Asosiy mavzular
18 oktyabr 2018

Andijonlik ayol 5 yashar o‘g‘lini urib o‘ldirdi

Izboskan tumanining Jaloliddin Manguberdi mahallasida yashovchi, ikki bolaning onasi Shahnoza V. (ayolning to‘liq ismi «Eltuz»ga ma'lum) 15 oktyabr kuni  5 yashar o‘g‘lini ayovsiz kaltaklagan.

Uyga qamab olinib, uzun tayoq bilan kaltaklangan bolaning tanasi zarbalardan momataloq bo‘lib ketgan. Kaltak azobidan bola dod solib ko‘chaga qarab yugurgan va yiqilib vafot etgan.

Tekshiruvlardan so‘ng ma'lum bo‘lishicha, qochish asnosida bolakayning qo‘rquvdan yuragi yorilib ketgan. Bu voqea kuppa-kunduz kuni bo‘lgan, ammo qo‘ni-qo‘shni, mahalla-ko‘ydagilardan hech kim baqir-chaqirni eshitmaganini aytmoqda.

Qo‘shni ayollardan birining aytishicha, Shahnoza V. o‘ta asabiy bo‘lgan, bolalarini tez-tez kaltaklab turgan. Ma'lumot berishlaricha, ayolning eri Rossiyaga ishlagani ketgan, ayol tirikchilik vajidan qiynalib asabiy bo‘lib qolgan.

Hozirda o‘z bolasining o‘limiga sababchi bo‘lgan ona ustidan tergov harakatlari boshlangan. Bu voqea haqida IIV 17 oktyabr kuni ma'lum qildi.

eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 mart 2021
“Bilasizmi,” – deydi U sizga tikilib, – Nechun «Erk» deganda, Qushning nomin bog‘lab aytarlar, “Qushday erkinman”, deb aytarlar nega? ...
14 fevral 2024
Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yilning 14 fevralida Andijonda, Farg‘ona ulusining hokimi Umarshayx Mirzo oilasida dunyoga kelgan. «Boburnoma» tarixiy biografik ...
15 mart 2024
RT: Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana hafta aylanib siz bilan birgaman. MS:  Nichiksizla xo‘jik brri, mo‘chchi oynikala. Buxoroda ...
28 noyabr 2023
SSSRni alqashga qaratilgan, kommunistik ruhda suratga olingan kinolar O‘zbekfilm arxivida juda ko‘p. Go‘yoki Rossiya bosib olmaganda O‘rta Osiyo qoloqligicha ...
Bloglar
28 may 2024
Men millatchi emasman! Lekin qaytadan ta'mirlatilgan va Toshkent shahrining sobiq hokimi J. Ortiqxo‘jaev tomonidan Pasxaga ...
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...