab rivojlanmoqda deydi Eltuz muxbiri bilan suhbatlashgan farg‘onalik vrach.

Unga ko‘ra, ba'zan kasbiy malakasi yetarli bo‘lmagan doktorlarning o‘zlari bemorlarni azayimxonlarga yo‘llashmoqda.

Qo‘shnilarda ham ahvol shu

O‘zbekistonga qo‘shni mintaqa davlatlarida ham keyingi yillarda ayni tendentsiyani kuzatish mumkin.

Masalan, Tojikistonlik zinokor mullaning 26 yashar tug‘mas ayolga «dam solish» osnosida uni quchoqlab, o‘pib, seksual harakatlar qilganiga oid video ijtimoiy tarmoqni junbushga keltirgandi.

O‘tgan yilning yozida esa, Qirg‘izistonning, So‘zak tumanida ikki marta xajni ado qilgan, 58 yashar masjid imomining bir yil davomida 10 yashar bolani muttasil jinsiy zo‘rlab kelgani va bu yuzadan jinoiy ish ochilgani haqidagi xabarlar ovoza bo‘ldi.

Chimkentda esa Sayram masjidi imomi 12 yashar qizchani zo‘rlagani bilan bog‘liq hodisa, Qozog‘iston Diniy boshqarmasi raxbariyatini imomning harakati uchun xalqdan kechirim so‘rashga majbur etgan edi.

O‘zbek matbuoti uchun yopiq mavzu

Qo‘shni davlatlardan farqli O‘zbekistonda masjid ichidagi seks yoki “dam solish” formatidagi moshenniklar haqida matbuotda gapirilmaydi.

Eltuz uchun rasmlar chizayotgan rassom Tuz o‘zbek matbuotidagi shu kemtikni to‘ldirib, dam solish bahonasida ayollarga tegajog‘lik qilayotgan azayimxonni tasvirlaydi.

«Erkakning begona ayolga dam solishi «sharmandalik» emasmi?» deya yuzlanadi rassom.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
31 dekabr 2019
«Tezroq bu qashshoq mahalladan o‘tib, boylarnikiga yetib olaylik!» Qorbobo va Qorqiz istagan prokurorning koshonasi yetti mahalla narida. Masala u ...
27 aprel 2023
Xivada 1920 yilning 27 aprelida Xorazm Respublikasini tuzish bo‘yicha ta'sis qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Qurultoyda ko‘p yillardan buyon «Xiva» shaklida ishlatilib ...
30 may 2017
Angren shahrida O‘zbekistonning sho‘rolar davrida ilk prezidenti bo‘lgan Yo‘ldosh Ohunboboevga o‘rnatilgan haykal buzib tashlandi. Bu haqda 29 may kuni ...
26 fevral 2024
Eltuz portaliga kelgan navbatdagi beshta maktubni o‘qiymiz. Ular O‘zbekistonning Xorazm, Toshkent, Andijon va Samarqand viloyatlaridan kelgan. Dastlabki shikoyat Xorazmning ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...