Asosiy mavzular
6 may 2023

Suvdan ham sokinroq: O‘zbekiston Prezidentining tashrifi Berlinda qanday o‘tdi

2023 yil 3 may, O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoev Germaniya poytaxtida Germaniya kantsleri va prezidenti bilan uchrashdi. Huquq faollari  esa rasmiy Berlindan  inson huquqlarini hurmat qilishni O‘zbekiston rahbaridan so‘rashni unutmasligini talab qilishdi. 

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendumdan so‘ng darhol Berlinga tashrifi nazariy jihatdan G‘arb matbuoti va jamoatchiligining katta e'tiborini jalb qilishi mumkin edi : davlat rahbari G‘arbga kelmoqda, u endigina haqiqatda 2040 yoki hatto 2042 yilgacha lavozimda qolishini referendumda ta'minlab¸ quvvatli xolatga keldi. Shu bilan birga, bu referendum  EXHT kuzatuvchilari qayd etganidek, “siyosiy plyuralizm va raqobatbardoshlik talablariga javob bermaydigan sharoitda” o‘tkazilgan ovoz berish tufayli amalga oshirildi.Biroq Mirziyoev Berlinda noxush savollarni tinglamadi. Uning tashrifiga qarshi norozilik bildiruvchi yirik namoyishlar bo‘lmadi. Germaniya prezidenti qarorgohi oldida faqat kichik piket o‘tkazildi, unda uch kishi ishtirok etdi. Shu bois O‘zbekiston rahbari hech qanday aralashuvsiz ishchi uchrashuvlar o‘tkazdi – avvaliga Germaniya kantsleri Olaf Shols, keyinroq Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmaer bilan  uchrashdi. 

Mirziyoev 3 may kuni kechqurun “O‘zbekiston arxeologik xazinalari” ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi.

Mirziyoevning tashrifi: Berlindagi natijalar haqida sukunat

O‘zbekiston rahbarining Germaniya rahbariyati bilan uchrashuvlari yakunlari bo‘yicha qo‘shma matbuot anjumanlari o‘tkazilmadi, Mirziyoevning safari yakunlari haqida kam ma'lumot bor. Ikki davlat tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida imzolangan yagona hujjat hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi deklaratsiyadir. Shuningdek, u o‘zaro readmissiyani soddalashtirish, shuningdek, mehnat va o‘qish vizalarini rasmiylashtirishni osonlashtirish bo‘yicha migratsiya shartnomasini tuzish bo‘yicha muzokaralarni boshlash bo‘yicha kelishuvga ishora qiladi. Xususan, Germaniyada tanqisligi boshdan kechirayotgan hamshiralar va qariyalarga qarovchi xodimlarining Germaniyaga soddalashtirilgan holda yetib borishi muhokama qilinmoqda.Juma kuni Germaniya hukumati vakillari Mirziyoevning Nemis to‘lqini  nashriga tashrifini sharhlar ekan, tomonlar “demokratiya va inson huquqlarini hurmat qilish masalalarini muhokama qilganini” qo‘shimcha qildi. Aynan mana shu – muzokaralar markazida inson huquqlari masalasini qo‘yish – tashrif oldidan Berlinlik huquq faollari, jumladan, Human Rights Watchning Berlindagi vakolatxonasi tomonidan talab qilingan. Biroq, xalqaro e'tibor, xususan, Germaniya rasmiylarining e'tibori Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi tufayli Sharqiy Yevropaga qaratildi, shuning uchun Berlin O‘zbekistondagi inson huquqlari bilan bog‘liq muammolardan tashvishlanmaydi, deya qo‘rqadi o‘zbekistonlik huquq himoyachisi Umida Niyozova. U uzoq yillar davomida O‘zbekistondan ayri yashashga  majbur bo‘lgan va xozir  Germaniyada yashab, ishlaydi. “Prezident Mirziyoev (Germaniya rasmiylari tomonidan – Tahr.) bir ovoz bilan konstitutsiyaga 200 dan ortiq o‘zgartirish kiritish uchun ovoz berish mumkin bo‘lgan g‘alati referendumning demokratik xususiyati haqida savolni jiddiy ko‘tarishi dargumon. «, dedi u nemis to‘lqini  nashriga bergan intervyusida. Xavfsizlik manfaatlari Berlinning O‘zbekiston kabi davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlashdan manfaatdorligini oshirdi. O‘tgan yil oxirida Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Baerbok shu maqsadda Markaziy Osiyo davlatlariga tashrif buyurgan edi.

Huquq himoyachisi: “Avtoritarizm tobora kuchayib bormoqda”

Toshkentning amaldagi rahbariyati “ba'zi liberal islohotlar” o‘tkazdi va Mirziyoevda hamon “islohotchi tamg‘asi bor ”, deydi Niyozova. Ayrim erkinliklar bugun ham saqlanib qolmoqda, deydi u: “Ijtimoiy tarmoqlarda, internetda. Islom Karimov (O‘zbekistonning birinchi prezidenti – Tahr.) hukmronligining eng repressiv yillari bilan solishtirganda, ahvol yaxshi. Lekin Karimov rejimi 27 yil davomida bir xil repressiv bo‘lmaganini o‘zim tasdiqlayman. Ammo umuman olganda, «avtoritarizm kuchayib borish hususiyatiga ega «, deydi u, bu uni xavotirga soladi.

Berlinda O‘zbekiston prezidenti hokimiyatga kelganidan beri juda jadal rivojlanib borayotgan Germaniya bilan iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishni muhokama qilingan bo‘lishi mumkin. Mamlakatlarning tashqi savdo aylanmasi o‘sdi, Germaniya O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqidagi eng muhim hamkori hisoblanadi. Umida Niyozova O‘zbekiston rahbarining iqtisodni rivojlantirish istagiga bemalol ishonishini aytadi, lekin O‘zbekiston rahbariyati iqtisod tizimlarisiz rivojlanmasligini tushunishiga shubha qiladi. “Qonun ustuvorligi, mustaqil sud tizimi iqtisodiyotni rivojlantirishning eng muhim institutlaridir”, deya qo‘shimcha qiladi Niyozova.Huquq himoyachisi O‘zbekistondagi vaziyat yaqin kelajakda qanday rivojlanishi haqida bashorat qilishga shoshilmayapti. «Erkinlik jinini ko‘zaga  qaytarish mumkinligini hech kim bilmaydi», deb qo‘shimcha qiladi u. Ammo o‘tgan yilgi tendentsiya, uning fikricha, umuman olganda, islohotlar yo‘nalishi zaiflashgani, OAV va jurnalistlarga bosim kuchayganini ko‘rsatmoqda. «Agar bu kabi signallar kuchaysa, avtoritar tizim kuchayadi. Bunday tizimlar hech qachon yaxshi bo‘lmagan, muammolar yig‘ilib qoladi. Agar korruptsiya va tengsizlik avj olgan taqdirda ham yaxshi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar ham odamlar hayotini yaxshilay olmaydi”, – deya xulosa qildi Umida Niyozova.

Mixail Bushuev

«Nemis to‘lqini» nashridan Eltuz tarjimasi

Tag‘in o‘qing
6 fevral 2020
Markaziy Osiyo davlatlariga past nazar bilan qarashini yashirmaydigan Rossiya liberal demokratik partiyasi lideri Vladimir Jirinovskiy o‘zining telegram kanali orqali ...
5 oktyabr 2017
Prezident Mirziyoev 30 sentyabr kuni Maktabgacha ta'lim vazirligini tuzish haqidagi farmonni imzoladi. Farmonda, mamlakat bo‘ylab bog‘chalar sonini ko‘paytirish, maktabgacha ...
24 may 2023
Kuni kecha Andijonda o‘zlarini «To‘maris izdoshlari» deb atagan guruh parkda o‘z partiyasi uchun imzo yig‘ayotgan Xidirnazar Olloqulovga tashlandi va ...
17 oktyabr 2017
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 16 oktyabr kuni Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni qabul qildi. Londondagi Sharqshunoslik va Afrika tadqiqotlari markazining ...
Bloglar
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...
22 sentyabr 2024
Vokal va vizual undan oldingi jiguli qo‘shig‘ining siyqa takrori xolos. Qo‘shiq melodiyasi kavkaz diskotekalridagi «Shiki ...
9 sentyabr 2024
Yaqinda miyani o‘rganish bo‘yicha yirik mutaxassis Tatyana Chernigovskaya ma'ruzasida ayollar bir paytning o‘zida hamma narsaga ...