Olotchasiga «Mimino» yoki kaltaklangan fermerni «yarashtirish»
O‘zbek matbuoti Buxoro viloyatining Olot tumani hokimi Sherali Salomov yig‘ilishda fermer Orif Durmatovni kaltaklagani va shu yilning 9 yanvarida «jamoat ehtiyojlari» uchun 25 million so‘m mablag‘ o‘tkazib berishga majburlagani haqidagi xabarlarni tarqatdi. Hokimning o‘zi bu faktni rad etmayapti, uni «shaxsiy manfaatlari uchun urmagani»ni ta'kidlamoqda.
Faqat voqea surishtiruvida qonunga qanchalik rioya etilarkin? Ayni hodisaga bog‘liq vaziyat Olot hokimining «yuqori»da ishni to‘xtatishga urinayotgan kattakon homiylari borligidan darak bermaydimi? Bu voqealarning bari mashhur «Mimino» filmi sud sahnasidagi kabi hokimning «engil qo‘rquv» bilan qutulib qolishiga olib kelmaydimi? Go‘yo quyida keltirilgan suhbatdagi kabi?
Video: https://youtu.be/S41mp2CEOHU
Laziz Xo‘jaqulov
G‘oya va matn muallifi