Asosiy mavzular
25 may 2020

«Yulduz Usmonova sindromi» yoki Islom Karimov nega norozi?

Gulnora Karimovaning qizi va o‘g‘li o‘zbek tadbirkorlarini «amneziya» (unutish kasalligi)ga chalinganlikda ayblashdi.

So‘nggi ikki haftada turli yillarda Gulnora Karimova bilan birga ish yuritgan bir qancha o‘zbek tadbirkorlari Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi bilan o‘z aloqalari haqida yozishdi.

Hususan,  o‘zbek tadbirkori Jasur Abdurahmonov Kun.o‘zga bergan intervyusida 2008 yili Yunusobod tumani sudi tomonidan 3 yil shartli jazo olganidan so‘ng O‘zbekistondan chiqib, 2019 yilgacha chet elda yashashga majbur bo‘lgani haqida gapirdi. O‘z muammolari sababini u Gulnora Karimovaning unga uylanish taklifini rad etgani uchun uning g‘azabiga uchragani bilan izohladi.

«Korzinka» savdo tarmog‘i egasi  Zafar Hoshimov esa Gulnora Karimova bilan hech qachon uchrashmagani va biznesda hamkorlik qilmaganini iddao qildi.

Tadbirkor Jahongir Ahmedov Levis, Benetton, Quicksilver, Mango boshqa taniqli brendlarga oid savdo tarmog‘i, shuningdek, sog‘lomlashtirish markazlari egasi, 2008 yili Gulnora Karimovaga tegishli savdo majmualarini ijaraga olganini tasdiqladi. Ammo Gulnora Karimovaning o‘zi bilan shaxsan hech qachon tanish bo‘lmaganini aytdi.

Ushbu bayonotlarga javoban Karimovaning bolalari ijtimoiy tarmoqda o‘z murojaatlarini e'lon qilishdi. Bunda ular aftidan biznesmenlarning «Yulduz Usmonova sindromi» bilan kasallanishgani, ya'ni onalarining biznes hamkori bo‘lishganini unutishgani haqida yozishdi.

Londonda yashovchi Imon va Islom Karimovlar barcha intervyularning «buyurtma» ekani, onalariga qarshi axborot xurujini esa «DXX rahbar xodimi» Abdurauf Vahobov tashkillashtirayotganini iddao qilishdi

Karimovaning farzandlariga ko‘ra, «10-sinf ma'lumotiga ega tadbirkor» Abdurahmonov Jasurning DXX oldida hech bir «kurakka sig‘maydigan» muammolari bo‘lgan. Uni jinoiy uyushma tuzish va chegaradan noqonuniy o‘tishda ayblashgan va hibsga olishgan. Prokuratura unga 16 yil so‘ragan, biroq u Toshkent shahridagi o‘ziga qarashli 100 ta kvartirani berib jazodan qutulgan. Hibsga olinguniga qadar u Karimovaning marhamati bilan parlamentga deputat bo‘lib «saylangan» edi.

Karimovaning farzandlari «amneziya bilan kasallangan» yana bir biznesmen Zafar Hoshimovga u 25% ta'sis paketi aktsiyasini Davlat xavfsizlik xizmatidagi «hukmdor shaxslar»ga bergach, «Korzinka»ning Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan 26% aktsiyasi «yo‘qotilgani» haqida eslatishdi.

Karimovaning farzandlari Zafar Hoshimovning xotini Madina Mo‘minova 10 yil mobaynida Karimovaga tegishli bo‘lgan  Bella Terra yaltiroq jurnali bosh muharriri bo‘lgani, «Korzinka» supermarketlar tarmog‘iga tegishli ilk do‘kon esa IIV binosi ro‘parasidagi Karimovaga tegishli bo‘lgan yerda qurilganini ham eslatishdi.

Shunday qilib, agar Karimovaning bolalari tasdig‘iga ishonilsa, har qanday hukumat iqtidori paytida biznes qilishga qodir Hoshimov Karimovadan musodara qilingan 25% foiz aktsiyani DXXning yuqori lavozimli xodimlariga bergan bo‘lib chiqyapti.

Imon va Islom Karimova bayonotidan kelib chiqadiki, ularning onalaridan olib qo‘yilgan boyliklar mamlakat byudjetiga qaytarilmagan, balki musodara qilingan va endilikda tag‘in yangi hukumat vakillari tomonidan o‘g‘irlangan.

«Buyurtma intervyularning asosiy savoli: «Agar sen bu boyliklardan xavotir olayotgan bo‘lsang, u holda ular sening onang qo‘liga qaysi yo‘l bilan kelib tushdi? Bunga shunday javob bergan bo‘lardik, bu «barcha boyliklar», garchi tortib olingan, biroq ular xalqqa yetib bormagan, va bizning yagona xavotirimiz, bular (Karimovadan musodara qilingan mulklar – tahr.) zararni qoplash uchun ko‘zlangan summa 1,2 mlrd dollarni tashkil etishi kerak», deya yozishdi Karimovaning bolalari 22 may kuni Instagram sahifasida onalari himoyasiga e'lon qilgan bayonotlarida.

2020 yilning 18 martida Toshkent shahri sudi o‘zining yopiq majlisida Gulnora Karimovani 13 yilu 4 oyga ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risida hukm chiqardi. Oliy sud axborot xizmati bildirishiga ko‘ra, sud Karimovani jinoiy uyushma tuzish, tovlamachilik, mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan o‘g‘irlik, jinoyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va boshqa jinoyatlarda  aybdor deb topgan. Ushbu jazoni o‘tash muddati 2015 yil 21 avgustdan boshlanishi belgilangan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
5 iyul 2019
Prezident Mirziyoev 2017 yilning  13 iyunidagi chiqishida o‘zbek sudyalarini odamlarni himoya qilmaslikda, poraxo‘rlikda, nohaq qarorlar chiqarishda ayblagan edi. Karimov ...
13 may 2023
2005 yilning 13 mayida O‘zbekiston hukumati harbiylari tomonidan Andijonning Bobur maydonidagi begunoh odamlar otilgandi… O‘sha kuni saharda Andijonda qo‘zg‘olonchilar ...
30 dekabr 2020
Ichida prezident va'zlari qamalgan smartfon sotuvga chiqdi. Eltuz.com
17 oktyabr 2018
Moskvaning Yakimanka tumanidagi xiyobonga o‘rnatilgan, 16 oktyabr kuni ochilishi kutilgan Islom Karimov haykali ertasi kuni ham ochilmadi. Yakimanka tumani ...
Bloglar
8 fevral 2025
Shu paytgacha «Anora» degan ikki film olindi. Bittasi yetim qizning ashlachi bo‘gani haqida¸ yana bittasi ...
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...