Asosiy mavzular
21 aprel 2023

21 aprel – Umumrossiya musulmonlari milliy majlisi tugatildi

1918 yilning 21 aprelida Rossiya va Sibir musulmon turklarining milliy madaniy muxtoriyatini e'lon qilgan Umumrossiya musulmonlari milliy majlisi Stalin buyrug‘i bilan tugatildi.

Rossiya musulmonlari va turklarining ushbu siyosiy idorasiga 1917 yil fevral inqilobidan keyin Rossiya tarixida ilk bor erkin saylov yo‘li bilan iqtidorga kelgan muftiy Barudiy G‘alimjon rahbarlik qilgan.

1875 yili Barudiy G‘alimjon Buxoro madrasasida tahsil oladi. U 1906 yili asos solgan, Qozonda chop etilgan «Әd-din vәl-әdәp» jurnali 1908 yili Rossiya tsenzurasi tomonidan taqiqlanadi.

Uning o‘zi esa islomiy g‘oyalarni targ‘ib qilishda ayblanib, Vologoda gubernyasiga surgun qilinadi.

1913 yili surgundan qaytgach, 1917 yilga qadar o‘z jurnali faoliyatini davom ettiradi.

1917 yili Umumrossiya musulmonlari parlamenti asoschilaridan biri bo‘lib taniladi.

Ayrim manbalarda mazkur idora o‘z ishini o‘sha davr Turkiston jadidlari Fayzulla Xo‘jaev, Ubaydulla Xo‘jaev, Mustafo Cho‘qay bilan muvofiqlashtirgani aytiladi.

Sovet yillarida ushbu idora tugatilganidan so‘ng Musulmonlarni diniy boshqarish idorasiga aylantirilgan.

1919 yili esa Barudiy qamoqqa olindi. Ozod etilganidan keyin bir muddat Rossiyaning och qolayotgan o‘lkalariga yordam harakatlarida qatnashib kasalga yo‘liqdi va vafot etdi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
22 fevral 2017
18 yil qamoqda bo‘lgan taniqli jurnalist, 63 yoshli siyosiy mahkum Muhammad Bekjon qamoq muddatini to‘liq o‘tab bugun ozodlikka chiqdi. ...
1 noyabr 2017
31 oktyabr kuni Nyu Yorkda o‘zbekistonlik 29 yoshli Sayfullo Saipov sodir etgan terror aktida 8 kishi o‘ldi, 11 kishi ...
10 yanvar 2024
10 million dollarlik keys! Kuppa kunduzi toshkentlik boy otaning qizi va nevarasi o‘g‘irlab ketilib, ularning kallasi 10 million dollarga ...
4 oktyabr 2019
Kechgan haftada o‘qituvchi va ustozlar bayram qildi. Agar mendan ustozing kim deyishsa, hech ikkilanmay Mahmudxo‘ja Behbudiy degan bo‘lar edim. ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...