Asosiy mavzular
4 avgust 2024

Yaroqsiz rentgen uskunasi, gaz tanqisligi va payxon qilingan loviya dalasi

Calom qadrli muhlislar, kundalik ko‘rsatuvlarimizni Eltuz Portaliga kelgan xatlarni o‘qish bilan davom ettiramiz. Navbatdagi beshta maktub O‘zbekistonning Farg‘ona, Qashqadaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlaridan kelgan. Dastlabki murojaat Farg‘ona viloyatidan. Maktubdan ayon bo‘lishicha, viloyatdagi ayrim tibbiy maskanlarda rentgen apparatlari kassetalari yaroqsiz holga kelib qolgan.

“Farg‘ona viloyatidan yozmoqdamiz. Tuman va shahar tibbiyot birlashmalariga qarashli markaziy poliklinika va markaziy tez tibbiy yordam bo‘limlarining rentgen apparatlari kassetalari ishlash muddatini o‘tab bo‘lgan, ya'ni yaroqsiz holga kelib qolgan. Albatta, ayrim tuman va shaharlar zamonaviy detektorlar bilan ta'minlangan. U bilan ta'minlanmagan tibbiy maskanlarda esa muddati o‘tgan kassetalar ishlatilmoqda. Ma'lumki, qonunchiligimizda O‘zbekiston fuqarolari malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega ekani ko‘rsatilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligidan viloyatimizdagi barcha markaziy poliklinika va markaziy tez tibbiy yordam bo‘limlarining rentgen apparatlarini kassetalar bilan ta'minlashini so‘rab qolamiz” deya yozmoqda farg‘onaliklar.

Ayni viloyatning Yozovon tumanida esa gaz yo‘q. Navbatda videomurojaatni tinglang.

O‘zbekistonda nafaqat mashinalar uchun balki aholi uchun ham gaz tanqisligi avj olmoqda. Keyingi maktub Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanidan.

 “Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri suyultirilgan gaz iste'molchilari nomidan murojaat qilyapmiz. Respublika “Hududgaz” AJga Ma'rufxon Xo‘jaev rais bo‘lganidan keyin Shahrisabz gaz mas'ullari mahallamizda sayyor qabul o‘tkazildi. Qabulda mutasaddilar aholini qiziqtirgan savollarga javob berishdi. Gaz mas'ullari aholi suyultirilgan gazni faqat ID kartalar orqali olishi, naqd pul mumkin emasligini aytishdi. Holbuki, biz qo‘limizga 3 yil oldin berilgan kartalarni haligacha bir marta ham ishlatganimiz yo‘q, doim naqd pulga gaz ballon olamiz. Shu vaqtgacha 28 ming so‘mdan olardik, yaqindan boshlab 38 ming so‘m naqd to‘layapmiz. 

Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoev korrupsiyani tugatishga jon kuydirib harakat qilayotgan bir paytda Shahrisabz shahri gaz mas'ullari shubhali ishlar bilan ovora. “Hududgaz” AJ raisi Ma'rufxon Xo‘jaev ham yaqinda tizimni korrupsiyadan xoli sohaga aylantirish haqida gapirdi. Murojaatimizni AJ raisi nazoratga olsa yaxshi bo‘lardi” deya yozmoqda Shahrisabzning suyultirilgan gaz iste'molchilari. Keyingi murojaat Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanidan. Murojaat egasi “Loviya endi chiqa boshlaganida, bank va tuman hokimligi xodimlari kelib dalani buzib ketishgani iddao qilmoqda.

“Salom, Eltuz! Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanidan murojaat yo‘llayapmiz.  Fermerdan yer sotib oldik. 800 kilo loviya urug‘i olib, 3,5-4 gektar yerga ekdik. 120 mln so‘m xarajat qildik. Loviya endi chiqa boshlaganda, bank va tuman hokimligi xodimlari kelib buzib ketgan. Uvol emasmi, axir, rizq-ro‘z-ku bu! Nima qilishni bilmay qoldik, shuncha xarajatimizni kim qoplab beradi?” deya zorlanmoqda loviyasi payxon qilingan dala egasi. 

Va nihoyat so‘nggi shikoyat Jizzaxdan. Yo‘lning nosozligi, aniqrog‘i yo‘lning o‘rtasiga noto‘g‘ri kanalizatsiya qudug‘i o‘rnatilgani oqibatida avtomobillarga shikast yetmoqda.

«Salom, Eltuz! Jizzax viloyati  Sharof Rashidov tumani Birlik ko‘chasining ahvoli. Styashka qilingan ko‘chaga kirib chiqish muammo, bir tomondan mashinalar yurib yo‘lgt cho‘ktirayapti,  tushish joyi to‘g‘rilab qilinmagan. Yo‘lning o‘rtasida kanalizatsiya bor, mashinalar o‘tib qaytib tagini urib olayapti. 

Ko‘chaga kirish chiqishda ham mashina tagini qirib o‘tadi bu sifatsiz yo‘lga kim javob beradi?» Deya yozmoqda jizzaxlik Eltuz obunachisi.

Va bu sizga yetkazganimiz bugungi so‘nggi maktub edi. Eslatamiz, eltuz portali telegramdagi alohida sahifadir. U erga xatlar uchun maxsus bot o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham chop qilishga intiladi. Eslatib o‘tamiz, ayni soniyalarda kanalimiz obunachilari soni 664 ming nafarga yetdi.  Kanalimizga obuna bo‘ling. Agar ko‘rsatuvimizni qo‘llab quvvatlamoqchi, yoki ayrim yopiq videolarni ko‘rmoqchi bo‘lsangiz super raxmat tugmachasini bosing.  Sog‘ bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
29 mart 2021
Avtomobilda otvyortka borligi uchun haydovchi avtomobili Yo‘l- patrul xizmati xodimi tomonidan tintuv qilingani ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvga sabab bo‘ldi. 23 ...
16 dekabr 2019
O‘zbekiston Ekologik partiyasi rahbari Boriy Alixonov Chernobil halokatiga sabab bo‘lgan atom reaktori bilan O‘zbekistonda qurilajak reaktorni “Moskvich” va “Lasetti” ...
21 sentyabr 2024
O‘sha mash'um 30-yillarda millatimiz oydinlarining qatag‘onlari tepasida turganlar orqasida nafaqat millat xoinlari, balki millatimizning chinakam tashqi dushmanlari ham ko‘p ...
3 yanvar 2018
3 yanvar kuni ham davom etgan Erondagi namoyishlar ijtimoiy tarmoqning o‘zbek segmentida turlicha talqin etilmoqda. Kimdir bunda Amerikaning qo‘li ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...