ART-DURBIN
26 aprel 2022

Korruptsiyaga qarshi kurash idorasi devoriga pora orqalagan «Shum bola» rasmi chizib ketildi

Toshkentdagi Korruptsiyaga qarshi kurash agentligi binosi hovlisi devorida 26 aprel kuni O‘zbekistondagi korruptsiya hajv qilingan yangi rasm paydo bo‘ldi. Unda qop orqalagan «Shum bola» obrazi aks etgan. Qopga «Korruptsiya» (Sorruption) degan yozuv yozilgan.

Rasm muallifi Toshkentdagi rasmiy idoralar devorlarga monopoliya, benzin narxiga doir hajviy-tanqidiy suratlar chizib ketishi bilan tanilgan, asosan tunda ijod qiladigan Inkuzart taxallusli ko‘cha rassomi Abduraxmondir. U O‘zbek Benksi nomi bilan ham mashhur.

Odatda Abdurahmonning ayrim siyosiy dolzarb devoriy rasmlari uch to‘rt kun o‘tmay devorlardan o‘chirib tashlanadi.

Masalan, joriy yilning 19 noyabr kuni Toshkentning Uchtepa tumanida “O‘zbekneftgaz”ga qarashli yoqilg‘i quyish shoxobchasi yaqinidagi bino devoriga ishlangan Abdurahmonning benzin narxlari oshganiga oid  yangi asari paydo bo‘lishidan ko‘p o‘tmay ohak bilan oqlanib o‘chirilgan.

Bu galgi rasmda benzin to‘pponchasini peshanasiga tirab otayotgan, o‘zbek do‘ppisidagi odam aks etgan edi.

Biroq «O‘zbekiston yangiliklari» sayti bergan xabarga ko‘ra, Korruptsiyaga qarshi kurash agentligi raxbari Akmal Burxonov rassomni qo‘llab quvvatlashini bildirgan.

Burxonov o‘z bayonotida, Inkuzart kreativ tarzda grafiti chizib, barcha vatandoshlarni korruptsiyaga qarshi kurashga chaqirganini ham aytgan.

Ayn i   paytdla O‘zbekiston korruptsiya indeksi bo‘yicha Transparency International 2021 yil e'lon qilgan so‘nggi statistikaga ko‘ra 28 ball bilan 180 mamlakat ichida 140 o‘rinda qolmoqda.

Transparency International 2022 yilning 29 martida e'lon qilgan hisobotida O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi islohotlarning muvaffaqiyatiga to‘sqinlik qilayotgan talay muammolar qayd etilgan.

Jumladan mamlakatda keng tarqalgan nepotizm; muassasalar ishiga siyosiy aralashuv; korruptsiyaga oid jinoyatlar uchun jazosiz qolish; davlat xaridlari va davlat sektorida bandlikka oid qonun hujjatlarining mukammal emasligi; Axborotga kirish bilan bog‘liq muammolar va bunday kirishni rad etish holatlarini sud tomonidan tekshirishning samarasizligi; jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha qonunchilikning nomukammalligi (masalan, davlat mansabdor shaxsi ta'rifining yo‘qligi) qayd etilgan.

Xalqaro ekspertlar ayrim islohotlardan keyin ham O‘zbekistonda korruptsiya bilan bog‘liq ahvol ancha jiddiyligicha qolayotganini aytishadi. Eltuz o‘z manbalari orqali rassom Inkuzartning korruptsiyaga oid yangi rasmi 26 aprel kuninig ikkinchi yarmida ham xali o‘chirilmaganini aniqladi.  

Eslatib o‘tish joiz, bundan ilgari Toshkentda Abdurahmonning O‘zbekistondagi avtomobil bozori monopoliyasiga bag‘ishlangan rasmi ham o‘chirilgan, biroq keyingisidan sal uzoq “umr ko‘rgan” edi.  

AQShning Toshkentning Chilonzor dahasida joylashgan sobiq elchixonasi devorida shu yilning 3 sentyabrida rassomning avtomobil xaridi uchun turnaqator navbat aks etgan asari paydo bo‘lgan, biroq ko‘p o‘tmay u ham o‘chirilgan edi.

Joriy yilning 27 iyun kuni poytaxtning Chilonzor tumanidagi binolardan birining devoriga Leonardo da Vinchining strit-art uslubida ishlangan “Mona Liza” asari o‘chirib tashlangandi.

Ayni paytda Toshkentlik ko‘cha rassomi Abdurahmonning 15 tadan ortiq devoriy rasmi hali o‘chirilmagan, ular orasida o‘zbek tili himoyasiga bag‘ishlangan, qatag‘on qurbonlari Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat va Cho‘lponlarning devoriy portretlari bor.  

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
31 iyul 2019
1 avgust kuni O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun test imtihonlari boshlanadi. Bu hashaki shpargalkalar davri tugab, ular o‘rniga ...
19 yanvar 2017
Istanbul Terrorga qarshi mujodala sho‘'ba mudirligida 45 soatdan beri davom etayotgan tergovda O‘zbekiston vatandoshi Abduqodir Masharipovning tergovchilar savollariga bergan ...
20 noyabr 2020
Bugun kechqurun gazim yonmadi, o‘zi shundoq ham past yonardi. O‘tin-ko‘mir g‘amlamagandim. Kichkina elektrpech o‘zini o‘zi zo‘rg‘a isitdi, aksiga olib ...
20 sentyabr 2019
Nepotizm lotincha nepos so‘zidan olingan bo‘lib, uning lug‘aviy ma'nosi – “nevara” yoki “jiyan” deganidir. Ammo bu so‘zning zamonaviy ma'nosi ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...