Asosiy mavzular
26 may 2021

“Erk” nomzodi Jahongir Otajonov shallaqilar hujumiga uchradi

26 may kuni soat 11.00 atrofida 20 chog‘li shallaqi erkak va ayol Toshkentda Jahongir Otajonovning «erkchi»lar uchrashuvi rejalangan xonadoniga bostirib kirib, janjal ko‘tarishdi.

Otajonov uyiga bostirib kirgan va pogonlilar tomonidan yollangani taxmin qilingan olomon “Erk” a'zolarini haqoratlagan va tuxumbo‘ron qilgan.

Shallaqi hujumchilar orasidagi hijobli xotin «Ko‘zgu» blogeri Abduqodir Mo‘minovning fotoapparatini sindirgan va fotorassom Umida Ahmedovaga tashlangan.

“Erk” partiyasi faollariga hujum Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi hay'ati Toshkentda bo‘lib turgan paytda yuz berdi.

26 may kuni muxolifatdagi “Erk” demokratik partiyasi shu yil oktyabrda o‘tadigan prezident sayloviga sobiq xonanda Jahongir Otajonov nomzodini ilgari surdi.

Otajonov nomzodi bir ovozdan tasdiqlagan.

O‘zbekiston Adliya vazirligi o‘tgan yil yanvarida «Erk» demokratik partiyasi faollarining partiya faoliyatiga izn berishni so‘rab qilgan murojaatini rad etgan edi.

«Erk»chilar fikricha, partiya nizomi 1991 yilning sentyabrida rasman qayd etilgan va u bekor qilingan emas.

Prezident Shavkat Mirziyoev 2019 yilning 27 dekabrida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda o‘tkazilgan uchrashuvda muxolifatga qarshi emasligini aytgan edi.

«Muxolifat o‘zimizda paydo bo‘lishi uchun muhit yaratishimiz kerak. Bu shaxslar xalqning dardini bilishi, ular bilan barcha muammolarni boshidan kechirishi va shu yerning nonini yeb, suvini ichishi kerak», degan edi Mirziyoev.

Ammo o‘tgan vaqt mobaynida Adliya vazirligi birorta yangi siyosiy partiyani ro‘yxatdan o‘tkazgani yo‘q.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
31 iyul 2019
1 avgust kuni O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun test imtihonlari boshlanadi. Bu hashaki shpargalkalar davri tugab, ular o‘rniga ...
7 dekabr 2018
Osiyo tennis federatsiyasining 1 dekabr kuni Filippin poytaxti Manilada o‘tgan yillik kongressida O‘zbekiston maxsus xizmatining sobiq raisi Rustam Inoyatov ...
9 may 2023
Salom qadrli muxlislar, bugun 9 may e'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning navbatdagi sonini taqdim etadi. Putin Markaziy Osiyoda o‘z ta'sirini ...
28 noyabr 2016
Internetda bosh vazirning virtual qabulxonasiga oid latifanamo gap-so‘zlar ko‘payib borayotgan bir paytda mahalliy matbuot uni ko‘klarga ko‘tarishda davom etyapti. ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...