Asosiy mavzular
30 avgust 2021

Karimov o‘lgan kunning navbatdagi yubileyida ko‘z yosh to‘kmang

Prezident Islom Karimov O‘zbekistonni modernizatsiya qildi, deyishganida aslida noto‘g‘ri gapirishadi. Chunki u bunday qilish uchun na keng dunyoqarashga, na intellektga va ruhiy qudratga ega edi. 

Karimov iqtisodiyotni va ijtimoiy hayotni modernizatsiya qilish nima ekanini shunchaki tushunmasdi. Chunki doimo dunyo haqida o‘z tushunchalari asosida yaratib olgan qolipida yashardi. 

Bu qolip bolshevistik g‘oyalarning shaxsiy ma'muriy tajriba asosida qayta ishlangan va ijobiy natijalarga qanday erishishni faqat bir kishi anglay oladi, degan qat'iy ishonchning yig‘indisidan iborat edi. 

Qanchalik ajablanarli bo‘lmasin, modernizatsiyani 1920-30-yillarda kommunistlar amalga oshirgan va 1990 yillarga kelib qachondir qoloq va agrar-konservativ bo‘lgan mintaqada industriyani yaratgandi.

Bu vaqtga kelib respublikaning yalpi ichki mahsuloti 2010 yildagi ko‘rsatkichdan ikki baravar ko‘proq edi. Ya'ni Islom Karimovning islohotlari YaIMning ham, aholi soniga nisbatan daromadning ham keskin pasayishiga olib keldi. 

Biz Afrika, Janubiy Osiyo, hatto Janubiy va Markaziy Amerikaning “uchinchi dunyo” mamlakatlari darajasiga tushib qoldik. Holbuki, qachonlardir bu mamlakatlar uchun kapitalizmni chetlab, sotsializmga sakrab o‘tib, olg‘a ketishning namunasi edik. 

Islom Karimov hokimiyat kriminal doiralar (uyushgan jinoiy guruhlar, mafiya), shuningdek, klanlar, noqonuniy oligarxlar va magnatlarning manfaatlariga qovushgan korruptsion amaldorlar kapitalizmini yaratdi. 

Liberalizm davlat asoslarini liberalizatsiyalash va mamlakatda haqiqiy demokratik o‘zgarishlar yasash uchun hech narsa qilmagan diktatorning niqob vazifasini o‘tovchi sevimli so‘zi edi. 

U bunday qila olmasdi ham, chunki bu nima ekanini bilmasdi. U hatto liberallashtirishga urinib ham ko‘rgani yo‘q. Chunki kutilmaganda hokimiyat uning o‘ziga ham, oilasi va uni qo‘llovchi to‘dalarga ham foyda keltirishini tushunib qoldi. 

Shuning uchun Islom Karimov nima qilib bo‘lsa ham davlat boshlig‘i lavozimida qolishga intildi: avvaliga o‘zi va millionlab aholi nigohida “men”ini ko‘rsatishni istadi.

Keyin esa hokimiyatni noqonuniy, jinoiy ravishda ushlab turganini angladi. Shu sabab odil sud ilkiga tushishdan qo‘rquv uni yanada burchakka tiqib boraverdi. Faqat o‘limgina uni bu jazavadan xalos etdi. 

Hokimiyatda bo‘lgan 27 yil davomida aslida u mamlakat uchun hech narsa qilmadi. Karimov bizni o‘tmishga – 1920 yillarga qaytardi. Hokimiyat va amaldor – muqaddas tushunchalar va har qanday qarshilik kufrdir, degan eski konservativ qarashlarni aholi ongiga singdirdi. 

Bu o‘rinda avtoritar tizim usullarini qo‘lladi: o‘tmish fotihlarini muqaddaslashtirib, ularning shuhratiga sherik bo‘l va sen ma'naviy nufuzga va mutlaq yakkahokimlik huquqiga ega bo‘lasan. 

Fuqarolar nazdida sen almashtirib bo‘lmas kimsaga aylanasan va hamma faqat Karimov mamlakatni qanday gullab-yashnatishni biladi va bunga erishtiradi, deb ishonib qoladi. 

Buning uchun esa xalqni mafkuraviy ozuqaga bo‘ktirish kerak. Bu ozuqalar – buyuk kelajak, musaffo somon, boshqalardan kam emasmiz va hokazolar. 

Xalq buni hazm qildi. Bitta hukmdor davrida tug‘ilgan va tarbiyalangan butun bir avlod shakllandi. Ular uchun Karimov – payg‘ambar, avliyo, unga qarshi har qanday tahdidni darhol bartaraf etish kerak.

Bu zombi vatanparvarlar FB va ijtimoiy tarmoqlarning Islom Karimovga bag‘ishlangan sahifalarida javlon uradi, poydevorini yalash uchun unga o‘rnatilgan haykalni to‘da-to‘da bo‘lib ziyorat qiladi. 

Marhum qonxo‘rning portreti oldida faxriy qorovullikka turadi, Shohi Zindadagi maqbarasini tavof qiladi. Qullar uchun buyuk va o‘lik sanamlar kerak.

Islom Karimovning besh tamoyili – bu modernizatsiya qilib bo‘lmaydigan tizimli yolg‘on. Ular na demokratiya, na bozor yaratadi, balki faqat o‘rta asrlarga xos, inkvizatsiya usullariga asoslangan davlat kapitalizmini kuchaytiradi, xolos.

Bunda maqsadga erishishning yagona yo‘li sifatida qatag‘onlar, zo‘ravonliklar asosiy o‘ringa chiqadi. Raqobat yo‘q, tanish-bilishchilik bor. Kadrlarni tanlashda texnokratiya yo‘q, nepotizm bor.

Ishbilarmonlik yo‘q, korruptsiya bor. Bozor iqtisodiyoti yo‘q, bozor bor. Boshqaruvning rasmiy mexanizmlari yo‘q, oshna-og‘aynichilik bor.

Shuning uchun iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishda MXX, prokuratura va IIVning roli har doim juda katta bo‘lgan. Bank, investitsiya, kredit, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarida har doim pogonli kishining ishtiroki asosiy o‘rin tutgan. Bu politsiya iqtisodiyoti deyiladi.

Bunday muhit uchun erkin saylov, muxolifatdagi partiyalar, mustaqil matbuot, adolatli sud kerak emas. Ustida xuddi xudo kabi prezident turgan ijro apparati qo‘lida hokimiyat to‘plangan mamlakatga kuchli parlament ham joiz emas. 

Adolat bor-yo‘g‘i amorf g‘oya sifatida namoyon bo‘ladigan konstitutsiyaning aslida hech qanday ahamiyati yo‘q. U g‘arazli maqsadlarga erishish quroli vazifasini o‘taydi. 

Shuning uchun u o‘lgan kunning navbatdagi yubileyida ko‘z yosh to‘kmang. O‘shanda buyuk shaxs emas, balki taqdir taqozosi bilan O‘zbekiston prezidenti bo‘lib qolgan va millionlab fuqarolarning hayotini izdan chiqargan oddiy firibgar o‘lgan edi. 

Foydani uning o‘zi, xotini, qizlari, nabiralari, korrupiyalashgan to‘dasi ko‘rdi. Ular erta bir kun tarix qora qilmishlarini fosh etishini o‘ylamay, bugun ham eski ishlarini davom ettirmoqda.

Alisher Toksanov, sobiq diplomat, Shveytsariya. 

O‘zbekistonda yashaganida ham prezident Karimovni qo‘rqmasdan tanqid qilgan

Tag‘in o‘qing
22 iyun 2018
Turkiyada 24 iyun kuni prezident saylovi o‘tadi. Unda prezidentlikka iqtidordagi Erdo‘g‘ondan tashqari Jumhuriyat xalq partiyasi (JXP)dan Muharram Inja va ...
12 sentyabr 2017
2017 yilgi paxta mavsumi keng miqyosdagi davlat muassasalari xodimlaridan «ko‘ngilli ravishda paxta terimida qatnashish» tilxatini yozdirib olish talabi bilan ...
25 dekabr 2019
Elektr energiyasi tanqisligi muammosi O‘zbekistonda 2019 yilda ham dolzarbligicha qoldi. Rassom Dumham Eltuz.com
13 yanvar 2017
Karimov o‘limidan so‘ng keng urf bo‘lgan Virtiual qabulxona ortidan, har bir tumanda Xalq qabulxonalari tashkil etila boshlandi. Xalq qabulxonasida ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...