Asosiy mavzular
15 may 2017

O‘zbek aktrisasi Gulnora Karimovani ozod qilishni Mirziyoevdan so‘radi

Alpomish filmida rol o‘ynab tanilgan kino va teatr aktrisasi Gavhar Sharipova O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevga maktub yo‘llab, o‘tgan yili o‘lgan prezident Karimovning to‘ng‘ich qizini ozod qilishni so‘radi.

11 may kuni Gavhar Sharipovaning facebook sahifasida e'lon qilingan bu maktubda ta'kidlanishicha, “Mirziyoev Gulnorani dallolu o‘rtakashlarsiz ozod qilishini” so‘ragan.

“Hurmatli Shavkat Miromonovich Mirziyoev !!! O‘zbekiston vatandoshi Sharipova Gavhar Hasanovna ya'ni men siz hurmatli zotga Gulnora Karimova Islomovani ozod qilishni tezlashtirish taklifi bilan chiqyapman. U kishi mening vatanimnimga birinchi prezident Islom Abdug‘anievichning qizi bo‘ladilar. Iloyim Mexribon OLLOH u kishiga jannatdan uy ato qilsin.

Dallollarsiz bu ish bitishini istar edim.

Sabrsizlik bilan javobini kutaman», deyiladi rus tilida bitilgan maktubda.

Maktub muallifi Gavhar Sharipova o‘z yozganlariga qo‘shimcha post skriptum ilova qilgan. Bu ilovada Gavhar Sharipovaning Gulnoraga atab yozgan she'ri haqida gap boradi:

«Agar siz bu matnni men qanday extirosu hayajon bilan aytganimni eshitsangiz edi, Gulnora boshdan kechirayotgan azobu uqubatlarni his qilgan bo‘lardingiz. Albatta yuragingiz chidamasdan darhol mening otam O‘zbekiston respublikasi birinchi prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning qizini ozod qilish bo‘yicha zudlik bilan qaror qabul qilgan bo‘lar edingiz», deyiladi, maktub so‘ngidagi post skriptumda.

Maktub ostiga Gavhar Sharipova “Karimova Gulnora Islomovna va kamina dardi” deb nomlangan 11 kupletli she'rni ham joylashtirgan.

Gulnora Karimova nomidan 2017 yil 5 mayda yozilgan she'rda “Erta bir kun ozodlikka chiqsam, xalqim, hukumatimdan uzrimni so‘rasam, ne der ahli islom ne der musulmonlar” degan ritorika bor.

Maktub tagiga ayni paytda Furqat Fayziev, Ziyoda Madrahimova, Munisa Rizaeva kabi o‘nlab o‘zbek ijodkorlarining ismi qo‘yilgan.

Maktub tagiga ismi tirkalgan “ijodkorlar” zindondagi malikani ozod qilish ma'rakasiga o‘zlari istamagan tarzda qo‘shilganidan qo‘rqib dahshatga tushishgan.

Taniqli kino akteri Furqat Fayziev Gavhar Sharipovani do‘stlari qatoridan o‘chirganini yozadi.

Furkat Fayziev: «Mening ixtiyorimsiz va ruhsatimsiz ismimni o‘z maktubingizga tirkagangingizdan g‘azabdaman! O‘z ichki alamlaringizni o‘zingiz bilan qoldiring.

Bu masalaga munosabatimning sizga taalluqi yo‘q.

Men Sizni do‘stlarim safidan o‘chirdim va va barcha Sizning aytganlaringizga veto qo‘ydim. (ruschadan tarj)

O‘zbek aktrisasi, qo‘shiqchi shoira, O‘zbekiston mualliflar va ijrochilar gildiyasi a'zosi Gavhar Sharipova bir qancha filmlarda rollarni ijro etgan.

«Aldangan ayol», «Aldarko‘sa», «Opa singillar», «Sarvinoz» va «Alpomish» filmlari shular jumlasidan.

U himoya qilayotgan marhum prezidentning qizi Gulnora Karimova garchi o‘zbek huquq tartibot idoralari tomonidan rasmiy ayblov hanuz bildirilmagan bo‘lsada, uchinchi yil uy qamog‘ida qolmoqda.

Ayni paytda bir qancha Yevropa banklaridagi uning hisoblari, g‘arb telekommunikatsiya shirkatlarining unga «otkat» to‘lagani tufayli muzlatilgan.

Yevropa va AQShda unga qarshi korruptsiya ayblovi bilan jinoiy ish ochilgan, 2017 yilning yanvarida esa u Shveytsariya prokurori tomonidan so‘roq qilindi.

Tag‘in o‘qing
25 mart 2024
Salom qadrli muxlislar, shoshilinch xabar. 26 martga o‘tar kechasi soat 24.00 atrofida, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish  vazirligining «Ulush kiritish asosida ...
30 sentyabr 2022
Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman.MS. Tuz og‘a, sizam shu tarmoqda dim ko‘p ...
15 iyul 2024
Chust tumanida bug‘doy yetishtirish bilan shug‘ullangan fermer Alimardon Tumorov hokim va klaster bosimini ko‘tara olmasdan yurak hurujidan vafot etdi. ...
14 fevral 2024
Tergov jarayonidan xabardor insayderlarning aytishicha, diniy bloger Abror Muxtor Aliy (Abror Abduazimov) tergov oldi surishtiruvida tergovchilar bilan faol hamkorlik ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...