Asosiy mavzular
23 iyul 2024

Tutqunlikdagi Ukrainalik bolalar va o‘zbek asiri ozod etildi – 600’60

Tutqunlikdagi 12 nafar bola Ukrainaga, o‘zbek asiri esa Rossiyaga qaytarildi, Falastinga reparatsiya to‘lovi belgilandi, Baxti Tashkentskiyning sheriklaridan biri o‘ldi va bu 600 sekund

Ukrainadagi ombudsman Dmitriy Lubnetsning xabar berishicha, 12 nafar bolalar qarindoshlari bilan Rossiyadan Ukraina nazorati ostidagi hududga olib o‘tildi. Oilalar Rossiya bosib olgan Donetsk, Zaparoj va Xerson viloyatlarida yashab kelishgan. Ularga majburan Rossiya fuqarolik pasporti berilgan, tibbiy yordam va ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatilmagan. Ota-onalar Rossiya bosqini ostida psixologik bosim, qiynoqlarni boshdan o‘tkazganini aytishdi. Maktablarda “russkiy mir” shiori ostida propaganda darslari tashkil qilingan. Ukraina ushbu oilalarga zarur gumanitar, tibbiy va ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatmoqda.

+++

Ukrainalik siyosatchi Irina Farion suiqasddan keyin shifoxonada vafot etdi. Filologiya fanlari doktori bo‘lgan sobiq Oliy Rada deputati Irina Farionga 19 iyul kuni suiqasd qilingan. Jinoyatchi Lvov shahrining Masarik ko‘chasida sobiq deputatning boshiga qarata o‘q uzgan. Qotil voqea joyidan qochishga ulgurdi. Irina Farion 2012-2014 yillarda Ukrainada rus tilini taqiqlash g‘oyasini ilgari surgan deputat edi.

+++

Rossiyalik askar yaralangan sherigini o‘ldirdi. Voqea Rabotino qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan. Videoni Rossiya propagandasi Ukrainaga qarshi qo‘llab askar Ukrain harbiysi degan ma'lumotni tarqatdi. Biroq “Sistema” deya ataluvchi taftish loyihasi askar Rossiya armiyasidan ekanini aniqladi. Harbiy kamuflyaj kiygan uch kishi dron videosida aks etadi. Dron zarbasi ulardan birini yiqitadi. Yaralangan askarning safdoshi uning boshiga qarata o‘q uzib, yo‘lida davom etgan.

+++

Belgiya Ukrainaga katta pul o‘tkazmasi tayyorlamoqda. Mablag‘ Rossiyaning muzlatilgan aktivlari hisobidan amalga oshiriladi. Ukrainaga 1 yarim millard yevro berish mo‘lkallangan. Bundan tashqari 836 million yevro korparativ soliq pullari ham Ukrainaga yo‘naltiriladi. Bu soliqlar 2024 yilning birinchi yarmi davomida Rossiya aktivlari bilan ishlash natijasidagi daromaddan olingan.

+++

Xalqaro Gaaga sudi Isroilning Falastin hududini egallashi va u yerda aholi yashash joylarini tashkil qilganini noqonuniy harakat deya baholadi. Isroil Falastin ishg‘oli uchun reparatsiya to‘lashi kerakligi belgilandi.

+++

Saudiya Arabistoni esa Falastin nomini maktab darsliklaridan olib tashladi. Yangi o‘quv yiliga mo‘ljallangan geografiya va tarix darsliklardagi xaritalardan Falastin nomi olib tashlandi. Bu xabar maktabda tinchlik va madaniy bag‘rikenglikni monitoring qilish instituti tomonidan e'lon qilindi.

+++

Rossiyaning Gelenjik kurort hududidagi 100 dan ortiq ko‘chalarda elektr energiyasi ta'minoti to‘xtadi. Liniyalardagi avariya 18 iyul kuni sodir bo‘lgan. Chiroqsiz qolgan ko‘chalar soni keskin ortgan. Shahar ma'muriyati aholidan elektr-energiyani tejab ishlatishni so‘ramoqda.

+++

19 iyun kuni Windows operatsion tizimida global nosozlik yuzaga keldi. Turli mamlakatlardagi aviashirkatlar, teleradiokompaniyalar va banklar Windows tizimidagi nosozliklar haqida xabar berdi. Berlin, Melbrun va Sidney aeroportlaridagi yuk olish jarayonida texnik muammolar yuzaga keldi. Ayni muammolar Amsterdam va London aeroportlarida ham kuzatildi. Britaniyaning Skay Nyus kanali ham Windows nosozligi sababli efirni to‘xtatdi. Nosozlik aynan Windows operatsion tizimida yuz berganini Krovd Strayk kompaniyasi tasdiqladi. Global nosozlik sababidan Microsoft aktsiyalari narxi 3 foizga tushib ketdi.

+++

Jo Bayden shu yil noyabrda bo‘ladigan prezident saylovida qatnashmasligini ma'lum qildi. Amerika OAV lariga ko‘ra, prezidentlik saylov poygasida demokratlardan vitse prezident Kamala Harris ishtirok etishi haqida xabar tarqatildi. Saylovga qadar Bayden o‘z lavozimida qolib, Prezidentlik vazifalarini bajarishda davom etadi.

+++

Ukrainada asirga tushgan Alisher Tursunov Rossiyaga qaytarildi. Tursunov Rossiyaga 17 iyul kuni qaytarilgan — shu kuni Ukraina va Rossiya “95 ga 95” shaklida o‘zaro asir almashishgan edi. 57 yoshli Alisher Tursunov o‘zining asirga tushgani haqida aytib bergan video Eltuzda namoyish qilingan edi. O‘z murojaatida Tursunov armiyada xizmat qilish shartnomasini majburan imzolagani, buning uchun unga pul, pasport va harbiy bilet va'da qilinganini aytgan. Uning iddaosicha, shartnoma imzolanganidan keyin uni poligonga olib borishgan va o‘sha yerda u uch kun davomida maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan.

+++

Guliston shahar Do‘stlik mahallasidagi “Davr market” do‘konida voyaga yetmagan shaxs sotuvchidan QR kodli chek talab qilgani uchun sotuvchi uning yuziga tarsaki urdi. Ushbu hodisa ortidan do‘konchi nazoratga olindi.

+++

Analitik Anar Kostenko tahliliga ko‘ra ayni damda O‘zbekistonda dollar millionerlari soni 100 ming atrofida bo‘lishi kerak. 2022 yil Hindistonda 850 ming nafar dollar millioneri borligi aniqlangan. Eronning ayni yildagi ko‘rsatkichi 250 ming edi. O‘zbekistonda dollar millionerlari soni ortib bormoqda – shu bilan birga aholining boy va kambag‘al qatlami orasidagi jarlik ham kengaymoqda.

+++

Shofirkonda 11000 AQSh dollariga sof quyma oltin bo‘lagini sotayotgan shaxslar ushlandi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shofirkon tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ikki nafar shaxs boshqa ikki shaxsga og‘irligi 154,3 gramm bo‘lgan 1 dona sof quyma oltin bo‘lagini 11 000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

+++

“Baxti Tashkentskiy” sheriklaridan biri – “Shukur pyatno” vafot etdi. Eltuz insayderlariga ko‘ra Baxtiyor Qudratullaev bilan sudlanganlardan biri – 60 yoshli Shukurali Qurbonov sud hukmi o‘qilganidan bir kun o‘tib, vafot etgan. Toshkent viloyatining Yangibozoridan bo‘lgan Shukurali Qurbonov Jinoyat kodeksining ikkita moddasi bo‘yicha ayblanib, 8 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga tortilgan edi. Vafot etgan Shukurali Qurbonov ishda Baxtiyor Qudratullaevdan keyingi ikkinchi figurant hisoblangan.

+++

Baxti Tashkentskiyning merosxo‘ri 11 yilga qamaldi. Baxti Tashkentskiy bilan sudlanayotgan ikki o‘g‘lidan biri – Bekzod Zafarov 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bekzod Zafarov otasining ishlarini davom ettirgan va unga bevosita sherik bo‘lganligi aytilmoqda.  Bekzod Baxtiyorovich bir necha bor ko‘chada yurish-turish qoidalarini buzganlikda ogohlantirilgan. Otasi qamoqqa olingach uning ham boshqa kirdikorlari oshkor bo‘lgan. Merosxo‘rga firibgarlik, o‘lim bilan tahdid qilish, tovlamachilik kabi bir qator ayblar qo‘yilgan.  U jazoni umumiy koloniyada o‘taydi. Oldinroq Eltuz Baxti Tashkentskiyning 20 yilga ozodlikdan mahrum etilgani haqida xabar bergan edi.

 +++

Yashnobod tumani hokimi Baxtiyor Rahmonqulov tadbirkorlik ob'ektini buzdirib OAVga yolg‘on xabar sizdirdi. Yashnobod tumanida «G‘alabaning 40 yilligi» bekati qulab tushgan. Mahalliy OAVlar voqea tunda sodir bo‘lganligi sababli hech kim zarar ko‘rmaganini ta'kidlashgan. Shuningdek, tuman hokimligi o‘rnatgan ushbu bekatning 3 kun o‘tib qulashiga sabab ustunlar mustahkam qo‘yilmaganida degan xabar tarqatilgan. Lekin voqea joyidagi guvohlar ko‘rsatmasi blogerlar va jurnalistlar xulosasidan farq qiladi. Bu xabarlar yolg‘on ekanini shu bekatda ish yuritgan tadbirkor ham tasdiqladi. Hokimlik tadbirkordan joy uchun 600 AQSh dollari pora talab qilgan – yosh tadbirkor pora berishga rozi bo‘lmagach, uni 3 kun qamab qo‘yib bekatni buzib yuborishgan.

+++

Shvetsiya poytaxti Stokholmda bӯlib ӯtgan millatlararo futbol musobaqasida Ӯzbekiston jamoasi Polsha, Ukraina, Qozog‘iston va boshqa jamoalar ustidan g‘oliblikni qo‘lga kiritib faxrli ikkinchi ӯrinni egalladi. Shvetsiyada jami ӯn olti  jamoa ishtirok etgan xalqaro bellashuvda birinchi ӯrin Tanzaniyalik futbolchilarga nasib etdi.

Bu 600 sekund edi. Yonginangizda yuz bergan ammo siz bilmagan voqealardan xabar topmoqchi bo‘lsangiz Eltuzga obuna bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
18 yanvar 2018
Prezident Mirziyoev o‘z chiqishlarida «eski zamonlar tugaganini» bot-bot eslatishiga qaramay, uning mulozimlari Karimovni qo‘msashda davom etishmoqda. «Shu tizim ichida ...
25 aprel 2020
So‘nggi yillarda O‘zbekiston matbuotda keng aks sado berayotgan, mamlakatga milliardlab dollar xorijiy investitsiyani jalb etayotgan islohotlar o‘tkazish yo‘liga kirdi. ...
26 sentyabr 2017
Samarqand ruhiy kasalliklar shifoxonasi rahbariyati ustidan yozilgan ariza bo‘yicha 22 sentyabr kuni Kun.uz nashri ikki qismdan iborat o‘z surishtiruvini ...
2 fevral 2017
Mirziyoevning “Har bir xonadon 100 tadan tovuq boqishga majbur” degan bayonoti turlicha talqin qilinmoqda. Qoraqalpoqqa safari chog‘ida u tag‘in ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...