Asosiy mavzular
26 fevral 2024

Ko‘chadagi go‘ng va axlat, oyliksiz ishchilar, rasmiylar javobi

Eltuz portaliga kelgan navbatdagi beshta maktubni o‘qiymiz. Ular O‘zbekistonning Xorazm, Toshkent, Andijon va Samarqand viloyatlaridan kelgan. Dastlabki shikoyat Xorazmning Bog‘ot tumanidan. U mashinasi oynasining qoraytirilishi yuzasidan tekshiruv normasi buzilganini iddao qilmoqda:

“Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida taksi xizmatida ishlayman. Mashinamning oldi qoraytirilgan, ya'ni tonirovkasi bor. Yaqinda “Traker” rusumli, 506 VSF raqamli mashina ortimdan quvib kelib, xavfli vaziyat yuzaga keltirib to‘xtatdi. Xuddi xavfli jinoyatchini ushlaganday munosabatda bo‘ldi. Tekshirish jarayonida tonirovka ko‘rsatkichini 71 foiz deb chiqarishdi. Qonunchilikda yorug‘lik o‘tkazish foizi 70 bo‘lishi kerak. Tekshiruv jarayonida bir qancha normalar buzildi. Avvalo, apparat sertifikatini menga ko‘rsitishmadi, guvohlar ham jalb qilinmadi. Yonimizdan old oynalari qoraytirilgan mashinalar o‘tib ketdi, xodim ularga e'tibor ham qaratmadi. Holatni IIB ichki xavfsizligi tizimi nazoratga olishini so‘rayman” deya yozadi bog‘otlik taksist.

Keyingi maktub poytaxt viloyatining Toshkent tumani Hasanboy mavzeyiydan. Shikoyat egasi Mahallaga o‘zboshimchalik bilan go‘ng va axlat to‘kilayotganidan. Fermer xo‘jaligi dastidan mahalla ko‘chasi asfalt bo‘lmay qolganidan shikoyat qilmoqda. U Eltuzga yo‘llagan videoda haqiqatan ham ko‘chaga tashlangan axlatlarning tog‘day uyumlarini ko‘rish mumkin.

Keyingi maktub “O‘zbekiston temir yo‘llari” Aktsiyadorlik jamiyati tizimi ishchilaridan kelgan. Ular tag‘in maoshlarining to‘liq berilmayotganidan nolishmoqda.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tizimidan yozmoqdamiz. Korxonamiz raxbari xodimlarni ishlatib, oyligini to‘liq bermayapti. Mana bir necha oydirki, maoshdan darak yo‘q. Ishchilarni qisqartirib, qolgan xodimlarga faqat avans pulini 2 oy deganda berishdi. To‘liq maosh qachon beriladi? Mutasaddilardan munosabat kutib qolamiz. Iltimos, aniq ma'lumot berishsin, shunga qarab, boshqa yerdan ish qidirishimiz kerak” deya yozmoqda to‘liq oylik ololmayotgan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aktsiyadorlik jamiyati tizimi ishchilari.

Navbatdagi shikoyat Andijon viloyatidan. Avtomobil egasi viloyatdagi metan zapravkalarda gaz to‘ldirish qiyin bo‘lib ketganidan shikoyat qilmoqda. Mashinalar navbati uzunligidan yo‘llar yopilmoqda. Gaz bosimi past. Shunday sharoitda ayrim uchar haydovchilar 24-30 ming “shapka” berib navbatsiz o‘tib ketayapti, deya shikoyat qiladi u.

So‘nggi beshinchi maktub Samarqand shahridan. Uy olishga shartnoma tuzgan qurilish shirkati mijozlari 7 yildan beri uy qurib berilgani yo‘qligidan shikoyat qilishmoqda.

“Men – Rajabali Saidqulov, Samarqand shahri Rudakiy ko‘chasi 207-uydan xonadon olgan edim. Shartnoma, 2018 yil tuzilgan. Ammo 7 yildan beri uy qurib berilgani yo‘q. Yaqinda bildimki, mening uyimni yana 2 kishiga sotishgan ekan. IIB, hokimlik va prokuraturaga ko‘p marta ariza berdik. Ammo, nazarimizda, bu tadbirkorga Samarqanddagi mas'ullarning gapi o‘tmayapti. Buning ustiga, mas'ul tashkilotlar bizning nomimizdan “masala ijobiy hal bo‘ldi” degan mazmunda javob xati yozyapti. Biz 100 dan ortiq jabrdiydamiz. Hurmatli Yurtboshimizdan ko‘mak so‘raymiz” deya yozishmoqda samarqandlik uy haridorlari.

Eltuz portaliga kelgan shikoyatlarni o‘qish asnosida ularga rasmiy munosabatlar ham kelayapti. Shularning biri “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali Eltuzda yoritilgan Bombaga aylangan ko‘prik haqidagi shikoyat yuzasidan olindi.  

“Mazkur murojaat “Asakatumangaz” gaz ta'minoti bo‘limi mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi. “Bobur” MFY “Karvonsaroy” ko‘chasidagi ko‘prik ostida joylashgan gaz quvurlaridagi gaz sizib chiqish holati bartaraf etildi. Shuningdek, tarmoqdagi noqonuniy ulanmalar ham tarmoqdan ajratilganligi ma'lum qilinadi” deyiladi rasmiylar bildirishida.

Ko‘rsatuvimizga kelayotgan izohlarda ko‘pincha biz bilan qanday bog‘lanish. Qanday qilib bizga murojaat qilish mumkinligi to‘g‘risida so‘rashadi. Bilmaganlar uchun yana bir bor eslatamiz. eltuz portali interaktiv tarzda telegram kanalida alohida sahifa shaklida ochilgan. Murojaatlar uchun u yerga maxsus bot ham o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham e'tiboringizga taqdim etishga intiladi. Kun davomida biz bilan qoling. Kanallarimizga obuna bo‘ling.  

Tag‘in o‘qing
17 mart 2017
«O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi tashabbusi bilan Buxorodagi markaziy ko‘chaga Islom Karimov nomi berildi», deya tantanavor e'lon qildi «Milliy ...
13 fevral 2018
O‘zbekistonda og‘ir kasallar uchun ishlatiladigan og‘riqni qoldiruvchi narkotik va psixotrop dorilar yetishmayapti. Mamlakat dorixonalariga narkotik dorilarning kam miqdorda yetkazib ...
26 aprel 2016
Bank mas'ulining aytishicha, ayni paytda «O‘zsanoatqurilishbank» tomonidan berilgan bank plastik kartochkalari soni 1 milliondan oshib ketgan. «Plastik kartochkalar naqd ...
20 iyul 2016
Surxondaryoning Qumqo‘rg‘on tumanida tug‘ilib Behzod nomli rassomlik institutini tugatgan 26 yashar Adolatxon Toshkentda yashab ijod qiladi. Asosan kitob grafikasi ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...