Asosiy mavzular
1 sentyabr 2023

Alisher Taksanov: Bular «xatolar» emas, – jinoyatlar edi!

“Kuchlilar kechira oladilar” degan ibora har doim meni boshi berk ko‘chaga tiqqan. Ya'ni, agar «zaif» yomonlik qilsa, kuchlilar miyig‘ida kulib qo‘yib, uning aybini kechirishlari kerak. Qanday qulay ibora bu «zaif»ning mas'uliyatdan qochishi uchun. Boshqacha qilib aytganda, yomonlik jazolanmaydi, ya'ni ablahlar o‘zlarining nohaq ishlarini qilishda davom etishadi. Va yovuz odam har doim yaxshi odamga pisanda qilishi mumkin – «kechirib qo‘yasanda endi, axir sen kuchlisanku…»

Gitlerni va fashizmni ham kechirish mumkinmi? Axir biz kuchlimizku – mana biz Ikkinchi jahon urushida g‘alaba qozondik, shuning uchun biz, avlodlar, mag‘lub bo‘lganlarni kechiramizmi? 42 million o‘lgan /o‘ldirilgan/ bedarak yo‘qolganlarni, vayron qilingan shahar, qishloqlarni, abadiy yo‘qotilgan qadriyatlarni unutamizmi? Demak, biz bu haqda filmlar suratga olmaymiz, kitoblar yozmaymiz, rasmlar chizmaymiz, darslar o‘qimaymiz – hammasini xotiradan o‘chirib tashlaymizmi. Yo‘q, albatta. Bunday holatda, bu kabi iboraga amal qilib bo‘lmaydi. Chunki bunga tom ma'noda kuchli va ma'naviy to‘siqlar mavjud.

Chunki kechirish o‘tmishni qaytarish va o‘sha dahshatlarni takrorlashdir. Kuchli kechirmaydi – u yovuzlikning qayta tug‘ilishiga va o‘z qilmishlarini takrorlashiga yo‘l qo‘ymaydi. Buni aytishimga sabab, Islom Karimovni tilga olishim bilan menga doim tanbeh bera boshlashadi, o‘lgan odamni malomat qilib bo‘lmaydi, deyishadi, uni va uning hukmronlik qilgan vaqtlardagi gaplarni eslashimga ham yo‘l berishmaydi.

Karimov haqida esa haqiqatni aytish kerak. Chunki, hamon bu arvohga yodgorliklar qo‘yilarkan, bu zolimning muzeyi faoliyat ko‘rsatarkan, bu nodon va zolim hukmdorning kitoblari o‘qilarkan, ko‘rmuridlar “davrni belgilagan inson” qabriga topinarkan, men hamisha yurtdoshlarimga uning 27 yillik hokimiyatda qilgan ishlarini eslatishdan to‘xtamayman. Bu hukmdor Konstitutsiyani ko‘p marta buzgan. Andijonliklarni otgan. Kuchishlatar tizimlarga ularning vazifasiga kirmaydigan vakolatlarni bergan va ularni parazitlarga aylantirgan. Muxolifatni yo‘q qilgan va yashirin islomiy oqimlarni tiriltirgan. U o‘z shaxsiyatiga sig‘inishni yaratdi. Uning kaltabin islohotlari 5 million gastarbayter ishchilarini dunyoga keltirdi. Uning davrida korruptsiya siyosiy tizimda hukmronlik qildi. Matbuot bosim otsyuda qoldi. O‘zgacha fikrlovchilar ta'qib qilindi. Qiynoqlar va mulkni tortib olish odatiy holga aylandi. Vazirlar, hokimlar oligarx va magnatlarga aylanishdi. Karimovlar oilasi milliy boyliklarni o‘mardi, aholi paxta terimiga yoki yo‘llar ta'miriga haydaldi. Ikkiyuzlamachilik axloqiy normaga aylandi.

Men Islom Karimov qilgan ishlarga ko‘plab misollar keltirishim mumkin. Ba'zilar buni «xatolar» deb atashadi, garchi bular jinoiy ayblardir: hokimiyatni egallab olish, konstitutsiyaviy tuzumga putur etkazish, hokimiyatni suiiste'mol qilish, jinoiy jamoa tuzish, o‘zlashtirish, soliq to‘lash va boshqa to‘lovlardan bo‘yin tovlash va yana ko‘p amallar. Tarixchilar bir kun kelib bu davr haqida haqqoniy kitoblar yozishadi. Bu deformatsiyalangan tizimning mohiyatini siyosatshunoslar ochib berishadi. Advokatlar huquqiy xulosa chiqaradilar. Qanday qilib ikkiyuzlamachi odam o‘ttiz yil davomida hokimiyatni egallab, xalqni alday olganini faylasuflar ta'riflaydi. Psixologlar aholini zombi qilish qanchalik oson kechgani hodisasini izohlashadi. O‘qituvchilar maktab partasidan boshlab qullar qanday yetishtirilganini darslarida aytib berishadi.

Va so‘nggi demoqchi bo‘lganim. Menga jo‘n she'rlar yozganim uchun tanbeh berishdi. Bu she'rlar emas. Bu qofiyaga o‘ralgan siyosiy satira, shunchaki qofiyabozlik deb atash ham mumkin ularni. Balki, she'riyatning hidi ham yo‘qdir, chunki she'r qoidalari qo‘llanilmagan. Ammo bu vaziyat, salbiy hodisalarni masxara qilishning qulay shakli bo‘lgani uchun men undan foydalanayapman. Shu bois baland notalar uchun da'vo qilmayman.

Bir buyuk va qimmatli shoir bor edi, uni hammangiz bilasiz. U Islom Karimovning mustabidligini kuyladi, bunga javoban saroy xushomadgo‘yni O‘zbekiston Qahramoni medali bilan taqdirladi, shoir esa umri ohirida AQShga survordi.  Buyuk kelajak bilan qolishni istamadi. Tag‘in aytishlaricha, u o‘zga yurtlardan turib vatanini sog‘ingan, ko‘zyoshlar to‘kkan. Lekin uzoq yillar zolimga xizmat qilgan bu odamning samimiyatiga kim ishonadi?

Kim o‘tmishni unutsa, kelajakda uni takrorlaydi.

Siz bugungi kunda Shveytsariyada yashayotgan publitsist, sobiq Tashqi ishlar vazirligi xodimi  Alisher Taksanovning Aziya Terra nashrida chop etilgan maqolasi matni bilan tanishdingiz. Eltuz tarjimasi

Tag‘in o‘qing
14 sentyabr 2018
«O‘zbekiston 24» kanalining kiyinish madaniyati «tanqid qilingan» 12 sentyabr kungi «Xalqaro Press klub» ko‘rsatuvida TV jurnalistlarining o‘zlari etika qoidalarini ...
26 iyun 2017
Karimov o‘limidan so‘ng, mahalliy amaldorlar ustidan shikoyatlar rag‘batlantirildi. Qaysidir mulozimning ishdan ketgani yoki yurak hurujidan o‘lgani haqida tez-tez xabarlar ...
3 sentyabr 2019
Samarqandda 27 avgust kuni o‘tgan “Sharq taronalari” festivali arafasida daydi itlar va mushuklarning ommaviy o‘ldirilishi jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘ldi.  ...
20 aprel 2017
18-19 aprel kunlari Toshkent shahar hokimlarining yarmidan ko‘pi almashgani sabablarini tahlil qilgan Kun.uz nashri eng avvalo buni aholidan tushayotgan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...