Asosiy mavzular
3 fevral 2020

Jamoatchilikdan tortib olingan fond yoki burgutga ishonsa bo‘ladimi?

Komil Allamjonov va Saida Mirziyoevaning OAV va blogerlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan yangi jamoat fondi vasiylik kengashi rahbarligiga tayinlanishi avval boshdanoq ushbu tuzilmaning o‘z maqomini yo‘qotgani alomatidir.

Ya'ni bu fond hali tug‘ilmasidanoq jamoatchilikning emas, balki davlatning, to‘g‘risini aytganda, davlat tepasida turgan hokimiyat vakillarining nazoratiga o‘tdi.

Chunki fondning vasiylik kengashi raisi ham, uning o‘rinbosari ham yaqindagina davlatning matbuotni nazorat qiladigan tuzilmasi rahbarligidan iste'fo bergan amaldorlardir.

Qolaversa, Saida Mirziyoevaning otasi mamlakat rahbari ekanini inobatga olsak, u OAV va blogerlarning prezidentga qarshi fikrlarini qo‘llab-quvvatlaydi, deb o‘ylaysizmi?

Yangi fondning ikki rahbari ham avvalgi ish joyida hukumat targ‘ibot-tashviqot mashinasining darg‘alari edi.

Hech shubhasiz, ularning yangi fondi ham aynan shu maqsadlarga xizmat qilishga undovchi bo‘ladi.

Boshlanishida bu fondning tashabbuskorlari sifatida o‘zining nisbatan erkin fikri, bugungi jamiyatni bir qadar qoniqtirayotgan tanqidiy chiqishlari bilan tanilgan mustaqil internet nashrlar va blogerlar ko‘rsatilgan edi.

Tuzilmaning jamoatchilik kengashi a'zoligiga taklif etilganlar orasida ham ular ko‘pchilikni tashkil etayotgan, hatto orasida “Amerika ovozi”ning vakilasi ham ko‘rsatilgandi.

Biri “Soliq info”, “BEM”, “Avtotest” kabi shubhali loyihalarga bog‘langan, o‘zbek oligarxlarining vakili sifatida ko‘riladigan Komil Allamjonov, ikkinchi esa prezidentning matbuot sohasidagi ko‘zu qulog‘i bo‘lgan qizi Saida Mirziyoeva timsolidagi rahbarlarga ega bo‘lgan yangi fond nekbin istiq,olidan ayrilgandek.

Chunki bu tuzilma O‘zbekistondagi hokimiyat targ‘ibot-tashviqot mexanizmining bir murvatiga aylanishi, biroz tizgindan chiqqan blogerlarni jilovlashga xizmat qilishiga shubha qolayotgani yo‘q.

Zero, ishonmaslik uchun dalillar yetarli.

O‘tgan yili Axborot va ommaviy kommunikatsiya agentligi rahbari lavozimida ishlayotganda Komil Allamjonov blogerlar faoliyati ommalashayotgani, agentligi ularni o‘z himoyasiga olganini bildirgandi.

Bu “himoya” ortidan bloger Nafosat (Shabnam) Olloberganova avval 10 kunga qamalib, so‘ng jinnixonaga tiqildi. Undan keyin ham ayrim blogerlar ma'muriy qamoq ta'mini ta'tib ko‘rdi.

Endi bu “himoyachi” shu kabilarni qo‘llab-quvvatlashga bel bog‘lagan fondning rasmiy rahbari bo‘ldi. Xulosa o‘zingizdan.

Darvoqe, yangi fondning emblemasi ham tasdiqlandi. Emblemada burgut timsoli bor.

“Burgutning kuchi esa jamiyatimizda so‘z erkinligini yanada mustahkamlash niyatida bo‘lgan jurnalist va blogerlar hamjamiyatining kuch va g‘ayratini ifodalaydi”, deyiladi bu haqda tarqatilgan xabarda.

Ishqilib, bu burgutning asosiy quroli bo‘lmish tumshug‘i va tirnoqlari zamonga moslab pedikyur qilinmagan bo‘lsin-da!

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 may 2022
Qo‘yin cho‘ntagida O‘zbekiston pasporti bo‘lmagan ammo o‘zbek adabiyoti uchun juda muxim siymolardan biri yozuvchi Hamid Ismoilov. U kishi telegramda ...
18 noyabr 2015
Bugun Toshkentda Oliy majlis va Oqsaroy binosiga IShIDning qora bayrog‘i osib ketilgani habari tarqaldi. Bundan oldin Toshkentda IShIDga a'zolik ...
4 noyabr 2024
5 noyabr kuni amerikaliklar prezidentlik saylovida ovoz beradi. Nomzodlar Respublikachi sobiq prezident Donald Tramp va Demokratik partiyadan nomzod, vitse-prezident ...
24 noyabr 2020
Videoda Andijon shahri bozori maydoni, Qosimov ko‘chasidagi ahvol aks etgan. Siz video tomosha qilayotgan paytda, 24 noyabr kuni toza ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...