Catira
27 may 2016

“O‘zbekavtosanoat” ishi bo‘yicha yana 50 kishi so‘roqqa chaqirildi

Joriy haftada Asakadagi mashina zavodida yana 50 kishi so‘roqqa tortilib¸ shaharni tark etmaslik borasida imzo chektirildi.

Bundan oldin o‘nlab kishilar GM Uzbekistan shirkatidagi jinoiy sxemalarda ayblanib hibsga olingan edi. Ozodlik radiosiga ko‘ra, qo‘lga olinganlar orasida O‘zbekiston MXX raisining qudasi, O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi raisi Botir Parpievning yaqinlari bor.

Mashina janjali boshlanganidan beri o‘tgan bir oy ichida GM Uzbekistan boshqaruvining ta'minot bo‘yicha o‘rinbosari Ravshan Iskandarov va unga ko‘maklashgan Zaynobiddin Nizomov qamalgan edi.

2010 yildan beri o‘zbek avtokontsernini boshqarayotgan va ayni paytda «O‘zavtosanoat» hissadorlik shirkati boshqaruv raisi o‘rinbosari bo‘lgan Tohirjon Jalilov tovlamachilik yo‘li bilan shirkat pullarini o‘zlashtirganlikda gumonlanib, o‘tgan oyda hibsga olingan edi.

Jalilovning GM Uzbekistan korxonasi ishlab chiqargan mashinalarni Rossiyaga eskport qilishda noqonuniy sxemalar yordamida katta miqdordagi mablag‘larni o‘zlashtirganligi haqida Eltuz.com yozgan edi.

Ayni paytda mufattishlar Qozog‘iston hududida joylashgan va jinoiy to‘dalar tilida “otstoynik” deb atalgan avtojamloqni ko‘zdan kechirishgan.
O‘tgan bir oy ichida jamloqdagi mashinalar soni ozaygani aytildi.

Mufattishlarning dron uchqich ko‘magida olgan suratlarida avtojamloqdagi mashinalar soni uch mingdan sal ozroq ekani ayon bo‘ldi.

Atigi bir oy oldin bu jamloqdagi mashinalar soni ikki barobar ko‘p edi.

Eltuz.com muxbiriga ma'lum bo‘lishicha jamloqdagi Ravon rusumli avtomobillardan 200 tasi shu kunlarda Rossiyadagi haridorlar qo‘liga yetkazilgan. Ular pulini oldindan to‘lab kutib o‘tirgan haridorlar ekani aytiladi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
27 dekabr 2019
Holva-holva degan bilan og‘iz shirin bo‘lmaydi. Xuddi saylov-saylov degani bilan O‘zbekistondagi vaziyat demokratik bo‘lmagani kabi. Saylov kunlari ko‘p ajnabiy so‘zlar ...
10 oktyabr 2015
G‘allaorol tuman hokimi Azim To‘labov buyrug‘iga ko‘ra, paxta normasini bajara olmagani uchun ikki kunga qamalgan tuman bosh vrachi Yusuf ...
20 may 2024
2024 yil 30 aprel kuni hukumatparast bloger YouTube tarmog‘ida taniqli ayol huquq himoyachisi Umida Niyazovaga qaratilgan tuhmatli videoni chop ...
9 aprel 2019
Rasmiy Toshkent O‘zbekiston xalq harakati (O‘XH) lideri Muhammad Solihning qarindoshlari ortidan ta'qibni qaytadan boshladi. Xususan, 2019 yilning 7 aprel ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...