Catira
3 noyabr 2020

Cho‘chqa tasviriga qadimchilar «allergiya»si

G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida chop etigan «O‘zing yasab ol» jurnalida cho‘chqa rasmi tasvirlangani O‘zbekistondagi qadimchi konservatorlar qatlami tarafidan dushmanlarcha qarshi olindi.

O‘zbekistondagi radikal dindorlar minbari sifatida ko‘riladigan nashrning jazavasini jurnalist Nozim Safariy cho‘chqafobiya va syurrealizm, deb atadi.

“Azon.o‘z saytidagi maqola shunchalik syurrealistik va konspirologik hamda kulguliki, ayrim iqtiboslarini sizlar bilan bo‘lishgim keldi):

«G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida chop etilibdi. Demak, cho‘chqa targ‘iboti juda katta idoralar rahnamoligida olib borilyapti».

«Xuddi musulmonlarni ichdan yemirishga qaratilgan harakatga o‘xshaydi. Bugun cho‘chqaning shaklini yasagan bola unga oddiy qarashni boshlaydi, ertaga qo‘shnisi cho‘chqa boqib, butun mahallani sasitsa ham indamaydi, cho‘chqa go‘shtini tortinmay yeyaveradi…».

«Musulmonlarga zarar yetkazish maqsadida ong ostiga qilinayotgan bu kabi hujumlarga befarq bo‘lmanglar».

«Nashr muallifi Shuhrat Mirfayozovning cho‘chqa fermasi bo‘lsa kerak. Shu orqali o‘z mahsulotlarini sotishni qasd qilgandir».

Sog‘lom aql bilan qaralganda cho‘chqaning oddiy suratidan bunday konspirologiya yasash kuchli narkomaniyaga o‘xshaydi)). Mayli, o‘zlari bilishadi. Mana, uchinchi kundirki, maqolani eslab kulib yuribman. Kayfiyat uchun rahmat».

Tadbirkor va bloger Firuz Allaev esa hazilomuz tarzda «Simba» mulfilmini ham taqiqlashni taklif qilibdi. Chunki filmda barchamiz yoshligimizda sevib tomosha qilgan Pumba obrazi bor.

Maqola muallifi mantig‘i bilan qaralganda, to‘g‘ri tashabbus. «Nu pogodi»ni ham taqiqlash kerak, chunki plyajda yotgan cho‘chqa tasviri bor.

«Xulosa qilib aytganda, cho‘chqa tasviridan qo‘rqish g‘alati. Uni iste'mol qilmaslik buyurilgan. Qog‘ozdagi tasvirni esa yeyish qiyin nazdimda».

Bu hol kitob noshirlari va klassik adabiyot muxlislari tomonidan ajablanish bilan qarshilandi. Allaevning fikrini davom ettirgan Zafar Solijonov esa bid'atchilarga qaysi mamlakatda va qaysi davrda yashayotganimizni anglatishga urinadi:

“Nega konspirologiyalarga ishonib, fobiyada (qo‘rqib) yashash kerak? Agar bu fikrlar to‘g‘ri deydigan bo‘lsak, unda «Vinni Pux», «Xryusha» va boshqa shu kabi multfilmlarni ham taqiqlaylik. Mana shu multfilmlar davrida ham haqiqiy islom olimlari yetishib chiqdi-ku. Nima bo‘lyapti sizlarga? Nega har narsaga xavf deb qarayapsiz? Tanlov bor-ku hammada. Yana bir gap. Konstitutsiya, 1-modda, O‘zbekiston — suveren demokratik respublika. Unutmaylik a, iltimos. Sizlarga boshqa gapim yo‘q».

Ingliz yozuvchisi Jorj Oruell o‘zining “Molxona” asarini 1945 yili chop qilgan. Kitob har bir  insonni mulohaza qilishga undaydi: nega bu dunyomiz shunday, u aslida qanday bo‘lishi kerak…  «Molxona“ jahon adabiyoti tarixidagi eng muvaffaqiyatli va bahsli asarlardan biri hisoblanadi. Asar g‘oyasidan kelib chiqib asosiy namuna sifatida SSSR olinganligini faraz qilish mumkin.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
21 iyul 2017
O‘zbekiston hukumati davlat organlari raxbarlariga berilishi mumkin bo‘lgan qurol-yarog‘lar ro‘yhatining tahrirdagi loyihasini ochiqladi. “Qurol to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar ...
29 sentyabr 2020
Davlat test markazi 25 sentyabr kuni e'lon qilgan natijalarga ko‘ra, ariza topshirgan salkam 1 yarim million abiturientdan 140 ming ...
2 noyabr 2023
Rassom Tuz
30 yanvar 2023
Davlat xavfsizlik xizmati Human.uz internet-nashri direktori Xurshid Daliev va anonim telegramdagi «Kompromatuzb» kanaliga aloqadorligi aytilayotgan boshqa shaxslarga nisbatan jinoyat ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...