O‘zbekistondagi «kottakonlar» ortlarida katta odam turganini aytishadi
Prezident Karimov hokimiyatdan hali ketish niyati yo‘qligini aytgan, hokimiyatga yaqin shaxslar esa allaqachon hokimiyat boshqa bir kattakonning, uning kuyovi Temur Tillaev qo‘lida ekanini aytishadi.
“Meni hokimiyatda uzoq o‘tirib qoldi, deb tanqid qilishadi. Tanqid qilaverishsin, men baribir qolaman”, deya iqtibos keltirdi o‘shanda “Frans press” axborot agentligi.
Karimovga hamohang uning har ikkala qizi hokimiyat iddaolari yo‘qligini bildirishgan, biroq Temur Tillaev bundan mustasno.
Bundan sal ilgari, Eltuz.com O‘zbekistonda hokimiyat kimning qo‘liga o‘tayotgani haqida tahliliy maqola ham e'lon qilgan edi.
Prezidentning kuyovi, asli samarqandlik Timur 31 millionlik xalq ustidan hukmronlik qilishi haqidagi qaror o‘g‘rilarning qaysi “sxodkasi”da qabul qilinganini bilmaymiz.
Bilganimiz shuki, “ko‘cha”, ya'ni O‘zbekistondagi kriminal jamoat Kreml tarafidan tayinlangan hukmdorning o‘rniga o‘z odamini o‘tqazish payiga tushgan.
Eltuz.com