chorshanba,
4 dekabr 2024
21 aprel 2016
«Kesamanu ketaman!»
Toshkent rasmiylari ekologik harakat faollarining chiqishlariga pinak ham buzmay ommaviy daraxt kesish kampaniyasini davom ettirishmoqda.
19 aprel kuni o‘zbek ekologik harakati faoli Farida Shafiullina, tag‘in o‘z mikroblogida, chinorlarning chopib yo‘q qilinayotgani sababini so‘rab Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonovga yozgan maktublari hamon javobsiz qolgani haqida yozdi.
Bu safar Eltuz.com nashri, pandemiya kabi respublikaning boshqa viloyatlariga ham yoyilayotgan odamlar yovvoyiligi bilan bog‘liq ayni muammoni rassom Tuzning yangi karikaturasi orqali aks ettiradi.
Jazirama kunlar yaqin. Aftidan bu, hukumatning xalqqa sababi tushuntirilmagan kampaniyasi ohirgi chinor chopib tugatilgunicha davom etadi.
Eltuz.com