Asosiy mavzular
26 fevral 2024

Qo‘qonda muxtoriyatning 100 yilligi nega o‘tkazilmadi?

Tarixchi olim Anvar Nazir 2018 yilning 26 fevral kuni «Eltuz» nashriga Qo‘qonda Qo‘qon muxtoriyatining 100 yilligi tadbirini o‘tkazishga ruxsat berilmaganini bildirgan edi.

«Men ismini ochiq ayta olmayman. Qo‘qonlik olima ayol bir qancha mahalliy faollar bilan Qo‘qon muxtoriyatining 100 yilligini nishonlash tashabbusi bilan chiqishgan. Biroq u menga bunga yuqoridan ruxsat berishmaganini aytdi», dedi u.

Audioni tinglash uchun bu yerga bosing

«Eltuz» nashri muxbiri mavzuga aniqlik kiritish uchun qo‘qonlik shoira, «Nihol» adabiy to‘garagi rahbari Gulbahor Said G‘ani bilan bog‘landi.

«Taqiqlanganini eshitmadim. Ammo o‘tkazilishi haqida ham eshitmadim», deya bildirdi shoira. Bu sana haqida Farg‘onadagi mahalliy gazetalarda ham shu kunlarda hech qanday maqola bosilmagan.

Shunday e'tiborsizlikni butun respublika nashrlarida ham kuzatish mumkin.

«Qo‘qon muxtoriyati nomi bilan tarixda qolgan istibdodga qarshi ushbu hukumat Turkistonda demokratik davlat qurishning ko‘rinishlaridan edi. Qonga botirilgan Qo‘qon tarix sahifalarida erk timsoli bo‘lib qoldi», deydi qo‘qonlik shoira.

Muxtoriyatning 100 yilligi sanasi Toshkentda 23 fevral kuni Anvar Nazir tashabbusi bilan jamoatchilik faollari yordamida nishonlandi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
7 fevral 2019
Rassom TuzEltuz.com
3 dekabr 2019
Stokgolmning chekka hududida joylashgan temir to‘siq ortidagi ko‘rimsiz uyda Shvetsiyaga kelib qurilishlarda ishlayotgan 11 nafar mehnat migranti yashaydi. Ularning ...
17 dekabr 2023
Rassom Tuz
29 mart 2019
Bizni yemirguvchi illatlar haqida gapirsam. Bu kalimani yuz yil oldin Mahmudxo‘ja Behbudiy aytgan edi. Mavzuga kirishdan oldin avvalgi safar ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...