Asosiy mavzular
15 aprel 2020

Koronavirusga eng samarali javob qaytargan davlatlar nimasi bilan o‘xshash? Ayol liderlari bilan

Amerikaning nufuzli Forbes jurnali ayollar boshqarayotgan davlatlar koronavirus epidemiyasini yengishni boshqalardan yaxshiroq uddalayotganiga e'tibor qaratdi.

Islandiyadan Tayvangacha va Germaniyadan to Yangi Zelandiyaga qadar ayollar qiyin paytlarda qanday rahbarlik qilish kerakligini dunyoga ko‘rsatishdi. Yetakchi ayollar jozibali tarzda hokimiyatni boshqarishning muqobil usulini bizga taklif qilishmoqda.

Germaniya kantsleri Angela Merkel avval boshidanoq aholining 70 foizigacha virus yuqishini vatandoshlariga bildirdi. «Bu jiddiy, bunga jiddiy munosabatda bo‘ling», dedi u. Darhol aholiga ommaviy test sinovlari qo‘llana boshlandi. Germaniya boshqa mamlakatlarda kuzatilgan inkor qilish bosqichini chetlab o‘tdi. Natijada Germaniya nisbatan tez orada cheklovlarni yengillashtiradi va normal holatga qaytishni rejalamoqda.

Yangi Zelandiya rahbari Jacinda Ardern va Tayvan lideri Tsay Ing-ven epidemiya boshlanishi bilan tezkor va qat'iy choralar qo‘llashdi. Cai Ing-ven yanvar oyida yangi kasallikning dastlabki alomatlari paydo bo‘lishi bilanoq, boshqa mamlakatlarda joriy etilgan choralar bilangina cheklanmasdan, virus tarqalishini to‘sishning 124 chora-tadbirini joriy qildi. Endilikda u AQSh va Yevropaga 10 million niqob yubormoqda. Tsay shu tariqa bo‘hronni bartaraf qildi va SNN telekanali uni epidemiyani nazoratiga olgan «dunyodagi eng yetakchi liderlardan», deya atadi. 

Islandiya bosh vaziri Ketrin Yakobsdottir barcha vatandoshlariga bepul koronavirus testini taklif qildi. Ko‘pgina mamlakatlar testni faqat kasallikning faol alomatlari bor odamlarga qo‘llash bilan cheklanmoqda. Islandiya allaqachon Janubiy Koreyadan besh baravar ko‘proq odamlarni ko‘rikdan o‘tkazdi va bemorlar aloqalarini nazorat qilishning puxta tizimini yaratdi, bu esa maktablarni yopishga hojat yo‘qligini anglatdi.

O‘z vatandoshlariga nisbatan bu ayol rahbarlarning empatiya va g‘amxo‘rligi bizning ko‘nikmalarimizdan mutlaqo farq qiladi. Ular videodagi chiqishlarida xuddi qo‘llarini ekrandan chiqarib, bizni samimiy va mehrli quchoqlariga bosib, asramoqchiday gapirishdi. Rahbarlar o‘zini shunday tutishi mumkinligini shu paytgacha kim o‘ylagan? Biz buni endi bilyapmiz.

Endi bu rahbarlarni inqirozdan o‘z avtoritarizmini mustahkamlash yo‘lida foydalanayotgan kuchishlatar rahbarlar xolatlariga solishtiring: «boshqalarni» ayblash, shafqatsizlik, mustaqil sud tuzimini zaiflashtirish, jurnalistlarga bo‘hton yog‘dirish…

Agar ayol o‘zini erkak kabi tutsa, muvaffaqiyatga erishish mumkin, deya ishoniladi. Biroq yuqorida sanalgan millat etakchilar erkaklar boshqarish usullarini ayollardan o‘rganishlari mumkinligiga namuna bo‘luvchi aniq misollardir.

Maqola originali: What Do Countries With The Best Coronavirus Responses Have In Common? Women

Tag‘in o‘qing
19 fevral 2024
O‘zbekistonda  litsenziya talablari va shartlarini qo‘pol ravishda buzganligi uchun 6 ta xususiy oliy ta'lim maskani litsenziyasi bekor qilindi. Oliy ...
19 sentyabr 2023
Agar Ginnesning qo‘lostidagilarni nafsoniyatiga tegish, g‘ururini toptash, tahqirlash, so‘kinish va urish singari yo‘nalishlarda ham reytingi bo‘lganida edi, g‘oliblikni yaqin ...
19 sentyabr 2018
Naqadar achchiqki, bolsheviklar inqilobidan buyon toptalib kelingan va endigina qaddini tiklagan jafokash o‘zbek tili tag‘in oyoqosti qilindi va bundan ...
15 oktyabr 2021
13 oktyabrda Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani fuqarolik ishlari sudida shoir Yo‘lchi Ro‘zievning da'vo arizasiga binoan ochiq sudda O‘zbekiston ...
Bloglar
8 fevral 2025
Shu paytgacha «Anora» degan ikki film olindi. Bittasi yetim qizning ashlachi bo‘gani haqida¸ yana bittasi ...
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...