Catira
2 aprel 2016

Odam gavjum joylarda gumoningiz kimdan?

Endilikda O‘zbekistonda ayg‘oqchilik qilish uchun SNBa yollanish shartmas, aholi ko‘p to‘plangan joylarda biror odamning davlatga qarshiligidan gumoningiz bo‘lsa kifoya.

Toshkentda hukumat tarqatgan chaqiriqlarga ko‘ra, endi nafaqat, transport salonida, oraliq va oxirgi bekatlarda, aholi gavjum bo‘lgan va ko‘p to‘planadigan joylarda «qoldirib ketgan shubhali buyumlar» ko‘zga tashlangan taqdirda, balki, «davlat siyosatiga qarshi so‘zlar»ni eshitgan va yoki «shunga gumon qilingan» taqdirda tegishli telefonga qo‘ng‘iroq qilish shart bo‘ladi.

Shu o‘rinda «davlat siyosatiga qarshi so‘z»ning ta'rifi keltirilmagan, buni har kim o‘zicha yo‘yishi, bundan ham tashqari istagan odamidan «gumon qilishi» mumkin.

Endi bir avtobus odamning tegishli joyga borib bir birini chaqishini tasavvur qiling. Tirik jon nimalarni gapirmaydiyu, nimalarni gumon qilmaydi…

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
4 fevral 2022
Rassom Kirpi
15 oktyabr 2023
Qashqadaryolik 61 yoshdagi erkak jami 32 bosh echkiemarni tutib olib, ulardan 12 tasini so‘yib yegan. Qolgan 20 tasini keyinchalik ...
22 yanvar 2023
Joriy yil boshida sobiq jismoniy tarbiya va sport vazirligining  bir nechta yuqori mulozimi O‘zbekiston Jinoyat kodeksining  167-moddasi 3-qismi, «a» ...
12 may 2022
Qo‘yin cho‘ntagida O‘zbekiston pasporti bo‘lmagan ammo o‘zbek adabiyoti uchun juda muxim siymolardan biri yozuvchi Hamid Ismoilov. U kishi telegramda ...
Bloglar
28 may 2024
Men millatchi emasman! Lekin qaytadan ta'mirlatilgan va Toshkent shahrining sobiq hokimi J. Ortiqxo‘jaev tomonidan Pasxaga ...
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...