Asosiy mavzular
5 sentyabr 2023

Toshkentda yotoqsiz qolgan talabalar, avtomobil haridori va oyligini ololmayotgan vrach – EP94

Salom qadrli muxlislar. Eltuz portaliga kelgan so‘nggi beshta maktubni o‘qiymiz. Ular O‘zbekistonning Samarqand, Toshkent, Navoiy va Jizzax viloyatlaridan kelgan.

Dastlabki maktub Samarqanddan. Maktub egasi ahlat uyumlari orasida qolgan hovlilar rasmini Eltuz portaliga jo‘natgan.

«Samarqand shahar, Said MFY, Mingtut ko‘chasi 76-inchi  umumiy hovlilarda yashovchi 40 qa yaqin xo‘jalik fuqarolari O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligini shu ahvolda kutib olmoqda.» deya izohlaydi fotosuratlar yo‘llagan Eltuz obunachisi.

Keyingi maktub ham Samarqanddan. Samarqanddagi «Umid Lizing» kompaniyasi shartnoma qilgan mashinamni haligacha qilib bermayapti, deya shikoyat qiladi Samarqandlik avtomobil haridori.

«Assalomu alaykum hurmatli Eltuz xodimlari, men Samarqand viloyati Samarqand shahrida joylashgan Toshkent Umid avto lizing kompaniyasining filiali bilan 2022 yil 24 dekabr kuni Kobalt rusumli avtomashinaga shartnoma qilgan edim, shartnomada 2023 yil 17 iyun kuniga qadar avtomashina berilishi haqida ma'lum qilganligiga qaramasdan haligacha avtomashina yo‘q, bir necha marotaba offisiga bordim, ko‘p marotaba telefon qildim, juda ko‘p va'dalar berib kelishmoqda, men oylikga kun ko‘raman mablag‘im ozligi va foiz stavkasi kamligi sababli shartnoma qildim, Umid avto lizing kompaniyasi avtomashinalarni bozor narxida tayyor sotayapti lekin menga o‘xshagan oddiy xalqni qachongacha aldab keladi, bularga chora ko‘radigan tashkilotlar bordir?

Sizlardan iltimosim shularga tegishli chora ko‘rilishi va avtomashinamni olishimga yordam berishingizni so‘rayman» deya yozadi samarqandlik avtomobil haridori.

Keyingi maktub Jizzax viloyatidan: Forish tumani turg‘uni Mahallaga sifatsiz asfalt yotqizilganidan shikoyat qilmoqda”

“Jizzax viloyati Forish tumani Ilonli MFYdan yozmoqdamiz. Yo‘limiz 2022 yilgi dastur doirasida asfaltlanishi rejalashtirilgan edi. Faqat 2023 yil avgust oyiga kelib asfalt qoplamasi yotqizildi. Lekin asfalt sifatsiz –  shag‘al, tuproq va qora saqichdan tarkib topgan. Negadir hokimlik, sektor rahbariyati va mahalla ham bu holatdan ko‘z yummoqda. Innovatsiya agentligi bu asfalt ishlab chiqaruvchilariga maqtov yorlig‘i berishi kerak deb o‘ylaymiz.

Mahalla raisining bu masala bilan ishi ham yo‘q. Tuman mas'ullariga muhtaram Yurtboshimiz ishonchini oqlashlarini eslatamiz” deya yozadi Ilonli mahallasida yashovchi Eltuz obunachisi.

Keyingi maktub Navoiy viloyatidan. Navoiylik vrach ayol sud qarori chiqqan bo‘lsa-da, SYeSdan ish haqini ololmayotganidan shikoyat qilmoqda

“Men – Mehribon Safarova, Navoiy viloyatidan murojaat qilyapman. Vrach bo‘lib ishlayman. 2020 yildan buyon Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Navoiy viloyat boshqarmasidan ish haqimni ololmay kelyapman. 2023 yil 13 iyul kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudi mening foydamga 34 mln 111 ming so‘m qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovi undirish haqida qaror chiqargan. Boshliq hamda bugalteriya turli bahonalar bilan ish haqimizni to‘lashni ortga surib kelmoqda. Majburiy ijro xodimlari tashkilot mashinalarini olib ketganiga 1 oydan oshdi, ammo baribir natija yo‘q. Prezidentimiz inson qadri haqida ko‘p gapiradi. Ammo bizning boshliqlar inson qadriga e'tiborsizlik qilmoqda. Tashkilotimizning ishchi-xodimlardan 1 milliard so‘mdan ortiq qarzdorligi bor. Prezidentimizdan barcha ishchilar nomidan amaliy ko‘mak so‘rayman” deya yozadi Navoiylik ayol.

Va nihoyat so‘nggi maktub, Toshkentning Irrigatsiya institutining yotoqsiz qolgan talabalaridan kelgan.

“Toshkent irrigatsiya institutining GTS fakulteti 2-3-kurs talabalariga dekan o‘rinbosari yotoqxonada hozircha joy yo‘q, biror oy kvartirada yashab turinglar, dedi. Ammo biz bu o‘rinda tanish-bilishchilik qilinyapti deb o‘ylaymiz. Uzoq viloyatlardan borib, qaerdan kvartira topamiz? Ayrim talabalarda qonun doirasida imtiyoz ham bor. Iltimos, Oliy ta'lim vazirligi bizlarga yordam bersin” deya yozadi Toshkentda yotoqsiz qolgan viloyatlardan kelgan talabalar.

Bu sizga bugun o‘qib eshittirganimiz beshta shikoyatning so‘nggisi edi. Ko‘rsatuvimizga kelayotgan izoxlarda ko‘pincha biz bilan qanday bog‘lanish. Qanday qilib bizga murojaat qilish mumkinligi to‘g‘risida so‘rashadi. Bilmaganlar uchun yana bir bor eslatamiz. eltuz portali interaktiv tarzda telegram kanalida alohida sahifa shaklida ochilgan. Murojaatlar uchun u yerga maxsus bot ham o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham e'tiboringizga taqdim etishga intiladi. Kun davomida biz bilan qoling. Kanallarimizga obuna bo‘ling.  

Tag‘in o‘qing
22 fevral 2021
Namangan viloyati hokimi prezident kelgan paytda tanqid qilingan mahallada bu yerda sharoit yaxshilanguncha yashashini bildirdi. — Har kuni shu ...
31 dekabr 2018
2018 yil 31 dekabr kuni O‘zbekiston, Kanada, Shvetsiya, Shveytsariya, Finlyandiya, Turkiya va Amerikadan turib 12 nafar o‘zbek vatandoshi prezident ...
7 iyun 2019
Jumadan jumagacha o‘tgan davrda e'tiborga tushgan voqealarni sanasam. Xorazmdagi kelin qaynotasini so‘yib tashladi. Qaynota go‘rda, kelin qamoqda. Bir qadam ...
11 fevral 2021
Andijonlik fuqarolardan birining aytishicha, u bir necha oydan beri viloyat hokimi qabulga kira olmayotir. Fuqaro omadi chopib uning qabuliga ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...