Asosiy mavzular
28 noyabr 2016

Virtual qabulxonani maqtash avjida

Internetda bosh vazirning virtual qabulxonasiga oid latifanamo gap-so‘zlar ko‘payib borayotgan bir paytda mahalliy matbuot uni ko‘klarga ko‘tarishda davom etyapti.

Xususan, «XXI asr» gazetasida (24.11) shu mavzuda «Adolat inson qadrini ulug‘laydi deyishmoqda o‘z muammolariga yechim topayotgan fuqarolar» sarlavhali maqola e'lon qilindi. Undan O‘zLiDePda ochilgan bosh vazirning virtual qabulxonasiga murojaat etganlarning minnatdorlik so‘zlari o‘rin olgan.

Muammosiga yechim topganlardan biri sirdaryolik 90 yoshli Kamol bobo. Bobo o‘ziga shu paytgacha armon bo‘lib kelayotgan tikuv sexi faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun virtual qabulxonaga murojaat qilgan.

«Bir paytlar kichik sex qurish uchun ham Moskvadan ruxsat kutar edik», deb sovet davridan yozg‘irgan Kamol bobo ishi bitganidan xursand bo‘lib, «El dardini tushunadigan, og‘irini yengil qiladigan rahbarlarning boshi omon bo‘lsin», deb duo qilishni ham unutmagan.

Ammo maqolada 25 yillik mustaqillik davrida, hozirgidan ancha yosh bo‘lgan paytlarida boboga tikuv sexi ochishga nima to‘sqinlik qilgani masalasi ochib berilmagan. Aslida bu O‘zbekistonda bitta sex ochish uchun ham bosh vazirning yordami kerak bo‘lar ekan-da, degan haqli shubhaga sabab bo‘ladi, shunday emasmi?

Agar boboy kichikkina ish boshlash uchun ham bosh vazirning yordamiga muhtoj bo‘lgan ekan, unda «O‘zbekistonda biznes uchun, tadbirkorlik uchun barcha imkoniyatlar mavjud», deb og‘iz ko‘pirtirayotganlarning gaplari yolg‘on ekan-da!?

Mohiyatan, maqolada keltirilgan raqamlar fuqarolar O‘zLiDePda ochilgan bosh vazirning virtual qabulxonasiga unchalik ham ishonch bilan qaramayotganini ko‘rsatadi. Mana, quyidagi raqamlarni solishtirib, o‘zingiz xulosa chiqaring.

Hozir bosh vazirning virual qabulxonasiga qilingan murojaatlar soni 200 mingdan oshib ketgan. Ammo O‘zLiDePdagi virtual qabulxonaga qilingan murojaatlar soni juda kam. Masalan, shu paytgacha O‘zLiDePning bu qabulxonasiga Sirdaryo viloyatidan 350 dan ziyod, Xorazm viloyatidan 300 ga yaqin, Buxoro viloyatidan qariyb 270 ta murojaat bo‘lgan.

200 ming qaerda-yu, 300 ta qaerda?!

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
1 aprel 2021
(Rassom Tuz audiohikoyasi matnining davomi) O‘quvchida Qo‘yliga xiyonat qilgan Ullibiyining keyingi hayoti nima bo‘ldi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Bu ...
26 may 2016
Maqolada yozilishicha, Andijon viloyatida fermerlar g‘o‘zaga ishlov berishda katta tajriba to‘plagan bo‘lib, bugun bu kuzdagi mo‘l hosil garovi bo‘lib ...
16 noyabr 2019
Men ko‘pincha bir million dollar pulim bo‘lsa nima qilardim, deb  o‘ylab qolaman. Ëshligimda eski paxsa hovlini yiqib, g‘isht qilib ...
6 mart 2018
Chorak asrdan buyon paxtachilik va sanoatning u bilan bog‘liq tarmoqlari rivojlanmaydi. Chunki paxtaning asosiy qismi kimlarningdir orqasiga qo‘yishga ishlatilib ...
Bloglar
8 fevral 2025
Shu paytgacha «Anora» degan ikki film olindi. Bittasi yetim qizning ashlachi bo‘gani haqida¸ yana bittasi ...
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...