Asosiy mavzular
15 oktyabr 2024

Aripov nega Toshkentni sevmaydi?

…Yaqinda odamning jigar, buyrak ilik kabi tana a'zolarini sotaman degan student Toshkentda qamaldi. Toshkentni o‘pkasidan judo qilgan Bosh vazir Abdulla Aripov esa jazolangani yo‘q.  

Davlat va xalq mulki o‘laroq 1937 yildan beri mavjud, atigi uch yil ilgari ikki yarim million dollar davlat puli sarflanib rekonsturktsiya qilingan 12 gektar Do‘stlik bog‘ini Singapurda shesseekunda ochilgan va xisobida bor yo‘g‘i 700 dollar, shtatida ikki kishi bo‘lgan qurilish shirkati Bi Empi Desishn Manajment qo‘shma korxonasiga  Bosh vazirning joriy yil mart oyidagi qarori bilan tekin bervorildi.

Bu voqea eltuz jamoasi tomonidan surishtirilayotgan ayni vaqtning o‘zida mavzuga oid yana bir shikoyat maktubi keldi. Shikoyat rus tilida bo‘lib, unga ko‘plab hujjatlar ilova qilingan. Shikoyatni tarjima qildik: 

«Bosh vazir Aripov imzo chekkan qarorga ko‘ra «Do‘stlik» istirohat bog‘i shubhali chastniklarga berib yuborildi! Vazirning o‘zi bolaligida bu parkda o‘ynagan bo‘lsa ajab emas. Ammo mana xalq dam oladigan bog‘ kimgadir berib qo‘yildi, sovg‘a qilindi va park chastnik qo‘liga o‘tdi! 

Tik turib ham, o‘tirib ham bo‘ladi. Hamma bizning ustimizdan kulmoqda. Siz hech kim emassiz. Bosh vazir xohlasa parkni sovg‘a qiladi, xohlasa buzib, o‘rnida ko‘p qavatli uylar qurib qo‘yadi. 

«Do‘stlik» bog‘i Toshkent markazida joylashgan bo‘lib, uning hududi 12 gektarni tashkil etadi. Bog‘ ichida attraktsionlar bo‘lmagan va uni 8 ta mahalla o‘rab olgan. Park 2021 yilda davlat hisobidan rekonstruktsiya qilingan. Davlat bu bog‘ni obodonlashtirish uchun ikki yarim million dollardan ortiq mablag‘ sarflagan. Atrofdagi mahalla ahli bilan kelishilgan holda park hududi eko-zona deb e'lon qilingan. 

Toshkent aholisi va mehmonlari parkka kelib qalban va jismonan dam olishadi. Yashil zonalarda kisloroddan nafas olishadi. Toshkentdagi keng qurilishlar sabab shahar havosi odamlar salomatligi uchun zararli bo‘lib qolgan. Har hafta davomida Toshkent dunyodagi eng iflos havoga ega shaharlar ichida birinchi o‘rinni egallab kelmoqda. 

Parkda xalqaro kelishuvlar esdaligi bo‘lgan uchta madaniy ob'ekt mavjud: Seul (Janubiy Koreya), Sietl bog‘lari (AQSh) va Yaponiyaning «Tinchlik qo‘ng‘irog‘i». 

Shu bilan birga, parkda tarixiy milliy ob'ektlar reestriga kiritilgan ikkita yodgorlik ham mavjud. Qonunga ko‘ra, bu yodgorliklar davlat tomonidan himoya qilinishi kerak va ularning 100 metr radiusida hech qanday qurilish ishlari olib borilishi mumkin emas. 

Bosh vazirdan bog‘ni tekinga olgan (balki pora berib olgan) shubhali chastnik bu qadimiy yodgorlikka yaqin bo‘lgan joyda shaharning eng katta aylanma attraktsionini qurmoqda. 2021 yilgi rekonstruktsiyadan keyin, bog‘ uchun byudjetdan mablag‘ ajratilmagan va park o‘zini-o‘zi qoplash holatida edi. Ammo Bosh vazir Aripov shahar markazidagi bu istiqbolli yer maydonini shubhali odamlarga, shubhali tarzda berib yubordi. 

2024 yilning 13 martida Bosh vazir Aripov imzosi bilan bog‘ va unga tutash Bratislava ko‘chasidagi hudud 49 yilga  Bi Empi Desishn Manajment mas'uliyati cheklangan jamiyatiga sovg‘a qilindi. Aripov imzolagan hujjat va Kabmin protokolida parkdagi xalqaro kelishuvlarning yodgorliklari haqida hech narsa yozilmagan.

Joriy yilning 26 martida imzolangan Kabmin protokoli nafaqat bu uchta yodgorlik, balki atrofdagi mahalla aholining toza havodan nafas olish huquqini ham poymol qildi. Aholi dam oladigan joyda bu chastniklar attraktsionlar qurib boshladilar. 

Bu bog‘ Toshkentda 1937 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Chor davrida gubernatorning otxonasi shu yerda joylashgan. Parkda 150-250 yillik chinor daraxtlari o‘sib turibdi. Bosh vazir imzosi bilan chastniklarga berilgan bu hududda qurilish boshlaganlar bu daraxtlarni kesishni rejalamoqda.

Qurilish uchun Aripov rozilik bergan. Mahalliy aholi bu holatdan norozi. Bosh vazir bog‘ni tijoratchilarga berish uchun mavjud qonunchilikni qo‘pol ravishda buzib, qaror qabul qilgan».

Iqtibos tugadi.

Tabiat dushmani bo‘lgan bu stroyshiklar asriy chinorlarni kesib, Toshkentni toza havodan maxrum qilish uchun chog‘lanmoqda. 

Kosmosdan olingan suratlarda Toshkentning 2016 yildan keyin yashil zonalari keskin kamaygani ko‘rinadi. Bu parklar o‘rnida beton uylar xosil bo‘lgan.

O‘zbek mulozimlari davlatning puli, oltini va gazini o‘maradi. Chidab turibmiz. Chunki xalq zehniyatida “hamma o‘g‘ri, menam bosh vazir bo‘sam o‘g‘irlardim” degan kasal tomir otgan.  

Lekin parklar yo‘q qilinib, butun Toshkent tosh va beton junglisiga aylansa, o‘sha mulozimlarning qarindoshlari, bola chaqasi ham azoblanadiku. 

Porox bo‘chkasi ustida o‘tirib, gugurt chaqish bu isloxot emas xarakiri. 

Raxmim keldi Aripovga. Eh, nimasini aytay. Aripovning beshta qizidan bittasi tug‘ganida Toshkentda malakali vrach topilmadi. Byudjetniing puliga Myunxendan bir samoletda ginekolog, qimmat do‘xtr keldi bosh vazirning qiziga doyalik qilishga. 

Mayli Bosh vazir qizining eson omon ko‘zi yoriganiga xursandmiz. Lekin chet elga ketib davolana olmaydiganlar nima qilsin. Kurortga borib, toza havodan nafas ololmaydigan mardum qancha. 

Sakkiz yil Bosh vazir bo‘lib, hech bo‘lmaganda  o‘zining qizini tug‘ishini ta'minlaydigan bitta roddom qura olmagan mulozim uyalmaydimi?  

Mayli, bilaman bu mulozim xalqqa ko‘ndalang qo‘ygan.  Mayli, Karimov davrida ham xozir ham tinimsiz o‘mardi.  Lekin, baribir sag‘al bo‘lsayam uyalmaydimi? 

Manovi raqamlardan keyin butun hukumat birvarakayiga iste'fo berib, tiz cho‘kib, toshkentliklar oldida tavba tazarru qilishi kerak.  

Toshkentda PiEm Ikkiyu o‘nda besh mayda zarrali changlar ta'siri oqibatida yiliga 3042 kishi bevaqt o‘ldi.  Jahon banki hisobotida qayd etilishicha, aholi salomatligiga yetkazilayotgan zarar 488 million 400 ming dollarga baholangan. Poytaxt aholisining 83 foizi havosi yuqori darajada ifloslangan hududlarda istiqomat qiladi.

Aqli noqis odam hayotda yashab yuraveradi. O‘pkasi noqis odam, zaxarlangan havodan nafas olsa o‘ladi. 

Shaharga havo beradigan kislorod manbai bo‘lgan Toshkent parklarini quruvchilarga padarka qiladigan rahbar sizga kerakmi? Hech yo‘qsa shu savolga javob bering.

Eltuz Toshkentni va O‘zbekistonni kemirib yo‘q qilayotgan davlat amaldorlari bilan bog‘liq voqealarni yoritishda davom etadi. Kanalimizni kuzatib boring. Obuna bo‘ling, izohlar va layk qoldiring.

Tag‘in o‘qing
16 may 2017
«Oila va jamiyat» gazetasi (10.05) mobil aloqa kompaniyalari «xizmatlarining milliy ma'naviyatimizga tahdidi» haqida bong urdi. Unda mobil aloqa operatorlari ...
17 avgust 2018
Bir kishilik kameraga tashlangan jurnalist Muhammad Bekjon mahbuslar bilan ventilyatsiya tuynugi orqali ilk bor «aloqaga chiqqan» kuni haqida hikoya ...
24 noyabr 2021
«Eltuz» O‘zbekiston inson huquqlari forumi bilan hamkorlikda mehnat huquqlariga bag‘ishlangan turkum animatsiyalarini davom ettiradi. Turkumning o‘tgan sonlarida biz jamoa ...
12 oktyabr 2017
Prezident Mirziyoev 10 oktyabr kuni Sochida o‘tgan MDH davlat rahbarlari kengashi majlisiga yana milliarder Alisher Usmonovning samolyotida bordi. O‘zbekiston ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...