Asosiy mavzular
27 mart 2024

Yorilgan quvur, yo‘l va ikki dom orasidagi qurilish – EP132

Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta maktubni o‘qib eshittiramiz, ular O‘zbekistonning Andijon, Sirdaryo, Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlaridan kelgan. Shuniingdek, eltuz portalida e'lon qilingan Bo‘kadagi quvur yorilishi bilan bog‘liq muammoning hal etilgani yuzasidan rasmiylar munosabati, ya'ni Elta'sir o‘rin olgan.

Xatlar oqimi ayni soatlarda ham davom etmoqda, tizimni unumli ta'minlash uchun kanalimizga obuna bo‘lish, layk bosish va rahmat tugmachasini bosib Eltuzni qo‘llab quvvatlash kerakligini unutmang va biz xatlarni o‘qishda davom etamiz.

Dastlabki shikoyat Andijonning Bo‘ston tumanidan kelgan. Shikoyatchilarning yozishicha Paxta zavodi ro‘parasidagi ikki dom oralig‘iga kafe qurilmoqda. Bundan shu domda yashovchi aholi norozilik bildirmoqda.

Keyingi murojaat Sirdaryoning Sayxunobod tumanidan. Aftidan xatni mahalla raisi yozmoqda. “8 million so‘m maosh oladigan raislar ham bormi?” deya yozmoqda Sayxunobod turg‘uni.

 “Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanidan yozyapmiz. Mahalla raislarimiz 14-mart kuni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev bilan uchrashdi. Lekin negadir viloyat bo‘yicha mahalla raislariga so‘z berilmadi. Suhbatda raislar 8 million so‘m maosh olishi haqida gapirildi. Biz bundan hayron bo‘ldik. Sababi, biz 3,5 mln so‘m maosh olamiz. Boshqa mukofot va rag‘batlantirish pullari yo‘q. Ammo ishimiz ancha ko‘p. Bu ma'lumotni Prezidentimizga kim yetkazdi ekan? 8 million so‘m maosh oladiganlar raislar ham bormikan?” deya yozadi oyligi oshirilishidan umidvor sayxunobodlik fuqaro.

Keyingi maktub Qashqadaryodan. G‘uzor tumani «Sovbog‘» Mahalla fuqarolar yig‘inidan Qumcho‘p qishloq oqsoqoli Rayim Xudoyqulov Eltuz orqali prezident Mirziyoevga murojaat qilmoqda. Biz gazga, suvga muhtojmiz, lekin biz sizdan gaz so‘ramayapmiz, yo‘limizni asfalt qilishga yordam bering deydi Xudoyqulov.

Keyingi shikoyatni Ijtimoiy himoya milliy agentligining Inson markazi operatori yozmoqda. Uning iddao qilishicha Navro‘z kuni hamma mukofotlangan, biroq markazning nogiron ishchilariga mukofot  puli berilmagan…

«Assalomu alaykum Eltuz og‘a.

Xabaringiz bor Prezidentimizning farmonlari bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil qilingan. Shu agentlikning tuman va shaharlarda Inson markazlari ochilgan, hamma markazlarning operator lavozimiga guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar ishga olingan.

Murojaatim shu barcha operatorlar nomidan. Navro‘z bayramiga markazning hamma hodimlariga mukofot puli berildi, lekin faqat operatorlarga berilmadi. Shu adolatdanmi? Biz operatorlar buni odam ajratish deb qabul qildik.

O‘zimiz nogironligi bor insonlarni himoya qiladigan tashkilot bo‘lib turib, shu tashkilotda ishlayotgan nogironlarni ajratsa.

Prezident yuritayotkan siyosat agentlik ichida sezilmayapdi, jamiyatga qanday tadbiq qilinar ekan?

Bu murojaatimiz yuqoridagi rahbarlarga yetib boradi degan ishonchdaman.» deya yozadi markaz operatori.

Keyingi maktub Samarqanddan. Ishtixonda paynetchilar odamlarni aldamoqda.

«Assalomu alaykum Eltuz og‘a!

Samarqand viloyati Ishtixon tumani Pasport stoli yonidagi paynetchilar o‘zlarini huddiki pasport stoli hodimlaridek tutar ekan.

Yaqinda pasport almashtirish uchun borgan edim. Birinchi shu paynetchilar bilan uchrashishimni aytishdi. Men ularni pasport stoli hodimlari deb o‘ylabman.

Chunki, ular pasportimni tekshirib, vaqti o‘tgan yoki o‘tmaganligini aniqlashdi. Vaqti o‘tmaganligini ko‘rgach, hech qanday kvitantsiyasiz mendan passportni almashtirish uchun pul so‘rashdi. Men esa sizlar kimsizlar o‘zi desam, shu muassasada ishchilarimiz deyishdi.

Yonimda pasport muddati o‘tgan fuqarodan jarima  deb 350 ming to‘lashni talab qilishdi. Oddiy oq qog‘ozni 10 barobar qimmatga pullashayotganligiga chidash mumkindir, lekin odamlarning pasportini tekshirayotganligiga chidab bo‘lmaydi. Ular kim paynetchimi yoki pasportchi?» deya yozmoqda fuqarolik pasporti egasi.

Va bu sizning e'tiboringizga bugun havola etganimiz beshta murojaatning so‘nggisi edi. Lekin, boshqa kanalga o‘tishga shoshilmang. Chunki, bugunngi ko‘rsatuvimizdan, muammo yechimiga oid “Toshkent viloyati suv ta'minoti” rasmiy munosabati ham o‘rin olgan.

Elta'sir:

Eltuz kanalida e'lon qilingan videolavha bo‘yicha rasmiy munosabat!

«Toshkent viloyati suv ta'minoti» AJ Bo‘ka tumani filiali mas'ul xodimlari tomonidan mazkur muammo, Bo‘ka tumanidagi quvur yorilishi bilan bog‘liq xolat bartaraf etildi.

Xususan, diametri 300 mmli quvurda suv sizib chiqish to‘xtatildi.

Ma'lumot o‘rnida, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish jamiyatini shakllantirish maqsadida, Eltuz telegram kanali «Toshkent viloyati suv ta'minoti» AJ bilan hamkorlikda ushbu sohadagi muammo va natijalari berilib borilmoqda.

“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ matbuot xizmati.

Yana bir bor eslatamiz, eltuz portali telegram kanalida alohida sahifa shaklida ochilgan. U erga xatlarni qabul qilish uchun maxsus bot o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham e'tiboringizga taqdim etishga intiladi. Kanallarimizga obuna bo‘ling. Agar ko‘rsatuvimizni qo‘llab quvvatlamoqchi bo‘lsangiz super raxmat tugmachasini bosing.

Tag‘in o‘qing
13 noyabr 2023
Yana o‘sha eski tirmog‘ichga qoqilish. Markaziy bank milliy valyuta konvertatsiyasini cheklash bo‘yicha yangi takliflar bilan chiqdi. Ushbu tashabbusning O‘zbekistonga ...
23 mart 2017
Dollarning qora bozordagi kursi talab va ehtiyojdan kelib chiqib o‘smoqda. Rekord darajada balandlagan dollar kursi, orada bir pastlab odamlarni ...
10 yanvar 2024
O‘likni yuvg‘uchi yuvsin, yemakni oshchi pishirsin, qo‘yni qassob so‘ysin, ilmni olim qilsin. Akademik olamdagi nosog‘lom muhit haqqinda gapirish uchun ...
9 sentyabr 2021
6 centyabrdan O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida yangi o‘quv yili boshlandi. Ayni paytda viloyatlardan poytaxtga kelib o‘qiyotgan talabalar uchun turar-joy ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...