Asosiy mavzular
6 oktyabr 2021

O‘zbekiston g‘alla yetishtirish uchun Rossiyadan yer ijaraga olmoqchi

O‘zbekiston Rossiyadan 1 million gektar yerni ijaraga olishga harakat qilmoqda, bu 2,5 million tonna g‘alla olish imkonini yaratadi, deya xabar berdi 4 oktyabr kuni Akipress.com nashri.

Xabarga ko‘ra, o‘zbek fermerlari uchun Rossiya tuproqlarida qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirish imkonini beruvchi bitimga erishish uchun Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida muzokaralar olib borilmoqda.

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jaevdan iqtibos keltirilgan xabarda ta'kidlanishicha, muzokaralar qishloq xo‘jaligi vazirlari darajasida yuritilmoqda va oktyabr oyida yana bir uchrashuv rejalanmoqda.

Dengiz yo‘llari bo‘lmagan O‘zbekiston hosildor yerlar va suv zaxiralari tanqisligini boshdan kechirmoqda, bu uning qishloq xo‘jaligi potentsialini chegaralaydi.

O‘zbekiston 2020-2021 moliya yilida 1,4 million gektar maydonda 6,5 million tonna bug‘doy yetishtirganiga qaramay, 3,7 million tonna bug‘doyni chetdan xarid qiladi.

2017-18 yilardan boshlab O‘zbekistonda bug‘doyning yakuniy zaxiralari yiliga 2 mln. tonnaga pasaygan, jumladan, 2019-2020 yillarda pasayish 1, 4 mln. tonnani tashkil etgan.

O‘zbekiston so‘nggi ikki yilda (bug‘doy ekvivalentida) 600 000 tonna mahsulot harid qilib, bug‘doy uni importi bo‘yicha dunyoning yetakchi mamlakatlari sirasiga kirgan.

Tag‘in o‘qing
17 fevral 2020
Joriy yilning 7 fevralida “Mikrokreditbank” boshqaruvi raisligiga Orif Bo‘taev tayinlandi. Undan oldingi rahbar Murodilla Eshmatov joriy yilning 17 yanvarida ...
26 oktyabr 2022
Ilgari “Kamolot” YoIH degan tashkilot bo‘lardi. Unda yoshlar, ularga pul yoki hech qanday imtiyoz bo‘lmasa ham, vatanparvarlikni namoyish qilib, ...
16 yanvar 2024
Salom qadrli muxlislar, bugun 16 yanvar Eltuz o‘zining kundalik ko‘rsatuvlarini davom ettiradi. Rossiyada mardikorlik qilgan 35 yashar o‘zbek Shexnazar ...
11 aprel 2020
10 aprel – Abdulla Qodiriy tavallud topgan kunda prezident tomonidan O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida»gi qonuni ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...