Asosiy mavzular
11 iyul 2019

«Vatan juda ketdi torayib, mardu maydonsiz»

Gulchehra Nurillaeva 1938 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat universiteti va Moskvadagi Oliy adabiyot kurslarida tahsil olgan. 15 dan ortiq she'riy kitoblar muallifi. «To‘maris» xotin-qizlar harakatining asoschilaridan biri.

«Eltuz» «Ozodlik ohanglari» audioto‘plamiga kirgan she'rlarni taqdim etishda davom etadi. 2007 yili Soros jamg‘armasi tomonidan Londonda chop etilgan bu kitobga o‘z yurtida aksar taqiqlangan turfa shoirlarning ijtimoiy she'rlari o‘rin olgan.

Vatan juda ketdi torayib,
Mardu maydonsiz, ahli iymonsiz,
Taxtdan zabonsiz, va yana kurmaklar bois,
Hadeb chopaverar ko‘ppaklar bois,

Vatan juda ketdi kengayib,
Yolg‘onlar bilan,
Armonlar bilan,
Nolonlar bilan
Va yana
Qulliklar bilan,
Bizlar hech kutmagan Pulliklar bilan.


Taqdir sudraladi, shoshmaydi taqdir,
Sitam so‘qmoqlari uzundan-uzun.
Donishmand so‘zlari ehtimol, haqdir,
Qandayin xalq bo‘lsa, o‘shanday tizim.

Ko‘raverib bo‘ldi xayollarim talx,
Odamxo‘r, firibgar, yuho kaslarni.
So‘ramay haddim yo‘q, onajonim, xalq,,
Qachon tug‘aqolding bunday pastlarni?!

Qachon tug‘aqolding otabezori,
Onabezorilar sulolasini?
Haromi kimsalar makri, ozori
Yurtning bulg‘adi-ku piyolasini.

Shu bois bizlardan yuz burmish baror,
Shu bois Hurriyat ochmagay tal'at.
Shikasta Vatanning koriga yarar
Alplar o‘stirmagan ayolga la'nat!

Gulchehra Nurillaeva
«Ozodlik ohanglari»

Tag‘in o‘qing
9 fevral 2021
Meni mashg‘ul qilgan g‘oyaga avval o‘zimni ishontirishim kerak edi. Mayli, do‘stlar ishonmasin, mayli, aqrabolar, yaqinlar, hatto xalq ishonmasin, ammo ...
19 noyabr 2018
Ijtimoiy tarmoqda Namanganning 5-mikrorayonida qurilayotgan Eyfel minorasi nusxasining dastlabki fotosuratlari paydo bo‘ldi. Parijning mashhur Eyfel minorasi nusxalarini bugungi kunda ...
22 sentyabr 2017
Izoh sizdan… Rassom Tuz Eltuz.com
31 yanvar 2018
Stokgolm markazida terror hujumi uyushtirganlikda ayblanayotgan 39 yoshli Rahmat Oqilovga shved prokurori umrbod qamoq jazosi berilishini so‘radi. Eltuz.com
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...