Asosiy mavzular
9 avgust 2017

«Bir buyuk qatlgoh edi bu maydon…»

Pahlavon Sodiq 1973 yilda Namangan viloyatining Chortoq shahrida tug‘ilgan. Toshkent va Turkiyada jurnalistikadan tahsil olgan. «Ruhiyat nasimi» (1994) she'riy kitobi muallifi. Bi Bi Si radiosida xizmat qiladi.

“Axshomgacha urush edi… ”
Zaxiriddin Muhammad Bobur, “Boburnoma”

Bir buyuk qatlgoh edi bu maydon,
Qatl oniy edi, O‘lim haq, edi!
Garchi nohaq emas edi olomon…

To‘rt tomon yog‘iydir, to‘rt taraf qamal,
Qaerdan keldi bu qarg‘algan cherik?
Kimning amalidir bu chirkin amal?!

Bu kimning qo‘llari? Bu kimning loshi?
Kimning ko‘zlari bu ko‘ksimga botgan?
Xali tug‘ilmagan go‘dakning boshi,
Seni kim o‘ldirgan? Seni kim otgan?

Sen kimning garovga olgan jonisan?
Qaysi jannatlarda sening makoning?
Nahotki Boburning Andijonisan?..

Bu isyon qullarning qazosi kabi…
Mahv etilgan qancha jonlar, iymonlar
Xuddi mo‘g‘ullarning qasosi kabi!..


Seni kim chorladi bu motamgohga?
O‘limni bo‘yningga olib keldingmi?..
Haq deb o‘yladingmi? Haq deb kuldingmi?

“Kulgan boshqalardir, yig‘lagan menman ”
* Dorning ogochini tikkanlar boshqa,
Dorning og‘ochida ingragan menman.

(* Abdulxamid Sulaymon Cho‘lpon)


“Tonglasig‘a amon tilab chiqtilar… ”
Zahiriddin Muxammad Bobur, “Boburnoma”

Yomg‘ir tindi. O‘q yomg‘iri tinmadi.
Ajal quvlab, yomon tilab chiqdilar.
Ko‘kdan rahmat indi, Yerdan inmadi
Tonglasig‘a omon tilab chiqdilar.

Yayov. Yovuq. Izgirinday izillab
O‘lim yo‘l boshlagan. O‘lim – yo‘lchidir.
Bu bir xalqdir. Bitta o‘qqa tizilgan!..

Ne nav' yetkay nokaslarga saltanat?! *
Qachon sendan omon chiqqan al'amon?!
Ey Dajjol nasabi, nasli – Shaytanat!..

(* “Saltanat andog‘ nokas, behunarlarg‘a ne nav' yetgay!”- “Boburnoma”)

Pahlavon Sodiq
«Ozodlik ohanglari»

Tag‘in o‘qing
28 noyabr 2020
Afu et meniTaqlid qilolmadim, kechir, Vatanim –Tosh kabi bardoshli bo‘lolmadim hech.Sapchib turgan esam, aybsitma meni,Afu et, axir men o‘lolmadim ...
30 may 2019
Lotin alifbosiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar haqida nega jimsiz deb so‘rashyapti. Umuman, oxirgi paytlar til mavzusini to‘xtatib turaman. Tillarga, shu jumladan, ...
27 mart 2017
Farg‘ona viloyatida shoqollar to‘dasi uch kun ichida 22 ta qo‘yni bo‘g‘izlagani ortidan mahalliy hukumat 20 martdan boshlab ularni yo‘q ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...