Asosiy mavzular
6 oktyabr 2021

O‘zbekiston g‘alla yetishtirish uchun Rossiyadan yer ijaraga olmoqchi

O‘zbekiston Rossiyadan 1 million gektar yerni ijaraga olishga harakat qilmoqda, bu 2,5 million tonna g‘alla olish imkonini yaratadi, deya xabar berdi 4 oktyabr kuni Akipress.com nashri.

Xabarga ko‘ra, o‘zbek fermerlari uchun Rossiya tuproqlarida qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirish imkonini beruvchi bitimga erishish uchun Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida muzokaralar olib borilmoqda.

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jaevdan iqtibos keltirilgan xabarda ta'kidlanishicha, muzokaralar qishloq xo‘jaligi vazirlari darajasida yuritilmoqda va oktyabr oyida yana bir uchrashuv rejalanmoqda.

Dengiz yo‘llari bo‘lmagan O‘zbekiston hosildor yerlar va suv zaxiralari tanqisligini boshdan kechirmoqda, bu uning qishloq xo‘jaligi potentsialini chegaralaydi.

O‘zbekiston 2020-2021 moliya yilida 1,4 million gektar maydonda 6,5 million tonna bug‘doy yetishtirganiga qaramay, 3,7 million tonna bug‘doyni chetdan xarid qiladi.

2017-18 yilardan boshlab O‘zbekistonda bug‘doyning yakuniy zaxiralari yiliga 2 mln. tonnaga pasaygan, jumladan, 2019-2020 yillarda pasayish 1, 4 mln. tonnani tashkil etgan.

O‘zbekiston so‘nggi ikki yilda (bug‘doy ekvivalentida) 600 000 tonna mahsulot harid qilib, bug‘doy uni importi bo‘yicha dunyoning yetakchi mamlakatlari sirasiga kirgan.

Tag‘in o‘qing
30 oktyabr 2024
Bugungi beshta murojaat odatdagidek xalqning doimiy, ammo ko‘pincha eshitilmayotgan dardlaridan iborat. Kimdir bozorda dehqonlarga tinchlik bermayotganlardan noliydi, yana kimdir ...
23 oktyabr 2024
Olimjon Abdullaev lavozimga tayinlangunga qadar mamlakatimizning Frankfurt-Mayn shahridagi (Germaniya) bosh konsuli lavozimida ishlagan (2021-2024 yillar). Eltuz – O‘zbekiston va ...
28 fevral 2017
O‘zbekiston xalq shoiri Jamol Kamol Toshkent Xalqaro aeroportiga Karimov nomini berish haqidagi prezident qaroriga e'tiroz bildirib Mirziyoevga maktub yozdi. ...
29 mart 2024
Mana hafta aylanib yana oylar sultoni ramazonda siz bilan yuz ko‘rishdik. Ramazon oyida shaytonlarni zanjir bilan bog‘lab qo‘yishar ekan. MS: Og‘o, o‘zbekistondagi sheytonlani boylosh uchun zinjir yososa dunyoda damir qolmiydi. Nichiksizla, mo‘chchi oybika ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...