Asosiy mavzular
22 iyun 2018

Bahodir Fayz: Turkiya Erdo‘g‘ondan qutulishi kerak

Turkiyada 24 iyun kuni prezident saylovi o‘tadi. Unda prezidentlikka iqtidordagi Erdo‘g‘ondan tashqari Jumhuriyat xalq partiyasi (JXP)dan Muharram Inja va «Yaxshi partiya»dan Marol Oqshanar nomzodi ilgari surilmoqda.

«Eltuz»ga intervyu bergan sotsiolog Bahodir Fayz bu yilgi saylovning mamlakat tarixida burilish yasashi mumkin bo‘lgan muhim jarayon ekanini aytadi.

«Oldingi saylovlarda kim g‘olib kelishini taxmin qilish mumkin edi. Erdo‘g‘onning tarafdorlari ko‘p edi, muxolifat kuchsiz edi. Lekin bu safargi saylov eng qiyin va oldindan taxmin qilinishi ham qiyin», deydi bugungi kunda AQShda yashayotgan, Turkiya siyosatini ichdan biluvchi Bahodir Fayz.

Agar Erdo‘g‘on yakshanba kungi saylovda 50 foizdan ko‘p ovoz olsa, bosqichni yutgan bo‘ladi, aksincha uning iqtidorda qolishi qiyinlashadi. Chunki Turkiyada demokratik kayfiyatdagi partiyalar populist Erdo‘g‘onga qarshi birlasha boshlagan.

«Shu bois, Erdo‘g‘on saylovni birinchi bosqichda yutishga astoydil intiladi. Chunki bu uning uchun ham, qolgan ikki nomzodni qo‘llayotgan partiyalar uchun ham tom ma'noda hayot-mamot kurashidir», deydi Bahodir Fayz.

Agar Erdo‘g‘on g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, 2017 yilning 16 aprelida o‘tgan referendumda konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartishlar kuchga kiradi va Erdo‘g‘onning vakolatlari kengaytiriladi.

So‘nggi yillarda Turkiyada Erdo‘g‘on diktaturasiga qarshi chiquvchilar nisbatan ko‘paymoqda, biroq ijtimoiy tarmoqdagi o‘zbek segmentida uni qo‘llovchilar ko‘proq.

«Buning sabablaridan biri – o‘zbek zehniyatidagi diniy fenomenning yuqoriligi. Ikkinchi bir sababi – Erdo‘g‘ondagi populizm. Turkiyadagi ozodlik, erkinlik muhim emas bizning o‘zbekistonliklar uchun. Ularga demokratik liniyadagi liderlardan ko‘ra iymonli bir diktatorni tanlash ko‘proq ma'qul keladi», deydi Bahodir Fayz.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
7 iyun 2022
Bu kun Angliya fuqarolik jamiyati tomonidan monarxiya zo‘ravonliklarini cheklash yo‘lida tub burilish yasalgan sanadir. 1628 yilning 7 iyunida ingliz ...
3 mart 2022
O‘zbekistonning Ukraina mavzusidagi pozasi. Uzr pozitsiyasi. BMTga a'zo 193 davlatdan 141 tasi Rossiyadan Ukrainadagi urushni to‘xtatishni talab qildi. BMT ...
7 iyul 2019
Xayrullo Fayz 1970 yilda Ho‘jandda tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini bitkazgan. Bi Bi Si radiosining o‘zbek xizmatida ishlaydi. Ochilgan ko‘zdan ...
13 aprel 2018
Yaqin tanishimning qizi rus maktabida o‘qiydi. O‘zbek maktablarida ta'lim berish sifati pastligi bois farzandini shu maktabga bergan. Shunday bo‘lsa-da, ...
Bloglar
28 may 2024
Men millatchi emasman! Lekin qaytadan ta'mirlatilgan va Toshkent shahrining sobiq hokimi J. Ortiqxo‘jaev tomonidan Pasxaga ...
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...