Asosiy mavzular
3 yanvar 2024

Buzilgan ekologiya, hokimlikdagi itlar va coliqqa tortilgan hunarmandlar – EP114

Eltuz portaliga kelgan navbatdagi beshta maktubni o‘qiymiz. Ular O‘zbekistonning Navoiy, Buxoro, Toshkent, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlaridan kelgan. Dastlabki shikoyat Navoiy shahridan.

Atrof muhitga zaharli moddalar tarqalishi bartaraf etiladimi?

“Navoiy shahridan murojaat yo‘llayapmiz. Ohak va keramzit ishlab chiqaruvchilar havoga zararli moddalar va yoqimsiz hid chiqarmoqda. Kechki payt ishlab, kunduz kuni ishlamay turishadi. Aholi nafas olishga qiynalyapti. Bular xohlasa rezina ballon yoqadi. Mas’ullar holat yuzasidan chora ko‘radimi? Atrof-muhitga zaharli moddalar tarqalishi bartaraf etiladimi?” deya yozmoqda atrof muhitga yetayotgan zarardan tashvishlangan Navoiy turg‘uni.

Keyingi maktub Buxoroning Shofirkon tumanidan. Tuman hokimligini itlar egallamoqchi deya tashvish bildirmoqda shofirkonlik Eltuz obunachisi.

“Buxoro viloyati Shofirkon tumanida insondan ko‘ra itlar ko‘paydi oxirgi paytlar. Hattoki ushbu itlar hokimiyatni ham egallashdi. Bu itlarga nazorat qiladigan tashkilotlar qolmadimi deyman…” deya yozadi ilmoqli qilib hokimlikdagi itlardan aziyat chekayotgan shofirkonlik. U ilova qilgan videoda chindan ham itlarning hokimlik eshigi oldida qo‘rqmasdan sayr qilayotganini ko‘rish mumkin.

Navbatdagi maktub esa Olmaliqdan. Maktub muallifi odamlarni tok urish havfidan ogohlantirmoqda.

«Assalomu alaykum.

Men Olmaliq shahridan sizga murojaat qilayapman.

Ushbu video sizga jo‘natishdan maqsad Olmaliq haqida yomon fikr bildirish emas. Lekin sizga qilingan murojaatdan keyingi harakatlar jadallashib ketayotganligidir.

Olmaliq shahar I.Karimov nomidagi institut ro‘parasidagi (5/2 kichik daxasi yo‘lidagi) simyog‘och (stolba)ning pastki qismida montaj uchun qoldirilgan darchadan qiska tutashuv bo‘layapti.

Bu holat tongi 6:00 da bo‘layapti. Yomg‘ir yog‘ayapdi. 7:30 da talabalar kelishni boshlaydi. Agar vaqtida tuzatilmasa baxtsiz hodisa bo‘lishi aniq. Qaysidir maktabdagi holat yodingizga tushdimi? Taklifim, shu joyni zudlik bilan ta'mirlash, hamda  qolgan (yangi uslubdagi) temir simyog‘ochlarni texnik holatini mavsumga mos darajada tekshirib chiqilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Fuqarolar xavfsizligi ta'minlangan bo‘lar edi.

O‘ylaymanki, Olmaliq yelektr ta'minoti boshqarmasida bunga sharoit ham xodimlar ham raxbarning mas’uliyatni his qilishi ham yetarli darajada.

Iltimos murojaatimni tezroq chiqaring, toki keyin kech bo‘lib qolmasin.»

Keyingi shikoyat Qashqadaryodan. Ota onalar majlisiga borgan yakkabog‘ turg‘uni, maktab direktori ota onalarga hurmatsizlik ko‘rsatib, o‘qituvchisi bilan janjal ko‘targani haqida yozmoqda.

“Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidan yozmoqdamiz. Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limiga qarashli 80-maktab direktori ota-onalarni yig‘ilishga chaqirdi. Yig‘ilish boshlangandan so‘ng, o‘z xodimi bilan ota-onalar oldida urishib ketdi. Direktor yig‘ilishni qanday tartibda olib borishni bilmaydimi? Bu majlisga kelgan ota-onalarga hurmatsizlik emasmi?” deya yozadi Yakkabog‘ turg‘uni.

Va nihoyat so‘nggi maktubni Farg‘onadan, Hunarmand uyushmasining Buvayda tuman bo‘limi boshlig‘i Zulhumor Xoshimova yo‘llamoqda. U uyushma a'zolaridan soliq xodimlari nohaq soliq undirganidan shikoyat qilmoqda.

 “Men – Zulxumor Hoshimova, Farg‘ona viloyati Buvayda tumani “Hunarmand” uyushmasi bo‘limi boshlig‘iman. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2021 yil dekabrdagi 77-sonli qaroriga ko‘ra, hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash choralari belgilangan, jumladan, ularga kommunal to‘lovlar bo‘yicha 50 foiz imtiyoz  berilgan, daromad solig‘idan ozod etilib,  pensiya fondiga yilda bir marta eng kam ish haqi miqdorida  badal  to‘lanishi ko‘rsatilgan. Ammo Buvayda tumani soliq inspektorlari muhtaram Prezidentimiz tomonidan chiqarilgan qarorni tan olmayapti. Misol uchun, soliq huquqshunosi A.H. ismli hunarmandni chaqirib, unga berilgan imtiyozni tan olmay, 523 ming so‘m daromad solig‘i to‘latgan. Holat yuzasidan Respublika soliq qo‘mitasiga murojaat qilganimda, avval viloyatga murojaat qiling, masala hal bo‘lmasa, keyin Respublikaga qayta chiqasiz deyishdi. Ammo viloyat soliq boshqarmasining men bilan bog‘langan xodimi qo‘pol muomala qildi. Muhtaram Prezidentimiz qarori ijrosini ta'minlashda amaliy ko‘mak so‘rayman”.

Va bu e'tiboringizga bugun havola qilingan beshta maktubning so‘nggisi edi

Ko‘rsatuvimizga kelayotgan izoxlarda ko‘pincha biz bilan qanday bog‘lanish. Qanday qilib bizga murojaat qilish mumkinligi to‘g‘risida so‘rashadi. Bilmaganlar uchun yana bir bor eslatamiz. eltuz portali interaktiv tarzda telegram kanalida alohida sahifa shaklida ochilgan. Murojaatlar uchun u yerga maxsus bot ham o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham e'tiboringizga taqdim etishga intiladi. Kun davomida biz bilan qoling. Kanallarimizga obuna bo‘ling.  

Tag‘in o‘qing
30 noyabr 2020
«Eltuz”ga yaqin va bir-biridan mustaqil manbalarning xabar berishicha, kelayotgan dekabr oyida O‘zbekistonning kuchishlatar tizimlarida rahbarlar almashinuvi kutilmoqda. “Vazirlarni almashtirish ...
1 dekabr 2015
Akmal Nabiev Yeltuz.com Yaqinda men ishlaydigan qurilishga politsiya xodimlari kelib, hujjatlarimiz joyida bo‘lishiga qaramay barcha ishchilarni politsiya bo‘limiga olib ...
25 yanvar 2023
Yil boshida Germaniyada kompaniyalar faoliyati va ularning inson huquqlari hamda atrof-muhit uchun oqibatlari bilan bog‘liq yangi qonun kuchga kirdi. ...
8 oktyabr 2024
Ipak tolasi o‘ta nozik bo‘lsa ham nihoyatda pishiq bo‘ladi. Uncha-munchaga uzilavermaydi. Ammo ipak hali tolasi olinmay pilla holatida ichidan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...