Asosiy mavzular
30 yanvar 2022

Imperativ 40. Erksiz o‘lkada

(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 40-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.)

“Erkni istagan ruh erksiz o‘lkada ham erkin yasha- shi mumkin”. Bu doim nafsimni ishontirish uchun shuurim qatlarida unsiz yangragan naqorat edi.

Bir imperativ.

G‘ingshimoq va nolimoqning fikr odami uchun uyat ekanini idrok etgan zehniyat:

SYeN G‘OLIBSAN

Sen g‘olibsan mag‘lublikda ham. Senga yotdir ingramoq, mash'u. O‘g‘rimassan yoki muttaham, Sen ozodsan, bori-yo‘g‘i shu.

Obro‘ying yo‘qki qulasa – Olomonning erka ermagi. Teshik bo‘lsa, rosa kulasan, El og‘ziga tutgan elaging.

Faqat sening yo‘q shaxsiy ining – Tashlamaysan hech qayda langar, Lekin duming ham yo‘q-ku sening, G‘alvir ham yo‘q unga bog‘langan! (1981)

«Shaffof uy» 1985, «Yosh gvardiya»

Ozodligiga tahlika paydo bo‘lganida uni saqlab kolish uchun o‘z jonidan voz kechishga tayyor nafsning quvonch ifodasi:

“Goho quvonch kirar yurakka:

Menda axir imkon bor hali She'r – sevgi deb aldamaslikka Ozodlikni sevgan insonni!

Bisotimda imkon bor, axir Qalamni sindirish imkoni!”

«Beshinchi fasl», 1977, Toshkent, G‘afur G‘ulom nashriyoti

Bir shoirning she'r yozishdan voz kechishga tayyor- ligi oddiy insonning o‘z joniga qasd qilishga tayyor- ligi kabi qaltis niyatdir.

1979 yilda yozganim bir matn(«Ikkinchi dara- jali qahramonning xayollari»)da shu satrlarga ko‘zim tushdi: «Shunday qilib, bu uy sovuq bo‘lsa, men darrov boshqasiga ko‘chib o‘tishim mumkin. Bu fikr meni hami- sha muvozanatda ushlab turadi, mendagi maxfiy baxti- yorlik tuyg‘usini oziqlantirib turadi. Bu fikr duoga, men xudojo‘yga o‘xshayman: u yotishdan oldin ham, uyg‘on- ganimdan keyin ham ichimda beixtiyor takrorlanadi: “Bu yerda sovuq bo‘lsa, ko‘chib o‘taman!”.

(Balki bu ko‘chmanchi ajdodlarimning genla- rimda yashagan refleksidir…)

Har holda, jamlab qaraganimda, butun 70 yillik hayotim katta bir «ko‘chib o‘tish» jarayoni edi. Zohir- da bu «ko‘chish»larning sababi har xil ko‘rinsa-da, botinda bu sabab doim yagona edi: erkka tahlika.

Nafaqat shaxsiy-maishiy, balki ijtimoiy va siyosiy hayotimdagi yo‘nalishlar ham aynan shu ma- salaga bog‘lik ravishda turlanib turgan.Heȟplapimni muuunmipib bepaman

Talabalik yillarim Lenin nomidagi Toshkent Davlat Universiteti jurnalistika fakultetida kechdi. U yillarni eng teran mutolaa yillarim edi desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Frantsuz ekzi- stentsializmining adabiyotdagi vakillari (Kamyu, Sartr) asarlaridan ko‘p mutaassir bo‘ldim.

Eksiztentsialistlar Borliqni emas, Borliq- ning bor bo‘lishi, yana-da aniqrog‘i, bor bo‘lish ja- rayonini tadqiq etadilar.

Men uchun bor bo‘lish jarayoni faqat ozodlik- da, erkinlikda kashf qilinishi mumkin edi. Asir- likda bo‘lgan inson uchun esa, bor bo‘lish jarayoni ozodlik uchun kurashdagina o‘zini namoyon kilishi mumkin edi.

Men o‘zimni asir insonlar vakili sifatida bilardim.

Bu xususni avvalgi esselarimda Sovet armiya- sidagi kechinmalarim bahonasida tilga oldim.

«Uchgisi kelgan odam esa,

Ko‘kka qaramasin iloj boricha…»

Bu ikki satrni «Ikkinchi darajali qahramon» nomli she'rimdan.

Nega qahramon ikkinchi darajali?

Chunki birinchi darajali barcha kahramonlar sotsialistik realizm qahramonlari edi. Men esa na sotsialist, na-da realist edim. Aksi edim: ak- silsotsialist, irrealist. Qahramonim ham birin- chi emas, ikkinchi darajali edi. Ya'ni «ikkinchi darajali qahramon» bir maydon o‘qish, bosh ko‘ta- rish edi.

«Uchgisi kelgan odam esa,

Ko‘kka qaramasin iloj boricha…»

Bu ikki satrga qarama-qarshi o‘laroq, qanotla- rim bo‘lmasa ham ko‘kka qarayverardim. Yurarkan ko‘kka, o‘tirar ekan ko‘kka, hatto yotganda ham ko‘kka qarab uxlardim. Doim ko‘kka qarab yuradigan odam ko‘p yiqiladi, men ham ko‘p yiqildim.

Lekin uchishga tavajjuh, erkka sevgi yiqilmadi:

«…BARIBIR MYeN

Qanotlar sharpasin sezaveraman, Yuzimga tegadi bu sharpa, Ko‘ksim,

Ko‘zlarimga tegadi,

Otib tushirilgan qushning sharpasi. Otib tushirilgan qushning sharpasi Olmaning hidiga o‘xshaydi,

Yeb qo‘yilgan olma hidiga…»

Bu pessimistik tashbehlar erk istagan qalb- ga o‘yib naqshlangan gullardir. Otib tushiril- gan qush – hamisha erk bilan muqoyasa etilgan bir jonivor. Otib tushirilgan qush (erk) qanotlari sharpasining yeb quyilgan olmaga qiyoslanishi esa shafqatsiz kesatiqdir.

1975 yilda universitetni tamomladim. Uni- versitet tug‘ilgan yerim Xorazmga yo‘llanma berdi. U yerdagi «Xorazm haqiqati» gazetasida ishlashim kerak edi. Men Xorazmga ketmadim. Toshkentda ish izlay boshladim.

Hamyurtim Omon Matjon tavsiyasi bilan «Navoiy – 30» da joylashgan «G‘afur G‘ulom nashri- yoti»ning ishlab-chiqarish bo‘limida «vыpuskayu- щiy»(«chiqaruvchi») deb nomlangan bir maqomga tayin etildim. «Vыpuskayuщiy» bosmaxonalarda bosilayotgan kitoblarning grankalarini nashriHeȟplapimni muuunmipib bepaman

yotga oborib redaktorlarga berishi va redaktor ularni tekshirgandan so‘ng yana tipografiyaga elti- shi lozim edi.

Ya'ni bu maqom nashriyotdagi eng past maqom, yugurdak(kur'er) maqomi edi. Ancha kibrli yigit edim, ammo bu ish nafsoniyatimni u qadar og‘rit- madi, chunki tepamda qarab turadigan bir nazo- ratchi yuq edi. Fe'lan erkin edim. Zimmamda bir joyda o‘tirish va mudirning ko‘ziga qarab turish mahkumligi yuq edi. Qolaversa, Rauf Parfi kabi modern she'riyatning darg‘asi ham ayni maqomda ishlar edi. Parfi eski shahardagi bosmaxona bilan, men esa O‘rda tarafda joylashgan boshqa bosmaxonaga qatnar edim.

Tanaffuslarda Rauf Parfi bilan pastga tu- shib, lag‘monxonada yemak yerdik, suhbatlashardik.

Dorilamon kunlar edi – erkin edik.

Ammo bu huzur iqlimi ham buzildi. Sabachisi, yana o‘zim edim. Bir kuni ertalab uyg‘onib, ishga borgim kelmadi. Uydan chiqmadim, maylimga erk berdim. Xonim ham e'tiroz qilmadi, u chuqur zeh- niyat sohibasi o‘laroq yaxshi-yomon har qanday ho- latda muammoga mantiqan yondashardi, borgim kelmasa bormayajagimni bilardi.

Ertasiga ertalab uydan xonim bilan birga chiqdik. Unga agar kecha ishga bormaganim uchun ish- dan quvilsam, sen bilan kinoga boramiz, dedim. Kinoteatrlarda «Erkak va xotin» degan fransuz filmi namoyishi ketayotgan edi.

Navoiy – 30ga kelganimizda xonimga «…sen meni pastda kut, darrov qaytaman», dedim.

To‘rtinchi qavatga chiqib, ishlab-chiqarish bo‘limiga kirganimda Rauf Parfi «…e, darvesh, ESESni xafa qildingiz-ku ishga kelmay», deyaMuhammad Solih

tabassum bilan qarshiladi. Men ham «Xafa qil- ganimdan aminman» dedim xomush. (SS Parfining ishlab-chiqarish bo‘limi mudiri Salomat opaga qo‘ygan laqabi edi. Salomat opa juda qattiqqo‘l boshliq edi. Parfi bo‘limimizda «Salomatdan Salom» deya mutoyiba qilardi. Kayfiyati yaxshi bo‘lsa, qisqartirib «ESES» derdi).

Voqea kutganimdek rivojlandi: Salomat opa xonaga shiddat bilan kirib kelganda men deraza raxida o‘tirgandim. Mudira xonimga hurmat yuza- sidan deraza raxidan tushmoqchi ham edimki, u

«Nega ishga kelmadingiz?», deya o‘shqirdi. Javob berishga ulgurmasimdan ikkinchi o‘qni uzdi: «Men bilan deraza raxidan tushib gaplashing!» dedi. Zotan tushmoqchi edim. Ammo og‘zimdan boshqa jum- la chiqdi: «Tushmayman!»

  • Ishdan bo‘shatildingiz!,– deya hayqirdi SS opamiz.

Sevinchdan tuylarim hurpaydi, yuragim hapriq- di.

-Raxmat, opa!,- dedim chin ko‘ngildan.

Opa buni kinoya deb tushungandir, ammo men, xudo xaqi, samimiy edim.

Hurriyat bu qadar tez keladi deb o‘ylamagan edim chunki.

Parfi bilan vidolashdik. Unga fransuz fil- miga borishimizni aytdim. U doimiy tabassumi bilan «keyin syujetini aytib berarsiz» dedi.

«Albatta», dedim va zinapoyalardan sakray-sa- kray inib, pastki qavatda meni kutib turgan sev- gilimning yoniga bordim.

Piyoda «Panorama» saroyi tomon yul oldik…

Biz o‘sha kuni eng baxtiyor kimsalar edik. Bu voqeaning she'riy tafsiri shunday:

“Bilasizmi, – deydi U sizga tikilib, – Nechun «Erk» deganda,

Qushning nomin bog‘lab aytarlar,

«Qushday erkinman», deb aytarlar nega? Chunki haqoratdan ustun turar qush – O‘ta og‘zi shaloq kimsa ham,

O‘zini so‘kadi qushni so‘kkanda.

Chunki qush birovdan gina qilmaydi, Xafa bo‘lmas don bermasalar,

Lekin ta'zim qilmas don berganga ham.

Chunki kim don bersa,

O‘zi uchun berar qushga berganda.

Qushni «hurkak» derlar, Bu – yolg‘on.

Qush doim hurkkanda,

Tashlab ketayotgan bo‘ladi xolos Navbatdagi Erksizligini…» (1980)

«Valfajr» 1983

«G‘afur G‘ulom» nashriyotidagi ishimni tark etarkan, aslida, navbatdagi erksizligimni tark etgandim.

Muhammad Solih

(davomi bor)

Tag‘in o‘qing
12 avgust 2017
Suronli 2015 yil, dengiz tubidagi mayda toshlarni ham ko‘ra oladigan g‘avvoslar ham paxtaga olib chiqilgandi. Xademay tag‘in terim boshlanadi, ...
4 mart 2021
Inson huquqlari xalqaro federatsiyasi (FIDH)ning yangi hisobotida O‘zbekistondagi siyosiy mahbuslarning tovon puli olish huquqi odil sudlov o‘rnatilishiga o‘tish davri ...
27 oktyabr 2016
Bugun o‘zbek turmasida 23 yilu 4 oy qolgan 72 yoshli Samandar Qo‘qonov ozod etilgani haqida tarqalgan xabar noto‘g‘ri bo‘lib ...
26 sentyabr 2015
Nafaqat ko‘rganlar, bizga o‘xshab ko‘ra olmaganlar ham eshitib og‘zimiz ochilib qoldi. O‘sha ko‘rsatuvda bir guruh o‘zbek bolalari .., ha-ya ...
Bloglar
22 sentyabr 2024
Vokal va vizual undan oldingi jiguli qo‘shig‘ining siyqa takrori xolos. Qo‘shiq melodiyasi kavkaz diskotekalridagi «Shiki ...
9 sentyabr 2024
Yaqinda miyani o‘rganish bo‘yicha yirik mutaxassis Tatyana Chernigovskaya ma'ruzasida ayollar bir paytning o‘zida hamma narsaga ...
10 avgust 2024
O‘zbekistonda bir arvoh kezib yuribdi. Bu Karimov arvohi. O‘zbekiston Karimov davridagi paranoyaga qaytib matbuotdagi «arvox» ...