Asosiy mavzular
29 may 2023

Oliy sud raisi, Bosh prokuror va IIV raxbari Mirziyoevni qanday aldashmoqda?

Oliy Sud qabuliga borgan Eltuz obunachisi Odilbek shikoyat maktubi:

“Juma, 26 may kuni Oliy sud raisi, Bosh prokuror, Ichki ishlar vaziri va boshqa Respublika rahbarlari Ishchi guruhi sayyor qabuli bo‘ldi Ishtixonda. Umuman bardak. Tartib yo‘q. Ko‘zbo‘yamachilik uchun. Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy viloyati aholisi uchun ekan. Hech qaerda biron sayt yoki kanalda e'lon qilinmadi. Shunday bo‘lsada, bir-biridan eshitib odamlar borgan.

Sog‘liqni saqlash, Kadastr, Bandlik va hokazo vazirliklar pashsha qo‘rib o‘tiribdi hech kim yo‘q hisobi. Lekin Bosh prokuror, Oliy Sud oldida odam ko‘p. Ertalab soat 8 da borib, navbatga yozilgan tanishim 107 o‘rin ekan, kechgacha 8 gacha tik oyoqda kutib, Bosh prokurorga kirolmay, qaytib kelgan. 

O‘zini urgan, reshetkadan oshib o‘tgan, baqirgan qaysi deydi.

Oliy sud raisi B. Ismoilov qabuli umuman bardak, ishi tergovda va tuman sudida ko‘rilayotganlar Raisga kiraman deb, qabulda kutib o‘tiribdi.

 Oxirigacha borgan apellyatsiya, kassatsiya, Rais o‘rinbosari rad javobi borlar kirolmay, qaytib ketdi ko‘pi. 

Tashkil etishda kamchilik ko‘p, xalqda ayb yo‘q. Ishi tergov va tuman sudi qaroridan norozilarni ayirib, bir xonaga to‘plab, Oliy sud raisi o‘zi kirib hammalaringni arizangizni olib qoldik, o‘zim nazoratga olaman, tuman sudlar yoki viloyat sudi rahbarlariga adolatli ko‘rib chiqasan deb, topshiriq bersa, yolg‘ondan borgan xalqni dimog‘i choq va baraka top deb, yarim odam 500 chog‘i darhol ishi bitib qaytardi. 

Undan keyin apellyatsiya ya'ni viloyat sudi qaroridan norozilarni ham bir xonaga to‘plab, og‘aynilar gap bunday hozir men rais bo‘lsam ham sizni ishingizga to‘g‘ridan to‘g‘ri aralashishga haqqim yo‘q, qaror chiqarishda sudya mustaqildir deyilgan. Agar noto‘g‘ri qonunga zid adolatsiz qaror chiqarsa norozi bo‘lsangiz shikoyat berasiz va nazoratga olib ko‘rib chiqamiz, noto‘g‘ri bo‘lsa – bekor qilamiz. Hozircha kassatsiya shikoyati bering, tayyor bo‘lsa olib qolamiz. Mana yonimda Oliy sud sudyalarini olib kelganman. Sinchiklab o‘rganib, adolatli qaror chiqarasizlar, o‘zim nazoratga olaman, deb, avom xalqni oldida yolg‘ondan do‘q po‘pisa qilsa yana 200 odam xursand va issiqda kutib o‘tirmay duo qilib qaytgan bo‘lardi.

Undan keyingi navbat ishi Oliy sudda kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilgandan keyin ham norozi bo‘lib borganlarni hisoblasa ja'mi to‘rt viloyatda 50 taga ham bormasdi. Qo‘lida Rais o‘rinbosari rad javobi borlar 10 kishi ham emas. Shularni alohida navbat bilan qabul qilganda ham obedgacha qabulni tugatsa bo‘lardi.

Bular qabulni Samarqand viloyat hokimi E. Turdimovdan o‘rgansin, bir obedgacha 900 odamni qabul qildi o‘zi, ishi hal bo‘lsa bo‘lmasa hamma rozi xursand baraka topsin, deb qaytdi. 

Qadrli Eltuz, Kecha bir tuzlagandingiz, yaxshi tomonini ham yozing endi bir maqtang. Xolis bo‘ling.

Oliy sud raisi qabulidagi holatning videosini tashlayman. Hayf bu odamga bu kursi, dedim. Qabulida tartib yo‘q, yalpayib yotib olgan kresloga, murojaatchini eshitish o‘rniga, o‘zi gapirib chiqarib yuborarkan, oldiga kirgan odamni, o‘tiring deb, kursiga taklif ham qilmaydi, tumshug‘i osmonda. 

Bular Prezident ko‘zi uchun yolg‘ondan sayyor qabul tashkil etganligi, o‘zida umuman hohish-istak yo‘qligi, xalqni bir tiyinga olmasligi yaqqol o‘zini tutishi, gaplaridan, bilinib turibdi. 

Prezident ishonmasa, biron xodimini Oliy sud raisi qabuliga maxsus vositalar (oddiy fuqaro sifatida) bilan kiritib ko‘rsin.

Avom xalq qaydan bilsin qonun-qoida, JPKni. Ular o‘ylaydiki, Oliy sud raisi katta, uni aytganini hammasi qiladi. Shu uchun raisga kirishim kerak, deydi, so‘rasangiz, ishi hali birinchi instantsiya sudida. Fuqarolik, Ma'muriy, Iqtisodiy ishlarga odam yo‘q hisobi. 90 foiz norozilar Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlardan. Agar qo‘yi sudlar adolatli qonuniy ishlaganda edi, buncha norozi odam bo‘lmas edi.

Baliq boshidan, deydi. Bir tanishim o‘zi bu yuridik o‘qishni zaochniy bitirgan, ketmoni uchib Rais bo‘lib qoldi, deydi. Nega shunaqa odamlar muhim rahbarlik lavozimiga tayinlanadi, tushunmayman. Hayf deysiz bularga ajratilgan xizmat mashinalarini ko‘rib. Menimcha, Qabul bo‘yicha Reglament ishlab chiqish kerak. Bo‘lmasa bu bardak va tartibsizlik davom etaveradi. 

Reglamentda oxirigacha borganlarga Oliy sud raisi imzosi bilan rad javobi berilishi belgilanishi kerak. Shundagina fuqarolar yangi Konstitutsiyaning 55-moddasida ko‘rsatilgan xalqaro inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlarga murojaat qilish huquqi paydo bo‘ladi.

Kabinetga kirib bekinib olmasdan (Samarqand viloyati hokimi) Erkin Turdimov usulida keng parkdagi maydonda qabul o‘tkazish kerak. E. Turdimov oldida mikrafon turadi, lekin undan faqat tegishli tashkilot rahbarini chaqirish uchun foydalanadi, xolos. Fuqaroning muammosini elga oshkor qilmaydi. O‘zi bilan alohida gaplashadi. Oliy sud raisining o‘tirgan kresloda yalpayib yotganini tasvirga ololmadim, afsus. Murojaat qilgan fuqaroning ko‘ziga qaramas, ko‘zi alang jalang bo‘lib, derazaga qarab, fuqaroga gapirarkan. 

Aytmoqchi, Oliy sud raisi qabuliga borgan 800-900 chog‘li odamdan, nari borsa, 100 tasini qabul qildi kechgacha. Janjalni shu tufayli kutaverib charchab ketganlar toqati toq bo‘lib qildi. Qabulga kirdi deb, kirib ketgan 1 odam bir soatdayam chiqmaydi. Baqirganlar, 15 minutda bitta qabul qilsa ham navbat siljigan bo‘lardi deb, janjal qildi. Lekin bir odamni soatlab qabul qilgani yuk, nari borsa, 5 minut gaplasharkan, ungacha ichkaridagi xonalarda 50 minut oddiy sudyalar gaplasharkan, doklad qilib, raisga murojaatchining muddaosini tushuntirish uchun. U sudyaning ham orqasidan yurar ekansiz bizni olib kiring deb. Ungacha rais buva ichkarida yonboshlab, choyni ichib, televizor tomasha qilib o‘tirarkan xalqni qabul qilmasdan. Har holda biz bilan shunaqa bo‘ldi.

Bosh prokuror qabuli ham ur-yiqit janjal bo‘libdi. Murojaatchining orqasidan tuman prokurorlari, kirmang, iltimos deb, yalinib yurarkan. U ham, nari borsa, 1000 odamdan 100 tasini qabul qilishga ulgurgan, ko‘pchilik kirolmay, orqasidan yugurib yurgan mahalliy prokuratura xodimlariga topshirib kelibdi arizasini. Omadi chopib kirolganlarning yillar davomida hal bo‘lmay kelgan muddaosi hal bo‘libdi, deb eshitdim. 

Oltin baliq tila tilagingni, degan kabi bo‘lgan. Samarqand viloyat hokimligi videosidagi Andijonlik ayolning gapiga e'tibor bering. U bundan oldingi qabulga borib kirgan, adashmasam Bo‘ka tumanida bo‘lgan. Keyin bu yerga kelib ham kirishga muvaffaq bo‘lgani taajubli. 

Qabul Samarqand, Sirdaryo va Jizzax Navoiy viloyati aholisi uchun, ularning ko‘pchiligi kirolmadi. Lekin u kirishni uddalagan. Buning ikki yo‘li bor. Birinchisi, kimdir tanishi bor uni kirishga yordam beradigan, ikkinchi, taxmin puxta pishiq bo‘lgan bir kun oldin yetib kelib tong azonda Ustozlar xiyoboniga borib, navbatga yozdirgan bo‘lgan.”

Siz Oliy Sud qabuliga borgan Eltuz obunachisi Odilbek shikoyat maktubini tingladingiz. Aziz obunachilar va kanalimiz mehmonlari, bildirilgan fikr Eltuz nuqtai nazarini ifodalamasligi mumkin. Yuqorida bildirilgan fikrlar yuzasidan siz ham izoh qoldirishingiz mumkin.  Kanalimizga obuna bo‘ling, videolarimizga layk bosing. Layk sizdan  xizmat bizdan!

Eltuz

Tag‘in o‘qing
30 may 2021
Rassom Elsevar Eltuz.com
13 mart 2017
Ertaklar odatda erishilmas orzularning hayoliy ifodasidir. O‘zbek xalq ertaklari odil podsho va yovuz vazirlar makri haqidagi syujetlar bilan to‘la. ...
16 oktyabr 2017
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev, Xiva shahridagi «Ichan-qal'a» muzey qo‘riqxonasi hududidagi «Paxlavon Mahmud» ziyorat majmuasiga borganida, bu maskanning ta'mirlanishi yuzasidan ...
5 oktyabr 2023
XIX asr o‘rtalariga kelib Turkistondagi uch mamlakat – Qo‘qon, Xiva va Buxoro xonliklarini uch yirik imperiya – Buyuk Britaniya, ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...