Asosiy mavzular
5 aprel 2023

Mushtlashayotgan bojxona xodimlari, Toshkentdagi qurilish muammolari va termizlik daraxtkesarlar – EP66

Salom qadrli muhlislar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Maktublar O‘zbekistonning Andijon, Surhondaryo, Toshkent va O‘zbekistonning Qozog‘iston hamda Qirg‘iziston bojxona postlari joylashgan hududlardan kelgan. Sizga o‘qib eshittirmoqchi bo‘lganimiz dastlabki maktub Toshkent shahridan. Chilonzor dahasidagi ko‘p qavatli uy egalari qurilish firmasidan norozi bo‘lib to‘planishdi.

«Toshkent shahar, Chilonzor tumani 9-mavzesida Zamin Qurilish kompaniyasi tomonidan qurilayotgan Shohona TJM dan kvartira sotib olgan fuqarolar qurilish kompaniyasi qurilishni 1 yilga kechiktirib yuborganidan, parkovka uchun deb qilingan turar joyning yerto‘lasi jiloy qilib sotilayotganidan, bolalar maydonchasining yeridan esa qo‘shimcha ko‘p qavatli uy qurib yuborilganidan norozi bo‘lib arz qilishmoqda».

Navbatdagi shikoyatga video ilova qilingan. Unda Andijonga tutash Qirg‘iziston chegarasidagi «Do‘stlik» postidagi voqea, chegara xizmati xodimining musht yegani tasviri aks etgan.

Do‘stlik bojxona postidagi holat. Kun ora shu ahvol. Rahbariyatga aytsak, chora ko‘rish bo‘yicha hamma jim. Ularga muammo chiqmasa bo‘ldi. Shu kerak hammasiga. Bojxona qo‘mitasidan yordam so‘rab qolamiz.

«Bojxona postlaridagi bunday xolatlar haqida Eltuz portaliga oldin ham shikoyatlar kelgan. Keyingi videoshikoyat ham bojxona postlaridagi ahvol yuzasidan. Bu safar Toshkentning Qozog‘istonga tutash G‘ishtko‘prik chegara postidan yozishmoqda. Bojxona postidan mashinada o‘tish uchun u yerda 1-2 kun navbatda turishga to‘g‘ri kelayotgan ekan.

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi Qoplonbek va Mayskiy chegara postlari ta'mirga yopilgani sababli yagona G‘ishtko‘prik (Chernyaevka) posti ochiq. Shu sababli bu postdan avtomashinada o‘tish dahshatli tushga o‘xshayapti. Odamlar mashina ichida 1-2 kun navbatda turibdi. Nega ikkala post bir vaqtda remontga yopildi ekan? Videoda 25-mart kechasi “G‘ishtko‘prik” postidagi holat aks etgan. Qozog‘iston turistlari Navro‘zga O‘zbekistonga kelib, ortga qaytishga navbatda turibdi. Navbat 2 kilometr atrofida. Postlarning yopilishi turistlar, umuman, fuqarolarning keldi-ketdisini qiyinlashtiradi-ku. Vakolatli idoralar holatga e'tibor qaratishini so‘raymiz».

Keyingi shikoyat Andijon viloyatining Paxtaobod tumanidan. Dehqonlar o‘zlariga ajratilgan dala yerlariga ayrimlar axlat to‘kib ketayotganidan shikoyat qilishmoqda.

«Andijon viloyati Paxtaobod tumanidan maktub yo‘llayapmiz. Davlatimiz tomonidan o‘tgan yili 10 sotixdan yer berilgan edi. Biz ham Lolazor MFYning Chuvama hududidan yer olib xursand bo‘ldik. Yerdan unumli foydalanyapmiz. Ammo hududning pastki tomonida yashovchi aholi bizning yerlarimizga uyidan chiqqan axlatlarini to‘kmoqda. Bu ham yetmagandek, bizga berilgan yerlarga terak ekib olishibdi. Ularga vaziyatni tushuntirsak, quloq solishmadi. Mahallamizdagi hokim yordamchisi ma'lum sabab bilan ishdan bo‘shab ketibdi. Masalani hal qilib berishlarini so‘raymiz».

Keyingi maktubni Surxondaryodan oldik. Shahardagi daraxtlar noqonuniy kesilayotganidan qayg‘urayotgan termizlik vatandosh daraxtkesarlarga belgilangan jarima summasi keyinchalik bir necha barobar kamaytirib baholanganidan noroziligini bildiradi.

«Surxondaryo viloyatida hamon daraxtlarni kesish kuzatilmoqda. Misol uchun, Termiz harbiy gospitalidagi yuzlab daraxtlar kesildi. Zarar va jarima summasi 1 milliarddan so‘mdan ortiq bo‘lishi kerak edi, ammo ekologiyachilar negadir uni kamaytirib – 200 million so‘m deb baholadi. Qolaversa, jarima daraxtlarni kesgan MChJga emas, boshqa bir fuqaroga yozilgan. Bu holatda qonunchilik talablariga to‘liq rioya qilinganmi?»

Bu sizga bugun o‘qib eshittirganimiz beshta shikoyatning so‘nggisi edi. Ko‘rsatuvimizga kelayotgan izoxlarda ko‘pincha biz bilan qanday bog‘lanish. Qanday qilib bizga murojaat qilish mumkinligi to‘g‘risida so‘rashadi. Bilmaganlar uchun yana bir bor eslatamiz. eltuz portali interaktiv tarzda telegram kanalida alohida sahifa shaklida ochilgan. Murojaatlar uchun u yerga maxsus bot ham o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham e'tiboringizga taqdim etishga intiladi. Kun davomida biz bilan qoling. Kanallarimizga obuna bo‘ling.  

Tag‘in o‘qing
23 may 2017
O‘zbekiston va Tojikiston orasida mina maydonlari zararsizlantirilmagan, vizali borish kelish bekor qilinmagan bo‘lsa ham, ikki davlat raxbarlarining Saudiya Arabistonida ...
9 iyul 2018
Kattaqo‘rg‘onda militsiya kapitanining ayol kishini qip yalong‘och qilgan holda tahqirlagani o‘zbek jamiyatida juda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Karimberdi To‘ramurod ...
16 aprel 2018
Islom Karimov davrining o‘ziga xos ramzlaridan biriga aylangan so‘kong‘ich va urong‘ich hokimlar bugun ham bu maqomini boy bergisi kelmayotganga ...
18 aprel 2024
Stokgolm shahrida Shvetsiyaning “Solidariska byggare” (Quruvchilar birdamligi) kasaba uyushmasi o‘zbek mehnat muhojirlari uchun doimiy uchrashuvlar tashkil qilmoqda. Bu uchrashuvlardan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...