Asosiy mavzular
18 dekabr 2023

X faktorni yuksaltgan qo‘shiq yoki to‘ychi va o‘ychi artistlar

Shunday qilib X Factor ning eng kuchli uchligi ma'lum bo‘ldi. 17 dekabr kuni finalistlar Hayriniso Akbarova, Javlon Safaev va Shoxruhxon Halimxonovlar g‘oliblik uchun bellashishdi.

X factor shousi finaliga yaqinlasharkan, Xayriniso Akbarova rus bosqinchilari etigi ostida ezilgan Qirim haqidagi qo‘shiqni muhtasham ijro qildi.

Bu qo‘shiqni ilk bora kuylab, Yevronigohda g‘olib bo‘lgan Jamala taxallusli Susanna Jamoliddova Ukraina xalq artisti va Ukrain vatanparvari. Jamala ustidan bosqinchi Rossiyada jinoyat ishi ochilgan va u qidiruvga berilgan.

Qrimliklar alamini kuylagani va bosqinchi Rossiyaga qarshi bo‘lgani uchun Putin rossiyasi Yevronigoh g‘olibasi bo‘lgan Jamaladan dushman yasadi. Jamala O‘shda tug‘ilib, Ukrainada sharaf topgan qo‘shiqchi. Bu qo‘shiqning Toshkentda ijro qilingani esa shoyon taxsinga loyiq.

Artist bu faqat to‘yda xizmat qiladigan xonanda emas, balki millat dardini kuylaydigan grajdanin ekanligini Xayrinisa tushungan ko‘rinadi.

“1944” deb nomlangan, so‘zlari inglizcha, naqorati esa qrim tatarcha bo‘lgan kompozitsiyada 1944 yil mayida 250 ming chog‘li qrim tatari yurtidan badarg‘a etilgani haqida hikoya qilinadi.

Sovet hukumati ularni nemis istilosi paytida natsistlar bilan hamkorlik qilganlikda ayblagan hamda Markaziy Osiyo va Rossiyaning chekka hududlariga deportatsiya qilish haqida buyruq bergan.

Dunyoda hasratli qo‘shiqlar ko‘p, ammo bu qo‘shiqni har gal eshitsam, ko‘zim namlanadi.

Bu qo‘shiqni ilk bor 1981 yili Nizomiy nomli institutda o‘qiydigan Qrim tatar talabalari qo‘lidagi magnitofondan eshitganman.

Men «bu yerda yasholmadim¸ yoshligimga to‘yolmadim¸ vatanimga hasrat qoldim ey go‘zal Qrim.

1944 yili Stalin buyrug‘iga ko‘ra uylaridan quvilgan Qrim tatarlaring dardlari qo‘shiqqa ko‘chgan edi.

Hayvonlar tashiladigan vagonlarning tuynugidan bosh chiqargan tatarlar Alushtadan esayotgan vatan havosini so‘ng karra simirib surgun sari yo‘l olishganida qon bilan yozilgan va ko‘p tatarlarning so‘ng nafasi bilan kuylangan satrlar bu.

Alushtadan eskan yellar yuzimga urdi.

Bolalikdan o‘sgan uyga ko‘zyoshim tushdi.

Men bu yerda yasholmadim

Ëshligimga to‘yolmadim,

Vatanimga hasrat bo‘ldim

Ey go‘zal Qirim.

Bog‘chalarning mevalari bol bilan sharbat

Suvlarini icha icha to‘yolmadim men

Yashil tog‘lar kuldi menga

Qaytib keldi tatar senga

Quchog‘ingni och sen menga

Ey go‘zal Qirim

Men bu yerda yasholmadim

Ëshligimga to‘yolmadim

Vatanimga hasrat bo‘ldim

Ey go‘zal Qirim.

Bu qo‘shiqni kecha o‘zbek san'atchi Xayriniso Akbarova ijrosida eshitdim.

Ezilib, ko‘zda yosh bilan tingladim.

Bugun Qirim o‘ris soldatining kir etiklari ostida yana toptalgan kunda bu qo‘shiq yana ham qayg‘uli tuyuldi.

Xayriniso o‘zini xalqa qilib o‘ragan, yuzlari qonli bosqinchilar obrazidagi qotillarga savol beradi.

Men bu yerda yasholmadim. Vatanimga hasrat qoldim…

Siz ham tinglang va Qrimning o‘rislar tarafidan anneksiya qilinganini qoralang.

Shouning ikkinchi kuchli ijrochisi, tomoshabinlar va hakamlar ehtiromini qozongan, o‘zining Changak lazgisi bilan o‘tgan safar sahnani ontarib tashlagan Javlon Sapaev bu safar ham jozibali chiqishlari bilan hammani rom qildi.

U hatto mag‘lub bo‘lgan raqibi svistok ovoz sohibi 16 yashar Shohruh Halimxonovni vido qo‘shig‘i so‘nggida ko‘tarib oldi.

Va u X-Factor shousi g‘olibi bo‘lish imkonini qo‘lga kiritdi. Har holda O‘zbekistondagi to‘ylarni qizdirib qo‘shiq aytadigan, ko‘plab muxlislarga ega Javlon Sapoevda bunday ustunlik bor.

Bundan tashqari Eltuzga yetib kelgan uzunquloq gaplarga ko‘ra, shu kunlarda poytaxtdan 1100 kilometr uzoqda, maktablarda, universitetlarda direktorlardan qat'iy topshiriq bo‘lgan,

«Bugun hamma Sapoevga ovoz beradi, Xorazmning faxri u. Hokimiyatdan, dom kulturadan shunday topshiriq keldi» deya xabar berdi Eltuz manbalaridan biri.

Shohruh Halimxonovga esa, garchi u o‘zining g‘olib kelishiga ishora qilib oltin toj kiyib sahnaga chiqqan bo‘lsada g‘oliblik nasib etmadi. U shuningdek Maykl Jeksonga hos gravitatsiya fishkalarini qo‘lladi, uning ijrosi shou qatnashchilarining birin ketin shahmat donalari kabi yiqilganini ifodalovchi sahna ko‘rinishlari bilan qarshilandi.

Biroq u baribir ovoz berish natijalariga ko‘ra shouni tark etdi. Jasminning ko‘zyoshlari, yana bir bor uning shoudan ketamanga tushgani ham yordam bermadi. Shohruh o‘zi aks ettirgan shahmat taxtasidagi shoh kabi quladi.

Shunday qilib X Factorda ikki nafar finalist qoldi. Ular Mehriniso Akbarova, Javlon Safaevdir.

Ular kelasi yakshanba 24 dekabrda o‘tadigan katta final va gala kontsertga yo‘l olishdi.

Eltuz esa X Faktor va aynan O‘zbekistan madaniyati va san'atiga oid muhim yangiliklarni yoritishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘lishni, videolarimizga layk bosishni unutmang.

Tag‘in o‘qing
8 yanvar 2021
Navoiyda fan olimpiadasiga borishda avtohalokatga uchragan o‘quvchi va o‘qituvchi 7 yanvar kunida ham jonlantirish bo‘limida qolmoqda. Ular 5 yanvar kuni ...
29 avgust 2023
Poytaxtning ko‘pqavatli uylaridan birida qo‘shnisinikida bo‘layotgan milliy to‘y urf odatlariga nafrati jo‘sh urgan ayol aks etgan video Eltuzga yetib ...
28 mart 2016
Navro‘z mavzusini davom ettirgan «Adolat» gazetasi bu bayram eskilik sarqiti, diniy marosim sifatida taqiqlangan, hatto kommunist amaldorlar qishloqma-qishloq yurib, ...
1 fevral 2023
Toshkentning Yangixayot tumanida bedarak yo‘qolgan 12 yoshli qiz uyidan 20 metr uzoqlikda o‘lik holda topildi. Bu haqda UzNews.uz'ga vaziyatdan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...