Asosiy mavzular
23 sentyabr 2024

Jahon banki ajratgan pul, quyosh paneli va maktab uchun parda – EP184

Nihoyat Eltuzga kelayotgan xatlarni o‘qish navbati yetib keldi. Bugun ochiqlanadigan so‘nggi beshta maktub O‘zbekistonning Toshkent, Samarqand, Namangan va Jizzax viloyatlaridan kelgan. Dastlabki maktub Toshkent viloyatining Chirchiq shahridan, maktablard parda uchun pul yig‘ilmoqda.  

«Chirchiq shahar 37-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida ota-onalardan 200.000 so‘mdan parda uchun pul yig‘ib olishmoqda… » deya yozmoqda chirchiqlik ota onalardan biri. Mesenjerdagi guruh yozishmasida ayrim ota-onalar noroziligini ko‘rish mumkin. Parda o‘z yo‘ligga ammo Eltuzga obuna bo‘lishda hayr bor.

Samarqandning Qo‘shrabot tumanida esa tashkilot rahbarlari va o‘rinbosarlari Quyosh paneli olishga tumanning «so‘kong‘ich» hokimi tomonidan majburlanmoqda. Ko‘rsatilgan muddatda olmasa sveti uzilmoqda. Kimdir nazorat qiladimi? deya yozadi qo‘shrabotlik Eltuz obunachisi.

Keyingi shikoyat ham Qo‘shrabotdan. Tumandagi sanitariya ahvoli talabga javob bermaydi.

“Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligi Ibragimova S.X umuman tuman sanitariyasiga e'tibor qaratmaydi.Tuman xokimligi Ibragimovaning qonunga qarshi ishlarini yopdi-yopdi qilib kelmoqda.Oqibatda SYeO va JSST boshlig‘i Ibragimova bilganini qilib ishlab kelmoqda» deya yozmoqda qo‘shrabotlik yana bir shikoyatgo‘y. Biroq uning iddaolari qanchalik haqiqatga to‘g‘ri ekani rasmiylar tomonidan tasdig‘ini topmagan.

Navbatdagi maktub Namangan viloyatining Chust tumanidan. Chustliklar Jahon banki ajratgan pul QVPga emas, infratuzilmaga sarflanishini so‘rashmoqda.

 “Namangan viloyati Chust tumani Yangier MFYdan murojaat qilyapmiz. Mahallamizga Jahon banki tomonidan kishi boshiga 123-u o‘nda 5 dollardan pul ajratildi. Bundan to‘rt milliardiga bog‘cha qurildi, yana ikki milliarddan ziyod pul ortib qoldi. Shu ortgan pulni mahallamiz yo‘l va elektr energiya ta'minotini yaxshilash uchun sarflashlarini so‘radik. Lekin kimlardir bizning ishtirokimizsiz o‘zaro kelishib, bu pulni QVPga yo‘naltirib ish boshlamoqchi. Iltimos, aholining fikr-mulohazalarini inobatga olib, ushbu mablag‘ni ko‘chalarimizni obod qilish, mahallamiz infratuzilmasini yaxshilashga yo‘naltirishsin” deya yozmoqda Yangier turg‘uni.

Va nihoyat bugun e'tiboringizga yetkaziladigan so‘nggi maktub Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanidan. Do‘stlik mahallasidan o‘tadigan ko‘chada yo‘l chiziqlari o‘chib ketgan.

“Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani Gagarin shahri Do‘stlik mahallasi aholisi nomidan murojaat qilyapmiz. Hududimizdagi ko‘p joylarda piyodalar o‘tish joylaridagi chiziqlar o‘chib ketgan. Bu yo‘lovchilar, ayniqsa, o‘quvchilar hayotiga xavf tug‘dirishi mumkin. Yo‘l chiziqlarini yangilab, harakat xavfsizligini ta'minlashlarini so‘raymiz”.

Va bu sizga yetkazganimiz bugungi so‘nggi murojaat edi. Yana bir bor eslatamiz, eltuz portali telegramdagi alohida sahifa shaklida ochilgan. U yerga xatlar uchun maxsus bot ham o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham chop qilishga intiladi. Eslatib o‘tamiz, ayni soniyalarda kanalimiz obunachilari soni 679 mingdan oshdi.  Kanalimizga obuna bo‘ling. Agar ko‘rsatuvimizni qo‘llab quvvatlamoqchi, yoki ayrim yopiq videolarni ko‘rmoqchi bo‘lsangiz sponsorlik tugmalarini, super stiker, superchat va  superraxmat tugmachalarini bosing.  Sog‘ bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
13 yanvar 2023
E'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning 12 yanvar sonini taqdim etadi.+++Nukus voqealari bo‘yicha sudda ayblovchi separatist Dauletmurat Tojimuratovga 18 yil so‘radi.Prokuror ...
9 oktyabr 2017
Jurnalist Bobomurod Abdullaning qamoqqa olinishi ortidan, o‘zbek hukumati uzoq muddat qamoqda saqlangan bir nechta huquq faollarini ozod qildi. 7 ...
20 aprel 2018
Kollej o‘quvchisini urgan urganchlik o‘qituvchi Zebo Nafasova 14 aprel kuni ishdan bo‘shatildi. Uning ishdan ketishiga oyoq kiyimi bilan o‘quvchini ...
18 aprel 2020
Avrangzeb (toj bezagi) deya tarixga kirgan Abul Muzaffar Muhiddin Muhammad Olamgir (1618—1707) Hindistonda Buyuk mo‘g‘ullar imperiyasi deya atalgan davlatning ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...