«Bu bir xalqdir bitta o‘qqa tizilgan»
Pahlavon Sodiq 1973 yilda Namangan viloyatining Chortoq shahrida tug‘ilgan. Toshkent va Turkiyada jurnalistikadan tahsil olgan. «Ruhiyat nasimi» (1994) she'riy kitobi muallifi. Bi Bi Si radiosida xizmat qiladi.
Seni kim chorladi bu motamgohga?
O‘limni bo‘yningga olib keldingmi?..
Haq deb o‘yladingmi? Haq deb kuldingmi?
“Kulgan boshqalardir, yig‘lagan menman ”
* Dorning ogochini tikkanlar boshqa,
Dorning og‘ochida ingragan menman.
(* Abdulxamid Sulaymon Cho‘lpon)
“Tonglasig‘a amon tilab chiqtilar… ”
Zahiriddin Muxammad Bobur, “Boburnoma”
Yomg‘ir tindi. O‘q yomg‘iri tinmadi.
Ajal quvlab, yomon tilab chiqdilar.
Ko‘kdan rahmat indi, Yerdan inmadi
Tonglasig‘a omon tilab chiqdilar.
Yayov. Yovuq. Izgirinday izillab
O‘lim yo‘l boshlagan. O‘lim – yo‘lchidir.
Bu bir xalqdir. Bitta o‘qqa tizilgan!..
Ne nav' yetkay nokaslarga saltanat?! *
Qachon sendan omon chiqqan al'amon?!
Ey Dajjol nasabi, nasli – Shaytanat!..
(* “Saltanat andog‘ nokas, behunarlarg‘a ne nav' yetgay!”- “Boburnoma”)
Pahlavon Sodiq
«Ozodlik ohanglari»
Eltuz.com