Document UZ
30 may 2017

O‘zbekiston birinchi prezidentining haykali yiqitildi

Angren shahrida O‘zbekistonning sho‘rolar davrida ilk prezidenti bo‘lgan Yo‘ldosh Ohunboboevga o‘rnatilgan haykal buzib tashlandi.

Bu haqda 29 may kuni Asiaterra.info nashri xabar berdi.

Yo‘ldosh Ohunboboev O‘zbekiston SSRning ilk prezidenti bo‘laroq, uni 18 yil boshqargan.

Oxunboboev haykali o‘rnida qolgan shohsupa. Foto: asiaterra.info

Sovet manbalarida, uning 1885 yil Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida kambag‘al dehqon oilasida tug‘ilgani, boyga batrak bo‘lib chorakorlik qilgani aytiladi.

1916-17 yillardagi qo‘zg‘olonlar va fuqarolar urushida Oxunboboev Qizil bolsheviklar tomonida turib qatnashgan.

1925 yilning fevralida, O‘zbekiston SSR Kompartiyasi ta'sis qurultoyida Markazqo‘m hay'atiga saylangan.

1938 yildan to 1943 yil, o‘limiga qadar O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi raisi (prezidenti) bo‘lgan.

Bundan bir necha o‘n yil avval Angren shahridagi Oxunboboev nomidagi istirohat bog‘iga o‘rnatilgan haykal muallifi Abdumo‘min Boymatovdir.

Bugun shahardagi Ohunboboev nomidagi istirohat bog‘idan asar ham yo‘q.

Birinchi Prezident haykali o‘rnida esa faqat uning shahsupasi qolgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 iyul 2016
Askar chekila boshladi… – Xo‘p, nima bo‘ldi? – Suriyaliklarga vatandoshlik masalasi kun tartibidan tushdi… – Erdo‘g‘anni oliy ma'lumot olmagani ...
5 yanvar 2016
Elsevar taxallusi bilan ijod qilishni ma'qul ko‘rgan bu rassom yigit 34 yoshda. Buxoroda yashab ijod qiladi. Eltuzning shtatli rassomi ...
31 oktyabr 2016
6 oktyabr kuni, roppa rosa 23 yilu 4 oy qamoqda bo‘lib barcha jazo muddatlarini o‘tagan Samandar Qo‘qonovga, ertasigayoq sud ...
22 fevral 2016
Qirqta chinorga qiron keltirganini tan olganidan bir kun o‘tib Murod Nazarov o‘zining FB sahifasida tarmoq yuzeri Zafar Hoshimovdan iqtibos ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...