Asosiy mavzular
20 avgust 2024

Olmazordagi daraxtkesar va uygacha kirib kelgan mol bozori – EP175

Eltuz Portaliga kelgan navbatdagi beshta hatni o‘qish bilan davom ettiramiz. Murojaatlar O‘zbekistonning Toshkent Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlaridan kelgan.  Dastlabki maktub Toshkent shahrining Olmazor tumanidan. U yerda daraxtlar kesilib butun boshli bog‘ yo‘q qilingan.

«Toshkent shahar, Olmazor tumani, Kalonov mavzesi, “Chamanbog‘” MFYdagi ushbu bog‘ yo‘q qilinib, daraxtlar kesib tashlandi. O‘rnida esa qurilish ishlari qilinmoqda.

Bu joy tashlandiq bo‘lib, “Yashil makon” dasturi doirasida mahalla hashari orqali Milliy gvardiya vakillari ishtirokida ko‘kalamzorlashtirilgan edi.

Daraxt kesishga qarshi moratoriy ishlamayaptiku!» deya yozmoqda Olmazor turg‘uni.

Keyingi shikoyat tag‘in oyliklarini vaqtida ololmayotgan O‘zbekiston temir yo‘llari ishchilaridan.

«Assalomu alaykum ELTUZ tog‘a, men O‘zbekiston temir yo‘llari ishchi xodimlari nomidan yana qayta murojaat qilyapman.

Men yoritadigan mavzu garchi birinchi marta bo‘lmasada, dardimni sizga aytishdan boshqa yo‘l topa olmadim.

Oylik maosh berish tartibiga Temir yo‘l tizimidagilar qo‘pol qilib aytganda «qo‘yib qo‘yishgan».

Na avans bor, na kechiktirilgan oylik to‘lovi uchun penya to‘lash bor.

Oylik maoshlar esa eski oy yakunlangach yangi oyning 25 sanasiga to‘lanmoqda. Biz davlatdan kredit olib kechiktirilgan muddat uchun penya to‘layveramiz, lekin O‘zbekiston Temir yo‘llari oylikni kechiktirgani uchun bir so‘m ham to‘lamaydi.

Dardimizni kimga aytaylik?» deya yozmoqda temir yo‘l ishchilari.

Navbatdagi murojaat Surhondaryo viloyatidan. “O‘ztelekom”ning Termiz shahri filiali ishchilari obodonlashtirish idorasi tomonidan lotoklar yopib tashlangani bois, aloqa simlari o‘tgan quduqlarga suv to‘lib qolganidan shikoyat qilishmoqda.

 “O‘ztelekom”ning Surxondaryo viloyati Termiz shahri filiali ishchilari nomidan murojaat qilyapmiz. Amir Temur ko‘chasidagi yer ostidan o‘tgan aloqa simlari quduqlari yog‘ingarchilikda suvga to‘lib qolyapti. Bu esa bizning ishimizni qiyinlashtiryapti. Ma'lum bo‘lishicha, Termiz shahar obodonlashtirish tashkiloti 2023 yili Amir Temur ko‘chasi boshlanish qismidagi qor-yomg‘ir suvi ketishi uchun qo‘yilgan beton lotoklarini yopib tashlagan ekan. Shu sabab qor-yomg‘ir suvi to‘g‘ri aloqa quduqlariga tushyapti. Obodonlashtirish tashkilotiga bir necha marta murojat qildik, lekin e'tiborga olishmadi. Viloyat va shahar hokimligidan yo‘l yoqasidagi lotokni ochib berishlarini so‘raymiz. Aloqa simlari qudug‘i hovuzga aylanmasin” deya talab qilishmoqda O‘ztelekom filiali ishchilari.

Keyingi murojaat ham Surxondaryodan. Tadbirkor ochgan ko‘mir koni o‘rmondagi archazorlarga jiddiy ziyon yetkazmoqda.

“Surxondaryo viloyati Boysun tumani Xo‘jaidod mahallasi Nazariy qishlog‘idan murojaat qilyapmiz. Xo‘jaidod mahallasi o‘rmon xo‘jaligiga tegishli Haqiq degan joyda toshkentlik tadbirkor ko‘mir koni ochishi natijasida archazorlar yer bilan yakson qilindi. Holatni ekologiya idorasi qanday izohlar ekan? Umuman, bu tadbirkor qonun doirasida ish olib boryaptimi?” deya ritorik savol qo‘yadi boysunlik Eltuz obunachisi.

Va nihoyat so‘nggi maktub Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanidan. Har yakshanba kuni Qo‘rg‘oncha mahallasidagi xonadonlar atrofi chorva mollari ortilgan mashinalarga to‘lib ketmoqda.

“Farg‘ona viloyati Buvayda tumani Qo‘rg‘oncha MFYda 2019 yilda qurilgan namunali ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi nomidan murojaat qilmoqdamiz. Hududimizda chorva bozori joylashgan bo‘lib, har yakshanba kuni tungi soat 1 dan bozor boshlanadi. Xonadonlarimiz eshigi tagigacha chorva ortilgan mashinalar to‘lib ketadi, uyimizdan ham chiqa olmay qolamiz. Vaqti kelsa hatto tez yordam mashinasi ham o‘ta olmaydi. Mana, besh yildirki, shu holat. Bu bo‘yicha tegishli tashkilotlarga murojaat qildik, lekin  natija bo‘lmadi. Aholi, xususan, bolalar sog‘lig‘iga salbiy ta'sir ko‘rsatib, yuqumli kasalliklar ko‘payishidan xavotirdamiz. Farzandlarimiz o‘ynaydigan joylarga ham chorva hayvonlari bog‘lanadi, issiq kunda badbo‘y hid va pashsha tarqaladi. Hurmatli Prezidentimiz aholi salomatligiga katta e'tibor qaratayotgan bir vaqtda bu holatni nima deb izohlash mumkin?

Va bu sizga yetkazganimiz bugungi so‘nggi maktub edi. Eslatamiz, eltuz portali telegramdagi alohida sahifadir. U erga xatlar uchun maxsus bot o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham chop qilishga intiladi. Eslatib o‘tamiz, ayni soniyalarda kanalimiz obunachilari soni 669,900 nafarga yetdi.  Kanalimizga obuna bo‘ling. Agar ko‘rsatuvimizni qo‘llab quvvatlamoqchi, yoki ayrim yopiq videolarni ko‘rmoqchi bo‘lsangiz super raxmat tugmachasini bosing.  Sog‘ bo‘ling.

Va bu sizga yetkazganimiz bugungi so‘nggi maktub edi. Eslatamiz, eltuz portali telegramdagi alohida sahifadir. U erga xatlar uchun maxsus bot o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham chop qilishga intiladi. Eslatib o‘tamiz, ayni soniyalarda kanalimiz obunachilari soni 670 mingdan oshdi.  Kanalimizga obuna bo‘ling. Agar ko‘rsatuvimizni qo‘llab quvvatlamoqchi, yoki ayrim yopiq videolarni ko‘rmoqchi bo‘lsangiz super raxmat tugmachasini bosing.  Sog‘ bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
21 avgust 2024
Rossiyada o‘rmonlar yonmoqda, Tailandda sigirni zo‘rlamoqchi bo‘lgan o‘ris erkak qamaldi. Andijonda esa O‘zbekiston kulini ko‘kka sovurgan arab bosqinchisining maqbarasi ...
24 noyabr 2016
Kasalxonadagi ayolning salomatligi haqidagi ma'lumotnoma Adana prokuraturasi oilaviy jinoyatlar bo‘limiga yetib borgach, eridan kaltak yegan o‘zbek ayol shikoyatini Adana ...
11 noyabr 2020
Post deb yozishga arzigulik fikr va kechinmalarim ham qolmabdi, chamasi. Mumtoz shoira Nodiraning: Sen na uchun dunyoga kelding,Kayfiyating bayon ...
25 aprel 2021
Aziz do‘stim, ko‘zlari intizor singlim, mehribon opajonlarim, duogo‘y onaxonlar, yuzidan farishta yoqqan otaxonlar, akalar, ukalar, muqaddas Ramazon oyi muborak!   ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...