Asosiy mavzular
26 fevral 2020

Sobiq bosh prokuror, DXXning sobiq raisi va o‘rinbosariga sud hukmi e'lon qilindi

O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmatining xabar berishicha, 2020 yil 25 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudida Jinoyat kodeksining 210-moddasi va boshqa moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan sobiq bosh prokuror Otabek Murodov hamda DXX sobiq raisi Ixtiyor Abdullaev va uning o‘rinbosari Jahongir Igamovga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetgan va sud hukmi e'lon qilingan.

O‘tkazilgan yopiq sud majlisida sudlanuvchilarning, yetmishdan ortiq jabrlanuvchi va guvohning ko‘rsatmalari tinglanib, muhokama qilingan. Shuningdek, dastlabki tergov organi tomonidan to‘plangan dalillarga baho berilib, sudlanuvchilarning vajlari tekshirilgan.

Sud jinoyat ishi materiallarini har tomonlama va to‘liq o‘rganib, sudlanuvchi Otabek Murodovni bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topgan.

Matbuot xizmatining xabarida aytilishicha, sudlanuvchi O.Murodovga nisbatan jazo chorasini belgilashda sud O‘zbekiston Konstitutsiyasi va jinoyat qonunchiligida belgilangan insonparvarlik va adolat tamoyillariga asoslangan.

Xususan, sudlanuvchining sodir etgan jinoyatlari uchun chin ko‘ngildan pushaymon ekanligi va jinoiy qilmishlarni fosh qilishda faol yordam berganligi hamda jinoyat oqibatida yetkazilgan zarar to‘la qoplanganligiga e'tibor qaratilgan.

Natijada sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi, sudlanuvchining shaxsi, oilaviy ahvoli, yashash joyidan ijobiy tavsiflangani kabi jazoni yengillashtiruvchi holatlar e'tiborga olinib, Otabek Murodovga 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlis Senatining 2019 yil 21 iyun kuni bo‘lib o‘tgan 20-yalpi majlisida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev sobiq bosh prokuror Otabek Murodovni katta miqdorda pora olganlikda ayblab, ustidan jinoyat ishi ochilganini ta'kidlagan edi. Bu haqida «Eltuz» nashri o‘z vaqtida xabar bergan edi. 

Shuningdek, Oliy sud matbuot xizmatining xabarida sudning hukmiga ko‘ra, Otabek Murodovga 5 yil, Ixtiyor Abdullaevga 19 yil, Jahongir Igamovga 19 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, har biri muayyan muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilinganligi bayon etilgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
9 avgust 2023
Bir xil alkashlar aroqqa to‘ygach, hovlidagi so‘ri yoki ayvonda kelini, qizi ko‘zi o‘ngida bitta yupqa ishtoncha – trusida uxlaydi, ...
10 may 2018
Eramizdan oldingi VI-V asrlarda yashab o‘tgan, «Dao De Tszin» asarini yozgan qadimgi xitoy faylasufi Lao Tszi so‘zlari 9 mayni ...
24 mart 2017
23 mart kuni futbol bo‘yicha Jahon chempionatining saralash bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi Suriyaga yutqazdi. Ancha sust kechgan o‘yin yakunida ...
5 noyabr 2021
Dunyoga tarqatib oltinlarimiz,  Ancha yengil tortdi botinlarimiz.  Tezakni tutatib palov pishirar –  Naqadar baxtlidir xotinlarimiz…  (HAMROQUL ASQAR) Kech kuz ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...