Catira
10 fevral 2020

Diktatorning kasofati urgan soha o‘zini o‘nglamoqda

O‘zbekistonning turizmni iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlaridan biriga aylantirish siyosati qo‘shni davlatlarda ham sayyohlar soni tobora ortib borishiga sabab bo‘lmoqda.

Bugun qo‘shni davlatlarga kelayotgan sayyohlarning asosiy qismini o‘zbekistonliklar tashkil etadi.

O‘z navbatida, O‘zbekistonga yon-atrofdagi davlatlardan kelayotganlarning soni umumiy mehmonlarning juda katta qismini tashkil etadi.

Masalan, o‘tgan yili mamlakat 6,23 million sayyohni qabul qildi. Bu avvalgi yildagidan 27,1 foiz ko‘pdir.

“Biz Islom Karimov davrida mamlakatni butkul izolyatsiya qilish siyosatini yuritgan edik, – deydi “Eltuz” bilan suhbatda turizm sohasi mutaxassisi Eldor Jalolov. – Buning evaziga mamlakat milliardlab dollardan mahrum bo‘ldi.

Biz bitta odamning hokimiyatni saqlab qolish umididagi shizofreniyasi sabab ulkan turizm salohiyatini barbod qildik.

Agar bugungidek turizm siyosati mustaqillikning ilk yillaridan boshlanganida edi, bugun mamlakatimiz iqtisodiyotida sayyohlikning o‘rni butunlay boshqa bo‘lardi”.

O‘zbekistonning “ochiq chegaralar” siyosati qo‘shni mamlakatlarda turizmning rivojlanishiga qanchalik ta'sir qilayotganini bitta misolda ko‘rsatish mumkin.

Asiaplustj.info saytining xabar berishicha, o‘tgan yili Tojikistonga sayyohlar oqimi avvalgi yildagiga nisbatan 21,6 foiz oshgan. Mehmonlarning 67,9 foizini O‘zbekiston fuqarolari tashkil etgan.

Bunday misollarni Qozog‘iston va Qirg‘iziston misolida ham aytish mumkin. Turkmaniston masalasida hozircha rasmiy ma'lumotlar e'lon qilinmagan.

E.Jalolovning so‘zlariga qaraganda, hamma ishni ura-ura qilib bajarishga o‘rgangan mulozimlar turizm sohasida ham qator xatolarni takrorlamoqda.

“Xorijlik mehmonlar zamonaviy emas, tarixiy shaharlarni ko‘rishga keladi. Ammo biz zamonaviylashtiramiz deb Shahrisabzni YuNYeSKOning e'tirofidan mosuvo qilishimizga bir bahya qoldi.

Samarqandda ham, Xivada ham shunday xatolarimiz bor. Korruptsiya bizni yeb qo‘yyapti. Turizmni rivojlantirish bahonasida puldorlarga shaharlarimizning tarixiy markazlaridagi joylarni pullashga tushib ketdik.

Etagimizni tezroq yig‘ishtirib olmasak, shaharlarimizning tarixiy qiyofasini boy berib qo‘yishimiz hech gap emas”, dedi mutaxassis.

O‘zbekistonga sayyohlik oqimi ko‘payayotgani, E.Jamolovning ta'kidlashicha, hozircha qo‘shni davlatlar bilan qarindosh-urug‘chilik munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lib qolyapti.

Bevosita qo‘shni mamlakatlardan ko‘plar o‘z yaqinlarini, qarindoshlarini ko‘rish uchun kelmoqda.

Sohani haqiqatan ham rivojlantirish, daromadni ko‘paytirish uchun esa O‘zbekistonga uzoq xorijdan keladigan sayyohlar kerak.

O‘shandagina sohadagi haqiqiy o‘sish to‘g‘risida gapirish mumkin.

“Hozircha esa bu borada og‘izni ko‘pirtirib so‘zlaydigan darajada yutuqlarimiz yo‘q”, dedi E.Jalolov “Eltuz” bilan suhbatda.

(Agar Eltuz cayti sizda ochilmasa rasmlar va maqolani https://bit.ly/2S7ruWG ko‘zgu linki orqali kirib o‘qishingiz mumkin.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
24 oktyabr 2017
Farg‘ona viloyatidan safarbar etilgan 15 mingga yaqin aholi bugungi kunda Sirdaryo, Jizzax viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida paxta terayotganiga qaramay, ...
16 iyun 2016
Farg‘ona viloyatning ta'lim muassasalari direktorlari ikkitadan olishi kerak bo‘lgan “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiorining ...
29 sentyabr 2024
Aziz og‘a ini, opa-singil, qadrdonlarim. Mana hafta aylanib siz bilan birgaman. Ulug‘ kunda sizlarning yuzingizga qarab? tabassum qilish imkoniga ...
29 may 2020
Jahonning shodligi yig‘ilsa butun, Do‘stlar diydoridan bo‘lolmas ustun. Ulug‘ demokrat shoir Rudakiyning bu misrlari kimgadir siyqa tuyular, ammo zinhor ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...