Catira
4 iyun 2016

Nargiz Zokirova: «Sobiq erim ajrashishga 40 ming dollar so‘rayapti»

Mashxur o‘zbek xonandasi, Rossiyaning «Golos» shou yulduzi Nargiz Zokirova (44) 2 iyun kuni o‘zining italiyalik eri Filipp Baltsano bilan nikohini bekor qilganini e'lon qildi. Er xotin birga 20 yil yashashgan. Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, ajralishning asosiy sababi oiladagi „moliyaviy kelishmovchilik“ bo‘lgan.

«Men sud orqali ajrashishga qaror qildim, chunki murosa variantlari Filga to‘g‘ri kelmadi. Butun o‘tgan yil davomida mening topganim uning ko‘plab qarzlarini to‘larshga ketdi. Mening sobiq erim meni shantaj va po‘pisa qilishga o‘tdi. U mendan ajralish uchun 40 ming dollar talab qildi..“, deya keltiradi Nargizning so‘zlarini yulduzlar hayotini yoritadigan saytlarning biri.

Nargiz Zokirova garchi zokirovlar ijodiy sulolosining mashhur vakilasi sanalsada, uning yorqin tashqi qiyofasi konservativ o‘zbek jamiyati tomonidan toqatsizlik bilan qarshilanadi. 2015 yilning aprelida u ijtimoiy tarmoqdagi tanqidlarga javoban, O‘zbekistonni jahannamga qiyoslagan va ancha keskin ohangdagi izohini tarmoqqa qo‘ygan, biroq sal o‘tmay buning uchun kechirim so‘ragan edi.

«Tinch qo‘yinglar endi, sizga o‘xshaganlardan qochib chiqqanimga allaqachon 20 yildan ko‘proq bo‘ldi, aynan O‘zbekiston nomli jahannamdan qochib chiqqanman!
Bugun ham u yerda yashayotgan o‘z yaqinlarim zarariga bo‘lsa ham! Men ularni ko‘rmayman, ularni telbalardek sog‘inaman, ammo sizday jirkanch, razil jaholatparast va riyokorlar tufayli, men vatanni tark etishga majbur bo‘lgandim! Nafaqat men, balki butun mashhur sulolam qadriga yetmagan, aksincha har tomonlama kamsitgan va o‘zining ayanchli darajasiga tushirgan vatanni! Bu sulolani siz tom ma'noda yerga ko‘mish o‘rniga, qadriga yetishingiz kerak edi! Men bobom, buvim, tog‘alarim, onam, otam O‘zbekiston madaniyatini rivojlantirishga beqiyos hissa qo‘shganidan faxrlanaman! Men o‘z nasabim bilan faxrlanaman!!! Va bilishingizni istardimki, qanchalar tuban va dag‘al yangaramasin, siz kabi kabi mening sharafimga jirkanch va qabih izohlar yozish uchun tili la'natga borgan haromzodalardan nihoyatda uyalaman, men O‘zbekistonni nafaqat istamayman, balki tag-tugi bilan o‘z hayotimdan sug‘urib tashlayman! Men asli SIZNING, ha aynan SIZNING respublikangizdan ekanimni unuting! Men SIZDAN emasman! Na dinim, na ko‘rinishim, na ruhim va na qalbim bilan hech qachon sizdan emasdim! Men erkin odamman! Mening vatanim — AQSh, Rossiya, Dog‘iston, Hindiston, Xitoy… Nima bo‘lsa bo‘lsin, faqat SIZ emas! Meni va oilamni tinch qo‘yinglar, o‘tinaman!!! Va xudo haqqi mening sahifamdan, o‘zingiz aytmoqchi «shaytondan» uzoqroq keting! Bu yerda sizga joy yo‘q «dindorlar»!».

Rassom Tuz o‘sha kezlarda boshqa bir holatni, rus jamiyati tomonidan ham Nargiz Zokirovaga nisbatan toqatsizlik ko‘rinishini o‘z mo‘yqalamida aks ettirgandi. Zokirovlar sulolasining kenja vakilasi Moskvaning Backstage restoranida bergan kontserti chog‘ida ikki ksenofob ayolning tajovuziga uchrab, yengil yaralangan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 iyun 2021
«Eltuz» jurnalist Shohida To‘laganovaning Sardoba to‘g‘oni o‘pirilishi bilan bog‘liq surishtiruv filmini taqdim etadi
30 may 2017
Angren shahrida O‘zbekistonning sho‘rolar davrida ilk prezidenti bo‘lgan Yo‘ldosh Ohunboboevga o‘rnatilgan haykal buzib tashlandi. Bu haqda 29 may kuni ...
20 sentyabr 2023
So‘nggi kunlarda kundalik ehtiyoj uchun eng kerakli bo‘lgan mahsulot – non narxi keskin oshib ketayotgani kuzatilmoqda. Bunga sabab deya ...
1 aprel 2021
Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida istiqomat qiluvchi 14 yoshli M.R.ni bir necha marta tahqirlab, zo‘rlaganlikda ayblanayotgan A.X. qamoqqa olindi. Holat bo‘yicha “Eltuz” maqola e'lon ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...