Asosiy mavzular
13 yanvar 2023

Rassom Tuz: O‘zbek kinosi peshtoqidan bosqinchining bayrog‘i olib tashlandi

O‘zbek kinosi shimoldagi «urishqoq» davlat emas, balki Garbdagi taraqqiyparvar davlatlar bilan hamkorlik qilayotgani quvonarli holdir.

Sal oldin VGIKning filiali Toshkentda ochilib, ustida rus bayrog‘i hilpiraganda taniqli yozuvchi, kinodramaturg, uzoq yillar o‘zbek kinosiga rahbarlik qilgan Murod Muhammad Do‘st: «O‘zbek kino sanoati Rossiya propagandasining bir qismiga aylanmasligi kerak»,- deya haqli xavotir bildirgan edi.

Ukrainaga xoinona bosqin fonida Rossiya xuddi Gitler davridagi nasistlar Germaniyasi kabi yakkamoxovlik kasb qilgani ortidan O‘zbekkino ayvonidan ham Rossiya bayrog‘i olib tashlandi.
Shunday bo‘lishi olqishga sazovor.
2021-2022 o‘quv yilida VGIK Toshkent filialida O‘zbekiston kino agentligi 70 dan ziyod kino ustalari master klass o‘tkazdi. Bu master klasslarda frantsuz kinorejissyori Lyuk Besson, ingliz investori Martin Smit, polshalik kinorejissyor Kshishtof Zanussi, germaniyalik aktyor Mattias Xyuz, hind kinorejissyori Faruk Kabir, yaponiyalik aktrisa Minami, koreyalik prodyuser IOVASIA direktori Mun Xyon Suk, angliyalik professor Djerald Lidstoun, Tojikiston xalq artisti¸ Muhammad Ali Mahmadov, «Danmon Group» va «Arri Group» kabi Daniya va GFR kompaniyalari vakillari o‘zbek talabalariga mahorat darsi berishdi.

Balkim bu talabalar hozirgi o‘zbek rejissyorlari kabi «ujas» kino olmasdan kino san'ati standartlariga javob beradigan kino olar (chiqmagan jondan umid).

Kino agentligining rahbariga tosh otayotgan kinochilarga savolim bor edi: Xosh, yangi rahbar kelishidan oldin kino idorasida normal tualet bormidi o‘zi? Kochadagi ikki ochkoli ujas tualetga kirilardi. Ustiga «M» va «J» deb yozilgan. Buyuk ehtimolda bu tualet chuqurida Komil Yormatovning ham bo‘qi bor edi.

Mana tangri yorlaqab yaxshi remont qilingan zamonaviy sanuzeli bor binoga ega bo‘ldingiz.
Lekin siz bu binoga loyiqmisiz?

Aslida o‘zbek kinosi sohasida keyingi 30 yil ichida ishlaganlarning kino san'atiga umuman aloqasi yo‘q.

Sapsargulning mashina shinasiga qancha aloqasi bo‘lsa, bu «ujas kinochi»larning kino san'atiga shuncha aloqasi bor. Agar men kino rahbarining o‘rnida bolsam, bu «ujas kinochilar»ni o‘zbek kinosi yaqiniga 1100km ham yaqinlashtirmagan bo‘lardim.

Hozircha o‘zbek kino san'atining Rossiya propagandasi, SSSRni sog‘inish nostal'giyasi kabi spiddan battar yuqumli kasalliklardan uzoqlashayotganini olqishlaymiz.

Hozircha. Gip, gip, ura.

Rassom Tuz

@eltuz

Tag‘in o‘qing
1 sentyabr 2023
Islom Karimov avgustdagi putch va O‘zbekiston mustaqilligi deklaratsiyasini qabul qilganidan keyin ham SSSR tarafdori bo‘lib qolgan. Ayni ikki voqeadan ...
29 sentyabr 2016
«Hurriyat» gazetasi (28.09) yana axborot xuruji mavzusiga e'tibor qaratdi. Bu safar erkin kuzatuvchilar va mustaqil nashrlarning amaldagi bosh vazir ...
8 iyun 2018
«Zarafshon» zonasiga etap qilingan siyosiy mahkum Muhammad Bekjon 2002 yilning bahorida ayni modda bilan tuhmat qilib ayblangan Rustam Mamatqulov ...
29 aprel 2016
O‘zbek hukumati tepasidagilarga tramvayning aslo keragi yo‘q, o‘zbek mulozimining tramvay yoki velosiped minishi – uni ko‘chaga chiqazib sazoyi qilish ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...