Asosiy mavzular
24 avgust 2022

Tor yo‘l, buzilgan ko‘prik, havoni buzayotgan tsement zavodi


Bugungi maktublar, Andijonning tor yo‘li, Farg‘onada buzilgan ko‘prik, havoni bulg‘ayotgan tsement zavodi haqida. Dastlabki maktub Andijondan.

Yo‘l torligi boid avariyalar ko‘paymoqda

«Biz Andijon viloyati Marhamat tumanidan murojaat qilyapmiz! Marhamat tumani Chapaev svetaforida har kuni avariya bo‘ladi. IIB YPX umuman e'tibor bermaydi. Tuman hokimligining ham xabari bor, lekin bu muammo bilan hech kimning ishi yo‘q. Yo‘l juda tor, kengaytirish kerak deb necha marta murojaat qildik, natija yo‘q»

Keyingi maktub Buxoro viloyatidan –

Sinfni ta'mirlashga ota-onalardan yig‘ilgan pul qaerga Yo‘qoldi?

«Assalomu alaykum Eltuz og‘a!
Sizga Buxoro viloyati Shofirkon tumani 22-maktab o‘qituvchilari nomidan murojaat etmoqdamiz.
Maktab direktori 2021-2022-o‘quv yili yakunida har bir sinfni ta'mirlash uchun ota-onalardan bir million so‘mdan pul yig‘ib oldi, lekin yig‘ilgan pulning teng yarmini ham sinflar ta'miri uchun sarflamadi. Maktab sportzali bir necha yildan buyon ta'mirlanmagan, maktab futbol maydonining ahvoli achinarli holda.
Direktor sport maydonining bir qismini tadbirkorga sotib yuborgan. Maktabni yangi o‘quv yiliga tayyorgarligini tekshirishga kelgan tuman xalq ta'limi bo‘limi xodimi Ilxom Kamolov esa 22-maktab jismoniy tarbiya o‘qituvchilari bilan oshxonada aroqxo‘rlik qilish evaziga maktabdagi barcha kamchiliklarga ko‘z yumib ketdi. Oldin ham 22-maktab direktorining xato va kamchiliklari haqida ijtimoiy tarmoqlarda murojaatlar bo‘lgan edi.
Maktab direktori G‘ulom Safarov ijtimoiy tarmoqlardagi murojaatlardan qo‘rqmasligini, uni tuman xalq ta'limi mudiri qo‘llab quvvatlashini, bunday muammolarni hal qilishning yo‘lini topganini, bu kabi murojaatlar uning har qanday faoliyatiga umuman ta'sir qilmasligini qo‘rqmasdan aytib keladi. Biz Buxoro viloyati xalq ta'limi bo‘limi boshlig‘i Dilfuza Mustafoeva va Shofirkon tumani hokimi Jamshid Sharopovlardan mazkur muammolarni atroflicha o‘rganib, yuqoridagi rahbarlar foydasiga ishni bosti-bosti qilmasdan adolatli chora ko‘rishlarini iltimos qilamiz!»

Ko‘prik buzilmoqda – texnika xavfsizligi choralari esa ko‘rilmagan.

“Farg‘ona viloyatidan yozmoqdamiz. Marg‘ilon – Qirguli ko‘prigi buzilmoqda, ammo bu yerda kerakli xavfsizlik choralari ko‘rilmagan. Odamlar ko‘prik tagidan o‘tmoqda. Aholi o‘tishi uchun joy yo‘q. Holatga e’tibor qaratishlarini so‘raymiz”

“Uyi yongan shofirkonlik oilaga yordam kerak”

“Buxoro viloyati Shofirkon tumani Kulollar qishlog‘idan murojaat yo‘llamoqdamiz. 19 avgust hamqishlog‘imizning xonadoni (18-uy) baxtsiz hodisa tufayli yonib ketdi, hatto ko‘rpa-to‘shak, farzandlarining kiyim-kechagigacha kul bo‘ldi. Bu oilaning boquvchisi oila tebratish uchun Rossiyaga ketgan. Ayoli esa 3 bolasi bilan boshpanasiz qoldi. Biz qishloq ahli ham qarab turmaymiz, ko‘mak beramiz. Hurmatli Prezident va tuman hokimidan bu oilaga yordam berishlarini so‘raymiz. Iltimos, birgalashib shu oila dardiga malham bo‘laylik!”

So‘gnggi maktub Jizzax viloyatidan – “Tsement zavodidan chiqayotgan zaharli moddalar?”

“Jizzax viloyati Zafarobod tumani Hamza qishlog‘idan murojaat qilyapmiz. Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga qarashli Chimqo‘rg‘on sement ishlab chiqarish zavodidan zaharli moddalar chiqmoqda. Bu moddalar aholi salomatligiga xavf solmaydimi? Tabiatga yetkazilayotgan zarar-chi, uni kim nazorat qiladi? Ekologiya idorasi holatni o‘rganib, tegishli chora ko‘rishini kutib qolamiz”.

:
Bu sizga o‘qib eshittirganimiz bugungi so‘nggi maktub edi. Turkumga kirmagan ko‘plab shikoyatlarni Eltuz Portalining telegram sahifasida o‘qishingiz mumkin. Ularga tegishli idoralar e'tibor qaratadi deya umid qilamiz. Eslatib o‘tamiz. eltuz portali interaktiv tarzda telegram kanalida alohida sahifa shaklida ochilgan. Murojaatlar uchun u yerga maxsus bot ham o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham e'tiboringizga taqdim etishga intiladi. Kun davomida biz bilan qoling. Kanallarimizga obuna bo‘ling.

@eltuz portali


Tag‘in o‘qing
28 fevral 2020
Aleksey Volosevich Bir necha o‘n yillar davomida O‘zbekistonda eng mashhur bo‘lgan rusiyzabon «Ilhom» teatri binosining ko‘chirilishiga oid shov-shuvlar hamon ...
6 aprel 2015
O‘zbekiston Inson huquqlari markazi direktori Akmal Saidov deyarli 20 yildan buyon xalqaro tashkilotlarda Islom Karimovning himoyachisi bo‘lib chiqishlar qilib ...
29 iyun 2023
Islom hamkorlik tashkilotining XI sessiyasi doirasida ilk bor O‘zbekiston shaharlaridan biri – Xivani “Islom dunyosining turizm poytaxti” deya e'lon ...
25 iyun 2016
23 iyun oqshomida Toshkentdagi forumlar saroyida raqsga tushgan va qo‘shiq aytganlar orasida ham, tomoshabinlar qatorida ham O‘zbekiston xalq artisti ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...