Sas
21 avgust 2017

«Chashmai Ayubdan suv ichar ruhim…»

1961 yil Buxoroda tug‘ilgan. Toshkent Davlat Universitetining jurnalistika fakultetini bitirgan. 1995 yil fevralda O‘zbekistondan chiqib ketgach, avval Bi Bi Si radiosida, keyinchalik «Ozodlik» radiosida ishlagan. Hozirda Norvegiyada yashaydi.

Hurriyat

Moziydan keladi tungi sadolar,
Otlarning dupuri, qilich jarangi.
Sadaqa so‘ragan juldur gadolar,
Osmonlarni tutgan yo‘llarning changi…

Balki, uyg‘onmoqda Shoh tomirimda,
Yuz yillik uyqudan ajdodlar qoni,
Meni uygotmotsda ham Shohi-Zinda,
Xamda Buxoroning Mohitoboni.

Tilimda zikri bor Bahovuddinning,
Chashmai Ayubdan suv ichar ruhim.
Meni uyg‘otmotsda Jaloliddinning,
Chingizxon tiliga tushgan shukuhi.

Bu yurtning suvi ham uxladi yuz yil,
Dengizi sahroga aylanib qoldi.
Eshigin lang ochib uxlaganda el,
Dushmani qo‘lidan kalitin oldi.

Bugun ruhimizni uyg‘otsin moziy,
Otlarning dupuri, qilich jarangi.
Uyg‘ongan shahiddir, uyg‘ongan g‘oziy,
Uyg‘onmagan xalqning otmasin tongi.

Marziya
«Ozodlik ohanglari»
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
19 mart 2019
Qozog‘istonni 30 yil boshqargan 79 yashar prezident Nursulton Nazarboev 19 mart kuni o‘z lavozimidan iste'foga chiqqani haqida bayonot berdi. ...
21 sentyabr 2021
O‘zbekistonda majburiy ruhiy davolash: sovet zamonidan qolgan amaliyot hamon mavjud O‘zbekiston inson  huquqlari forumi (O‘IHF) mamlakatda faollar ovozini o‘chirish maqsadida ...
7 sentyabr 2020
Garchi O‘zbekiston islomiy harakatining (O‘IH) o‘zi endi xalqaro jihodning murakkab maydonida muhim ishtirokchi bo‘la olmasa-da, uning butunlay yo‘q bo‘lib ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...