Asosiy mavzular
26 may 2021

“Erk” nomzodi Jahongir Otajonov shallaqilar hujumiga uchradi

26 may kuni soat 11.00 atrofida 20 chog‘li shallaqi erkak va ayol Toshkentda Jahongir Otajonovning «erkchi»lar uchrashuvi rejalangan xonadoniga bostirib kirib, janjal ko‘tarishdi.

Otajonov uyiga bostirib kirgan va pogonlilar tomonidan yollangani taxmin qilingan olomon “Erk” a'zolarini haqoratlagan va tuxumbo‘ron qilgan.

Shallaqi hujumchilar orasidagi hijobli xotin «Ko‘zgu» blogeri Abduqodir Mo‘minovning fotoapparatini sindirgan va fotorassom Umida Ahmedovaga tashlangan.

“Erk” partiyasi faollariga hujum Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi hay'ati Toshkentda bo‘lib turgan paytda yuz berdi.

26 may kuni muxolifatdagi “Erk” demokratik partiyasi shu yil oktyabrda o‘tadigan prezident sayloviga sobiq xonanda Jahongir Otajonov nomzodini ilgari surdi.

Otajonov nomzodi bir ovozdan tasdiqlagan.

O‘zbekiston Adliya vazirligi o‘tgan yil yanvarida «Erk» demokratik partiyasi faollarining partiya faoliyatiga izn berishni so‘rab qilgan murojaatini rad etgan edi.

«Erk»chilar fikricha, partiya nizomi 1991 yilning sentyabrida rasman qayd etilgan va u bekor qilingan emas.

Prezident Shavkat Mirziyoev 2019 yilning 27 dekabrida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda o‘tkazilgan uchrashuvda muxolifatga qarshi emasligini aytgan edi.

«Muxolifat o‘zimizda paydo bo‘lishi uchun muhit yaratishimiz kerak. Bu shaxslar xalqning dardini bilishi, ular bilan barcha muammolarni boshidan kechirishi va shu yerning nonini yeb, suvini ichishi kerak», degan edi Mirziyoev.

Ammo o‘tgan vaqt mobaynida Adliya vazirligi birorta yangi siyosiy partiyani ro‘yxatdan o‘tkazgani yo‘q.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
23 aprel 2019
Shveytsariya yangiliklarini rus tilida yorituvchi «Nasha gazeta» nashri mamlakat Federal jinoiy sudi Gulnora Karimova ishi yuzasidan ikkita qaror chiqargani ...
6 sentyabr 2016
Yulduz Usmonova 5 sentyabr kuni yutub kanaliga qo‘ygan yangi videomurojaatida Karimovning janozasi haqida gap boshlab, unga dunyoning butun podsholar ...
2 mart 2021
“Qizlarim qaerdaligini bilmayman. Xotinim esa kechalari bilan uxlay olmaydi. Men g‘amga botdim”. O‘n minglab odam qatori Xitoyning “qayta tarbiyalash ...
11 iyun 2021
Mana, azizlar, hafta aylanib siz bilan yana yuzma-yuzman. Bormisiz, omonmisiz? Ëz qanday soz desam, o‘zimni ham, sizni ham aldagan ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...