Asosiy mavzular
20 dekabr 2019

RTdan va'z: Saylov degan yaylovdagi qo‘ylar haqida

Mabodo Jumanazar aka borib kelgan o‘zga sayyora vakillari O‘zbekistonga kelib qolsa, o‘zlarining tarmog‘ida nimalarni yozgan bo‘lishardi?

Qandaydir odamlar katta zalga to‘planvolib, bo‘yinlariga har xil rangdagi sharflarni o‘rab, o‘ziga o‘xshagan, biroq chetda yashagan yurtdoshlarini viza bilan O‘zbekistonga kiritsakmi yoki kiritmasakmi, deb gaplashib yotishibdi.

O‘sha o‘zga sayyoralik likobchasi bilan teparoqqa uchib qarasa, odamlar gavjum Toshkentdan sal nari zulmatda emish. Sovuqdan ko‘karib ketishganmish, barcha odamlar sigir tezagini yoqib, hamma yoqni tutun qilib tashlashganmish.

Albatta, bu ikki manzarani bir-biriga qo‘sha olmagan o‘zga sayyoralikning diodlari kuyib, zamekaniya bo‘lib ketadi.

Ammo biz o‘zga sayyoralik emasmiz, bu xola-xola o‘yinining oti saylov ekanini bilamiz.  Anovi okean ortidan kelgan radio muxbirasi aytganday saylov-yaylov emas.

Ey labi do‘rdoq.

Asabi chatoq o‘rtoq.

Debatni bas qil.

Biz ertaga Amerikani quvib o‘tamiz.

Agar bugun Zimbabveni quvib yetolsak,

deya yozgan edi bir vaqtlar Mayakovskiy.

ERTAKLAR O‘ZBYeKNI QAYeRGA YeTAKLAR?

Mabodo yuqorida aytganimiz o‘zga sayyoralik saylovni kuzatishga erinib, o‘zbek xalq ertaklarini o‘qib qolsa, qolgan diodlari ham kuyib kul bo‘ladi.

O‘zbek ertaklari ishlamay yeb yotish, ya'ni parazitlikni tarannum qiladi. Masalan, bitiga botgan bir viloyatlik kal dangasa poshshoning qiziga uylanvolib jit qiladi.

Ëki bitta bankrot fermer chol «oltin qaynaydigan xumcha», tinimsiz tekin ovqat beradigan «ochil dasturxon» va bularni qo‘riqlaydigan teloxranitel «Ur to‘qmoq» egasi bo‘ladi.

Nima uchun? Bitta cho‘loq laylakni oshning tagiga bosmasdan qo‘yvorgani uchun.

Zumrad degan qiz esa o‘rmonda yashagan xolaga podxod qilib, padxalim bo‘lgani uchun bir sandiq oltin oladi. To‘g‘ri gapni aytgan Qimmatni esa ajdaho yeb tashlaydi. Mana shunaqa…

Endi xabarlar. Xabar bo‘lganda ham aziz yurtimiz xabarlari.

MAHALLIY XABARLAR

Namangan viloyatining 32-Isfarxon saylov okrugiga O‘zLiDePdan deputatlikka nomzod bo‘lgan Xadjaev Zokirjon Zaxidjanovichning shotirlari uyma uy yurib, ustiga «Mexmash» deb yozilgan paketlarda saylovchilarga «mayda-chuyda» bozorlik berib o‘z nomzodini targ‘ib qilayotgan ekan. Sovg‘alarga qo‘shib plakat ham beribdi.

Eng qizig‘i shundaki, Zokirjon akamiz shu «Mexmash» MChJning direktori ekanlar.

Bu nima? Saylovchilar ovozini qand-qurs bilan sotib olishmi? Zokirjon aka, siz ishlagani keldingizmi yo sotvoganimi, deya savol qo‘yadi vatanparvar bloger Nurbek Alimov.

***

Yunusobod metro yo‘lining qurilishida ro‘y bergan yer o‘pirilishi oqibatida, dastlabki xabarlarga ko‘ra, 20 dan ziyod mehnatkash tiriklay ko‘milib qoldi. Payshanba kuni oltita jasad chiqarildi.

Quruvchilar ob'ektni bayramga bitiramiz, deya jonlarini jabborga berib texnika xavfsizligini unutishgan. Mamlakatda shu kuni motam e'lon qilishi kerak bo‘lgan prezident Mirziyoev esa 17 dekabr kuni xotini bilan Tokioga uchib ketdi.  

Shu o‘rinda o‘tmishdagi ayni mavzuga oid Hamzaning she'riga bastalangan mashhur qo‘shiqni tinglasak.

Hoy ishchilar, ezilgan mehnatchilar.

Bor bo‘lsin xizmatchilar, emasmu bir inson

Ishchining nega umri boylar uchun qurbon.

ChYeT EL YaNGILIKLARI

Qozog‘istonda mustaqillik kuni sanalgan 16 dekabrda mamlakatning qator shaharlarida namoyish o‘tkazishga uringan o‘nlab faollar hibsga olindi. Ushbu sana 1986 yilning dekabrida Qozog‘istonga Kreml vakili Gennadiy Kolbin tayinlanishiga qarshi uyushtirilgan va sovet qo‘shinlari tomonidan bostirilgan Olmaota voqealarining 33 yilligiga to‘g‘ri kelmoqda.

***

Rossiya harbiy sudi 10 dekabr kuni Peterburg portlashida ayblangan 11 nafar shaxs, jumladan, 9 o‘zbekistonlik, tojikistonlik va qirg‘izistonlik fuqaroni 19 yildan yuqori va umrbod qamoq jazolariga hukm qildi.

2017 yilning 3 aprelida Peterburg metrosida portlash sodir bo‘lib, 16 odam, jumladan, xudkush ekani iddao qilinayotgan qirg‘izistonlik 22 yoshli Akbarjon Jalilov halok bo‘lgan edi.

 CIYoSAT BARChANING IMTIYoZI

Kelgan joyidan davom qilsak.  Saylov bu siyosatdir. Siyosat haqida hurmatu e'tirof bilan gapirmoqchiman.

Siyosat – bu bir imtiyoz. Imtiyoz bo‘lganida ham barchaga birdek oid imtiyoz. Masalan, nogironlar uchun ajratilgan park joyidan faqat nogironlar foydalana oladi.

Bolali ayol yoki ikkiqatlar uchun imtiyozdan faqat ular qo‘llanadi.

Siyosat esa barcha uchun imtiyoz. Bugun feodal yoki quldorlik davrida yashamayotganimiz ota-bobolarimiz amalga oshirgan siyosat mevasi.

Bugun mustaqil davlatda yashayotganimiz Gorbachev va Yeltsin kabi hurriyatchi siyosat arboblari peshana teri mevasi. 27 ta mamlakat ichida Yevropa bo‘ylab yurganda bir davlatdan ikkinchi davlatga boshpurt kontrolisiz bemalol o‘tib kechish siyosiy imtiyoz mevasi.

Karimov davrida «Siyosat yomon. U bilan shug‘ullanmang» yoki «Yoshlarni siyosatga aralashtirmanglar», degan mujda parvarishlandi.

Olimlarning aytishicha, siyosat bilan ahvoli o‘ta og‘ir ruhiy bemorlargina shug‘ullanmaydi. Chunki siyosat bilan shug‘ullanish uchun mamlakatda bo‘layotgan jarayonlardan xabardor bo‘lish lozim, voqealarni tushunib, tahlil qilishga odamning aqli bo‘lishi kerak.

Demak, Karimov davrida odamlar o‘zini jinnilikka solib, «siyosat bilan shug‘ullanmaymiz», deyishgan ekan.

Karimovning beshta tamoyilidan biri «Iqtisod siyosatdan yuqoridir», deya atalardi. Bu iborani aqlsiz to‘tiqushlar nima deyishayotganining ma'nosini bilmay, televizordan yuz ming karra takrorlashgan.

Holbuki, iqtisod siyosatdan yuqori turishi mumkin emas. Iqtisod davlat siyosatining bir qismidir. Iqtisod va mamlakatdagi turmush darajasi yuritilayotgan siyosatga bog‘liq.

Qashshoq Afrika mamlakatlari ulkan tabiiy zaxiralari bo‘lishiga qaramay, boshqaruvning yomonligi, ya'ni yomon siyosat tufayli aziyat chekishadi.

Norvegiya esa demokratiya va erkinliklar bois o‘z mamlakatining neft va gaz savdosidan byudjetga 1 trillion dollar yig‘di.

Siyosat – ijtimoiy ongning faol turi. Hayvonlardan bizni farqlaydigan omil bu.

Masalan, 90ga kirgan boboy 9 may kuni orden-medallarini taqib, ko‘chaga chiqar ekan, u mutlaqo siyosatni tamsil qiladi.

Hatto kimsasiz orolga borib qolgan Robinzon ham siyosat yuritgan. Orolda Britaniya bayrog‘ini ko‘targan va Jumaboyga ingliz tilini o‘rgatgan.

Siyosat bois barchaning ahvoli bir kunda sezilarli yengillashishi mumkin.

Masalan, siyosatchi talabi bilan propiska va OVIR tizimi bekor bo‘ldi, deylik.

Pasportni Gruziyadagi kabi ikki soat ichida avtomatdan chiqarib olsak.

Texpasport va texosmotr bekor bo‘lsa. Gruziyadagi kabi.

«Ëshlar ittifoqi», «Nuroniy» jamg‘armasi, «O‘zbekkontsert» kabi parazit idoralar yo‘q bo‘lsa.

Davlat bergan mashinada xotinini sartaroshga olib borgan hokim qamalsa.

Diktantdan ikki olgan domla institutda ona tili va adabiyotdan dars bermasa…

Bu gaplarni yozib tursam, bir gala ikkichilar tarmoqda demokratiyani yomonlab koment bitib tashlashibdi.

DYeMOKRATIYa NIMA?

Demokratiya jamiyatning o‘z orasidagi ahdidir. Qonun chiqaruvchiga uni ijro qiladigani aralashmaydi. Hokimlar xalq deputatlari kengashlarida buyruq berib o‘tirmaydi.

Sudlar esa mustaqil qaror qabul qiladi (sud raisiga prezident administratsiyasidan Zaynilobiddin telefon qilib, palonchining ishini yop, demaydi).

Jurnalistlar esa ko‘zi to‘rt bo‘lib har yerni kuzatadi (hokim bobo ularning janozasini o‘qiyman, deb o‘dag‘aylamaydi).

Saylov erkin bo‘ladi (yana o‘sha Zaynilobiddin telefon qilib, palonchani saylang, demaydi).

Boy soliq to‘laydi. Qashshoq posobiya oladi. Konun esa boy va kambag‘al uchun teng bo‘ladi.  Demokratiya degani shu.

Demokratiya boyga ham, fuqaroga ham kerak. Buni Rashid Qodirov yoki Gulnora Karimova tushunganida edi, hozir qamog‘da o‘tirmasdi.

Shuhrat G‘ulomov kabi legendarniy geroy ham, eks DXX raisi Ixtiyor Abdullaev ham, Otabek Murodov ham balki qamog‘da o‘tirmasdi…

Demokratik jamiyatda hech kim Samarqand eks hokimi Turob Jo‘raevga sen Ramzanga uch kilo oltindan bo‘lgan qumg‘on sovg‘a qil, deya buyura olmaydi.

Bugun hukumat va pul meni qo‘limda deya shaharliklarning park va bog‘larini olib, yer uchastka qilib sotayotgan kuyov Otabek Umarov ham tanasiga o‘ylab ko‘rsin.

Agar demokratik davlat bo‘lganida edi, bu kuyovning prezident qaynotasi nepotizmda ayblanib 30 yilga qamalardi.

Demokratik davlatda solig‘ini to‘lab qo‘ygan odam boyib bitadi. Qashshoq fuqaroga esa o‘lib netib qolmasin, deb posobiya beriladi.

Eng muhimi, kimdir prezident bo‘lib saylansa, amma-xolasi va kuyovlariga davlat oxuridan yem yedira olmaydi. Impichment qilib, ontarib tashlashadi.

Demokratik jamiyat bo‘lganida Toshkent markazidagi kulbasi buzilgan Oysha xola bu kulbani buzdirgan Otabek Umarovni sudga berardi.

OAVlari Oysha xola tarafini olib maqola yozardi. Otabek degani tug‘ilganiga pushaymon bo‘lib, bor-yo‘g‘idan ajrab, qaydasan Qo‘qonjonim, deb tirraqi buzoqday qochgan bo‘lardi.

Demokratiya jamiyat ichidagi kuchlar kelishuvi va ularning muvozanatidir.

Insoniyat tarixida hech bir jamiyat demokratiya kabi mustahkam bo‘lmagan.

Shvetsiya, Norvegiya, Germaniya kabi dunyoviy liberal va demokratik davlatlarni ko‘ring va demokratiya bo‘lmagan …istonlar bilan taqqoslang.

Haliyam kech emas. Bugun oltin oxurdan yem yeyotganlar ertaga balanda ichib, turma jallodi oldida to‘nqaygisi kelmasa, marhamat, jamiyat bilan kelishsin.

Ishtahasini bugun tiysin. Bugun tovoqdan qo‘lini tortsin. Ko‘r emasmiz. Kar ham emasmiz.

MUTYeLIK 

Jaholat, xabarsizlik va bilimsizlikdan qo‘rqoqlik kelib chiqadi. Bularning nikohidan esa mutelik tug‘iladi.

Mutening tomirida faqat qullik qoni oqadi.

Keyingi bir hafta ichida men blok qilganlar johil qo‘rqoq va mutelar edi.

Ularni ifsho qilish uchun Muhammad Solih chiqishlari qo‘l keldi.

Turkistonning botir shoiridan taralgan qahramonlik nuri chayonu kaltakesaklarni cho‘chitib yubordi.

Ba'zi mutaasiblar esa betamizlarcha buyuk shoirga loy chaplamoqchi bo‘lishdi.

Ular yozgan aji-buji kalaka–malyakalarani o‘chirib tashlasam, “Demokratiya bu, bizning ham so‘z erkinligimiz bor”, deb haq talab qilishdi.

Javob shu. Sizlarda hech qanday haq-huquq yo‘q.

Quturgan itda qopish huquqi bo‘lmagani kabi.

Sizlarning eng so‘zamol, eng biyroningiz ham militsiyaning oddiy serjanti oldida tili tutilib, yonidagilarni sotishni boshlab yuboradi.

Millionta isbotimiz bor.

Eng kattangizdan tortib eng maydangizgacha bir-biringizga qarshi ko‘rsatma yozgansiz.

Bu ko‘rsatmalar turibdi joyida. Buyuk yozuvchi Mixail Bulgakov aytgandek, qo‘lyozmalar yonmaydi.

Ularga qarab shoir Rauf Parfi aytgan satrlar mana bu:

Oqni qora deysan, tillani temir,

Nohaqsan, sarqitni osh deb urasan,

Karmisan? Ko‘rmisan? Nimasan axir?

Assalom, O‘zbekiston, juma muborak!

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
22 oktyabr 2023
Eltuz portaliga kelgan so‘nggi beshta shikoyat xatini o‘qib eshittiramiz. Ular O‘zbekistonning Samarqand, Toshkent, Qashqadaryo, Andijon Xorazm viloyatlaridan kelgan. Dastlab ...
25 iyun 2020
​​Xalqaro press-klubda matbuot anjumani bo‘lib o‘tibdi, unda Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori Akmal Saidov bunday gaplarni aytib o‘tibdi: ...
22 sentyabr 2021
Ertalab bolani maktabga qoldirib, piyoda ishga kelaman. Quloqda Sher akaning “Avvalg‘ilarg‘a o‘xshamas” qo‘shig‘ini qo‘yib olib… Charx avzoyi bu dam ...
7 oktyabr 2019
Qamashi tumanidagi 14 va 16-bolalar bog‘chalariga go‘sht o‘rniga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning portretlari berilgan.  Bu ma'lumotni “Eltuz”ga taqdim qilgan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...